keltirilgan. Prujinaga osilgan yukni pastga tortib, qo‘yib yuborilsa, u tebranma harakat qiladi. Bu paytda
prujina osilgan temir o‘zakning dastagi aylantirilsa, tebranishlar so‘nmaydi. Tashqaridan davriy ravishda
ta’sir etib turadigan kuch ta’sirida sodir bo‘ladigan tizimning tebranishlariga majburiy tebranishlar
deyiladi.Bu majburiy tebranishlarni hosil qiluvchi davriy o‘zgaruvchi tashqi kuchga majburlovchi kuch
deyiladi.Majburiy tebranishlarga kundalik turmushdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Siz sevib
tinglaydigan radiodagi, magnitofondagi, televizordagi
ERGASHOV JALOLIDDIN +998911595353
radiokarnaylarning membranasi undan o‘tuvchi majburlovchi tok ta’sirida tebranadi. Uyingiz yoki sinfingiz
yonidan og‘ir yuk ortgan mashinalar o‘tib qolsa deraza oynalari zirillaganini eshitasiz.
Majburiy tebranishlardan foydalanish yoki zararli hollarda yo‘qotish uchun ularni o‘rganish kerak. 5.6-
rasmdagi qurilmadan foydalanib, tashqi majburlovchi kuchning tebranuvchi sistemada hosil bo‘ladigan
tebranishlarga ta’sirini o‘rganamiz.5.6-rasm.Yuk (4) bog‘langan prujina (3) ning uchi ilmoq (2)l i sim uchiga
osilgan. Ilmoq uchi halqa shaklida bolib, temir o‘zak (l) ning yoy shaklida bukilgan qismida sirpanadi. Temir
o‘zakni aylantira boshlasak, yukli prujina tebrana boshlaydi.
O‘zak dastagini tezroq aylantirsak, yukning tebranishlari avvaliga biroz orqada qolib, keyin tenglashadi.
Shunda tebranishlar barqaror bo‘ladi.
Rezonans hodisasi
Endi tebranuvchi sistemada sodir bo‘layotgan tebranishlar amplitudasining majburlov chi kuchga qanday
bog‘liq bo‘lishini kо‘rib chiqaylik. Buning uchun oddiy gina tajriba o‘tkazamiz. 4–5 m uzunl ikdagi ipni
Do'stlaringiz bilan baham: |