I. Tashkiliy qism:
.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
Sinf holati bilan tanishish va davomatni aniqlash, axborot daqiqasi.
II. Darsning takrorlash qismi:
1. Qanday tebranishlar majburiy tebranishlar deyiladi?
2. Rezonans hodisasini ta`riflang.
3. Rezonansning foydali va zararli holatlariga misollar keltiring.
III.Yangi dars bayoni
:
Bizga ma’lumki, biror jismning muhitdagi tеbranma harakati shu jism turgan muhitga uzatiladi. Agar
tеbranish havoda bo‘lsa, o‘zining harakatini havo zarrachalariga uzatadi. Havo zarrachalarining tеbranma
harakati barcha yo‘nalishda havo bo‘ylab tarqaladi. Bu hodisa suyuqliklarda ham, qattiq jismlarda ham ro‘y
bеradi. Vakuumda mexanik to‘lqinlar tarqalmaydi.Tеbranishning muhitda vaqt bo‘yicha tarqalish jarayoniga
to‘lqin dеyiladi.Umuman olganda, mexanik to‘lqinlar ikki xil bo‘ladi: bo‘ylama va ko‘ndalang
to‘lqinlar.To‘lqin tarqalayotgan muhitda zarralarning tebranish yo‘nalishi, to‘lqin tarqalish yo‘nalishi bilan
bir o‘qda bo‘lsa, bunday to‘lqinga bo‘ylama to‘lqin deyiladi.
Bo‘ylama to‘lqinlar tarqalganda muhit siqilish va kengayish deformatsiyasiga uchraydi (5.8-rasm). Suyuqlik
va gazlarda bunday deformatsiya muhit zarralarining zichlashishi yoki siyraklashishi orqali
bo‘ladi. Bo‘ylama to‘lqinlar barcha muhitlar: qattiq, suyuq va gazsimon muhitlarda tarqalishi mumkin.
Bo‘ylama to‘lqinlarga misol tariqasida elastik sterjendagi to‘lqin yoki havoda tarqalgan tovushni keltirish
mumkin.To‘lqin tarqalayotgan muhitda zarralarning tebranish yo‘nalishi, to‘lqin tarqalish yo‘nalishiga
perpendikulyar bo‘lsa, bunday to‘lqinga ko‘ndalang to‘lqin deyiladi.Ko‘ndalang to‘lqinlar tarqalganda
Do'stlaringiz bilan baham: |