xonaning bir uchidan ikkinchi uchiga biroz osiltirib tortamiz.
Ularga 3–4 ta turli uzunlikdagi iplarga osilgan yuklarni bog‘laymiz (5.7-rasm).Birinchi yuk osilgan ipning
uzunligini to‘rtinchi yuk osilgan ip uzunligi bilan bir xil qilib tanlaymiz. Birinchi mayatnikni muvozanat
vaziyatdan chetga chiqarib, qo‘yib yuborsak, u tebrana boshlaydi. Uning tebranishi umumiy bog‘langan ip
orqali boshqa mayatniklarga o‘tib, ular ham asta-sekin tebranma harakatga keladi.
Demak, majburiy tebranishlarda majburlovchi kuch chastotasi, tebranuvchi sistemaning xususiy
tebranishlari chastotasiga teng bo‘lganda tebranishlar amplitudasi eng katta bo‘ladi, ya’ni rezonans ro‘y
beradi.
Tashqi majburlovchi kuch chastotasi, tebranuvchi sistemaning xususiy chastotasiga teng bo‘lganda,
tebranishlar amplitudasining keskin ortib ketish hodisasiga rezonans deyiladi.Rezonans davrida
amplitudaning ortib ketishiga sabab majburlovchi kuch yo‘nalishi bilan tebranuvchi jism harakat
yo‘nalishining o‘zaro mos kelis hidir.Rezonans hodisasidan texnikada va turmushda keng foydalaniladi.
Soatlarda, barcha turdagi qo‘ng‘iroqlarda, sirenalarda, pnevmatik bolg‘alarda rezonans hodisasidan
foydalaniladi.Lekin rezonans hodisasi ba’zi hollarda zararlidir.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O`qituvchi o`quvchilar bajargan yozma va og`zaki javoblar uchun qo`yilgan baholarni e`lon qiladi va
yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:
O`rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |