Ergasheva ozodaning


Hududlar kesimida xizmatlar ishlab chiqarish


Download 1.8 Mb.
bet4/8
Sana01.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1317660
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ergasheva ozoda uzb kurs ishi

Hududlar kesimida xizmatlar ishlab chiqarish


(2021- yil yanvar-dekabr oylari uchun)




Jami

Aholi jon boshiga

mlrd. so‘m

2020- yil yanvar-
dekabrga
nisbatan
%

Jami xizmatlar hajmida
hududlarning ulushi, %

Ming so‘m

2020- yil yanvar-
dekabrga
nisbatan
%


Surxondayo
viloyati

10 387,2




120,1

100,0

3 830,1

117,6

Termiz shahar

2 741,8

120,1

26,4

14 725,1

116,7

tumanlar:









Angor

476,4

120,2

4,6

3 502,8

117,9

Bandixon

242,3




119,0

2,3

3 122,5

115,7

Boysun

332,8

120,6

3,2

2 806,3

118,5

Denov

1 302,3




121,2

12,5

3 296,2

119,2

Jarqo‘rg‘on

643,0

120,0

6,2

2 864,2

117,6

Qiziriq

415,5




117,7

4,0

3 530,4

115,2

Qumqo‘rg‘on

653,6

120,7

6,3

2 710,9

118,2

Muzrabot

479,2




119,7

4,6

3 291,2

117,4

Oltinsoy

425,5

120,0

4,1

2 336,4

117,5

Sariosiyo

637,4




118,6

6,1

2 959,0

116,3

Termiz

467,7

119,4

4,5

5 883,4

117,0

Uzun

450,1




118,7

4,3

2 532,6

115,3

Sherobod

569,4

121,4

5,5

2 851,0

118,7

Sho‘rchi

550,3




122,1

5,3

2 557,0

119,5

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari milliy va mahalliy manfaatlarni hisobga olgan holda viloyatning har bir iqtisodiy shahar va tumanlarining barcha resurslaridan oqilona foydalanishga bog‘liqdir. Hududlar orasida yuqori o‘sish sur’atlari Sho‘rchi tumani (122,1 %), Sherobod (121,4 %), Denov tumaniga (121,2 %), Qumqo‘rg‘on tumaniga (120,7 %) to‘g‘ri keldi.



4-Rasm. Hududlar kesimida ishlab chiqarilgan xizmatlarning o‘sish sur’atida

termiz shahrining o`rni %


(2021- yil yanvar-dekabr oylari uchun)
Eng past o‘sish sur’atlari Qiziriq (117,7 %) Sariosiyo (118,6 % ) va Uzun (118,7 %) tumanlarida kuzatildi.
2021- yil yanvar-dekabr oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 296,2 ming so‘mni tashkil qildi. O’sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 119,2 % ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Termiz shahrida – 14 725,1 ming so‘mga teng bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 116,7 % ni tashkil etdi.2

3.TERMIZ SHAHRIDA IJTIMOIY SOHALARNING RIVOJLANISHI
Termizda 6 ta OTM, akademik litsey, 2 ta musiqa maktabi, fizika-matematika fanlariga ixtisoslashgan maktab-internat bor. Shaharda 21 ta umumiy taʼlim maktablari va bir qancha bolalar bogʻchalari faoliyat yuritadi.
Oʻquvchilar saroyi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Hakim at Termiziy meʼmoriy majmuasidagi „Meros“ tarmoq muzeyi bor. Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimovning loyihasi va tashabbusi bilan Termizning 2500-yilligini aks ettiruvchi Surxondaryo arxeologiya muzeyi bunyod etildi; viloyat musiqali drama, qoʻgʻirchoq teatrlari ishlab turibdi. 4 shahar kutubxonasi hamda 2 tarmoq kutubxonasi mavjud. Hayvonot bogʻi bor (qarang Termiz hayvonot bogʻi).

5-Rasm. Termiz sharidagi eng yirik OTM bo`lgan TerDU o`quv binolari


Termizda 18 gazeta chiqariladi, 3 tele studiya eshittirishlar olib boradi. Shahar markaziy kasalxonasi (165 oʻrinli), yuqumli kasalliklar kasalxonasi (130 oʻrinli), bolalar va kattalar, tish davolash poliklinikalari, shahar bolalar sanatoriy bogʻchasi va boshqa tibbiy muassasalarda 211 vrach, 700 ga yaqin oʻrta tibbiy xodim xizmat kiladi. Undan tashqari, viloyatga karashli 3 ta kasalxona, viloyat tugʻruqxonasi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, bolalar kasalxonasi, onkologiya, koʻz kasalliklari kasalxonalari, endokrinologiya, sil kasalliklari, teritanosil kasalliklari, narkologiya, asab kasalliklari dispanserlari, „Ona va bola“ va „Reproduktiv salomatlik“ markazlari, viloyat qon quyish markazi faoliyat koʻrsatadi. Taʼlim muassasalarida, mahallalarda bolalar sportini rivojlantirish darajasini oshirish maqsadida tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Termizda islom dini arboblaridan Hakim atTermiziy, Shaxobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varroq Termiziy kabi olimlar yashab oʻtishgan. Termizda 1999-yilda Alpomish dostonining 1000-yilligi, 2002-yilda xalqaro miqyosda Termizning 2500 yillik yubileyi oʻtkaziddi.
Ushbu qarorlar asosida 2002-yil 2-aprelda oʻzining 2500 yillik yoshini nishonlagan Termiz shahri koʻplab katta voqealar va larzalarni boshidan kechirgan. Butun tarixi davomida Termiz Markaziy Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyoti va oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim rol oʻynagan. „Buyuk Ipak Yoʻli“ning asosiy chorrahalaridan biri sifatida dunyo sivilizatsiyasi rivojiga sezilarli darajada hissa qoʻshgan qadim shahardir. Buddizm dinining va u bilan bogʻliq boʻlgan memorchilik anʼanalarining Xitoy va Uzoq Sharq mamlakatlariga tarqalishi ham aynan Termiz orqali yuz bergan.
Termizning geografik jihatdan qulay joylashishi, iqlimi va strategik mavqei koʻplab davlatlar va hukmdorlarning diqqat-eʼtiborini oʻziga tortar edi. Shuning uchun u Eron va grek, arab va moʻgʻul bosqinchilarining hujumlariga duchor boʻldi, Movarounnahr ichki qon to;kishlarini boshidan kechirdi, mahalliy hokimlar zulmidan azob chekdi. Termiz istilochilarning olovli janglarida yonib ketar, kulga aylanar, qaddini rostlab paydo boʻlardi, oʻsib shon-shuhrat va qudratga ega boʻlardi. U yana halok boʻlardi, yonardi, kulga aylanardi va yana oʻzini tiklab ulgʻayardi. Shu sababli Termizning har safar qaytadan tiklanishi qadimgi oʻrnida yuz bermagan.
Koʻhna Termiz yoki Kushon Termizi amudaryo boʻyida rivoj topgan boʻlsa, Chingizxon bosqinidan song u sharqroqda Surxondaryo boʻyida qad koʻtarib gullab-yashnaydi. XVIII asrning ikkinchi yarmidagi oʻzaro urushlar tufayli vayronaga aylangan Termiz XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab janubroqda Pattakesar qishlogʻi zaminida bunyod etiladi va ravnaq topadi. Koʻhna Termiz obidalari oʻzining takrorlanmasligi bilan hamisha qadimgi davr mualliflari, ilk oʻrta asr Xitoy sayyohlari va musulmon davri tarixchilarining diqqat-markazida boʻlib keldi.
Termiz haqidagi qimmatli yozma maʼlumotlar VII asrda Xitoy sayyohi, buddizm monaxi Syuan Tzyan yozmalarida; IX-X asrlar arab muarrixlari Ibn Xoʻrdodbeh, Ibn Xavqal, Maqdisiy, Istahriy asarlarida; grek, arman, xitoy, fors, arab manbalarida; qadimiy „Shohnoma“ dostonida, ulugʻ alloma Abu Rayhon Beruniy, arab sayyohi Ibn Battuta, Ispaniya elchisi Ryui Gonsales de Klavixo, venger sharqshunosi Herman Vamberilar asralarida, oʻrta asr mutafakkirlari Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Muhammad Bobur, Hofiz Abru, Anvariy, Hofizi Tanish Buxoriy, Davlatshoh Samarqandiy asarlarida berilgan. Termiz tarixini oʻrganishga qiziqish ayniqsa XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridan yanada kuchaydi. Arxeolog olimlardan V. V. Bartold, D. N. Logofet, N. A. Mayev, V. V. Krestovskiy, I. V. Mushketov, A. A. Semenov, M. E. Masson, V. A. Shishkin, T. V. Grek, B. N. Kostalskiy, B. B. Piotrovskiy, V. A. Vyatkin, D. D. Bukinich, B. N. Zasipkin, L. A. Albaum, G. A. Pugachenkova, E. V. Rtveladze, Ya. Gʻulomov, A. A. Asqarov va boshqalar Termizni shaxsan oʻrgandilar va ilmiy xulosalari bilan shahar tarixini boyitdilar.
Koʻhna Termiz tarixini oʻrganishda 1926-1927-yillarda professor Denike boshliq Moskvaning Sharq xalqlari madaniyati muzeyi ekspeditsiyasi, 1936-1939-yillarda professor M. E. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, 1961-yili B. Ya. Staviskiy boshchiligidagi Sharq xalqlari muzeyi va Davlat Ermitaji arxeologik ekspeditsiyasi, 1959-yildan professor G.A. Pugachenkova boshliq Oʻzbekiston Respublikasi Sharqshunoslik instituti ekspeditsiyasi, 1972-yildan professor V. M. Masson boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya Institutining Baqtriya ekspeditsiyasi, 1980-yildan akademik A. A. Askarov boschiligidagi kompleks ekspeditsiyasi, 1993-yildan professor T. Shirinov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya Institutining Pyer Lerish boshchiligidagi Fransiya Ilmiy tadqiqotlar Instituti Milliy Markazi va Kyudzo Kato boshchiligidagi Yaponiyaning Buyuk Ipak Yoʻli Akademiyasi bilan hamkorlikda olib borayotgan ekspeditsiyalari katta ahamiyatga ega boʻldi.
Natijada, miloddan avvalgi I ming yillik ortalaridan tortib, XVII asrga qadar Termiz shahri xalqlarining moddiy va maʼnaviy madaniyatini yorituvchi koʻplab arxeologik dalillar qoʻlga kiritildi. Mazkur ekspeditsiyalar tarkibida Termiz Davlat Universitetining arxeolog olimlari ham faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Rivoyatlarga koʻra, Termizni miloddan avvalgi VII asrda Baqtriyaning birinchi podshosi Zaroastr bunyod etgan. Miloddan avvalgi VI asrda bu yerlarni bosib olgan Eron Ahamoniylari Termizni juda koʻhna shahar deb taʼriflashgan. Shahar Aleksandr Makedonskiy bosqiniga qadar Ahamoniylar davlatiga boʻysungan.
Termizning tarixiga kirgan ilk nomlaridan biri Taramasta — Taramata (baqtrcha — daryo qirgʻogʻi) boʻlgan. MIloddan avvalgi 327 yili Aleksandr Makedonskiy Termizni zabt etib, shaharni oʻz nomi bilan Aleksandriya deb ataydi. Aleksandr Makedonskiy hukmronligi tugaganidan keyin Grek-Baqtriya davlatining asoschisi Demetriy shaharga Demetris nomini beradi. Miloddan avvalga I asrda Grek-Baqtria davlatining kushonlar tomonidan tor-mor qilinishi munosabati bilan Termiz, yozma manbalarning guvohlik berishicha, Ta-limmi shahri deb Xitoy manbalarida esa, Tu-mi (Tami) deb atala boshlaydi. Termiz asosan kushonlar davrida (mil. avv. I — mil. III asrlar) yuksak rivojlanadi. Bu davrda Termiz Hindiston bilan gʻarb, shimol, sharq mamlakatlari bilan boʻgʻlaydigan savdo yoʻllaridagi yirik shaharga aylanadi. Termizda koʻplab budda ibodatxonalari va moʻla-maqbaralar quriladi.
V-VI asrlarda Termiz yuz bergan urushlar oqibatida goh eftaliylar hukmronligi, gohida eron sosoniylari hukmronligi ostida boʻldi. VII asrdab boshlab Termizni termizshohlar sulolasi boshqardi. 705 yili Termizni arab istilochilari zabt etdilar. IX-XII asrlarda Termiz yirik feodal shahar sifatida maʼmuriy, savdo, hunarmandchilik va ilm-maʼrifat markaziga aylandi. Bu davrda shaharni oʻrab turgan istehkom devorning uzunligi 10 km ni tashkil etib, 9 ta darvozasi boʻlgan. Shu davrda Termizda dunyoga mashhur boʻlgan shoirlar, allomalar, muhaddislar, diniy va dunyoviy olimlar yetishib chiqdi.
IX-XII asrlarda Termiz Gʻaznaviylar, Saljuqiylar va Qoraxoniylar davlarlari tasarrufida boʻldi. 1206-yili Xorazmshoh Muhammad davlati ixtiyoriga oʻtdi. 1220-yili Chingizxon qoʻshinlari tomonidan 11 kunlik qamaldan song vayron qilindi. XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Termiz eski oʻrnida emas, sharqroqda Sulton Saodat maqbarasi tevaragida yana rivojlandi. Temuriylar davlati tarkibiga oʻtgandan keyin u gullab-yashnaydi va Shahri gʻulgula nomini oldi.
Termiz Shayboniylar davlati tasarrufiga oʻtgandan keyin ham rivojlanishda davom etdi. Ko`hna Termiz qalʼasini qayta tiklash ishlari olib borildi. Minoralar, masjidlar va xonaqohlar qurildi.
Ilm-maʼrifat rivoj topdi. XVIII asrning ikkinchi yarmida olib borilgan oʻzaro janglar, taxt talashishlar tufayli Termiz butunlay vayron boʻldi. Faqat Salovat va Pattakesar qishloqlarigina saqlanib qoldi. Masjidlar, minoralar va saroylar quladi. XVII asrning ikkinchi yarmida Surxondaryo boʻyidagi Koʻhna Termizdan janubda Pattakesar qishlogʻi paydo boʻldi. Qishloqning kengayib borishi hisobiga oradan bir asr oʻtgandan keyin hozirgi Termiz shahri qad koʻtardi. Yangi Termizning vujudga kelishi Rossiya-Angliya munosabatlarining keskinlashgan davriga toʻgʻri keldi-ki, Rossiya bu joylarda oʻz taʼsirini kuchaytirish maqsadida Oʻrta Osiyoga harbiy yurishlarini boshlab yuborgan edi.
1873-yilning 28-sentabridagi shartnoma Buxoroni Rossiyaga qaram davlatga aylantirgan boʻlsa, 1888-yil 23-iyundagi qoʻshimcha shartnoma ruslarning Termizga kelishi va bu yerda istehkomlar qurish masalasini hal qilgan edi. 1893-yilning 15-yanvarida Termiz Buxoro amiri tomonidan Rossiya hukumatiga berilgan edi. Yangi Termizda Rossiya manfaatini himoya qilish maqsadida qurilishlar boshlandi, koʻplab harbiy qismlar keltirildi. Tuproqqoʻrgʻon va mustahkam istehkom qurildi. Termir yoʻl qurilishi, telegraf, aloga, elektr tarmoqlarining tortilishi Termizning rivojlanishi va Amudaryo boʻyidagi harbiy-strategik ahamiyatga ega boʻlgan shaharga aylanishiga olib keldi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling