Ergashov jaloliddin +998911595353 Sana Sinfi 10


har ikkala elektrometr strelkasi nol holatga kelganligini ko‘ramiz. Bu hodisa elektrometrlar (disklar) son


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/63
Sana22.01.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1108700
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63
Bog'liq
10-sinfFizika3-chorak

har ikkala elektrometr strelkasi nol holatga kelganligini ko‘ramiz. Bu hodisa elektrometrlar (disklar) son 
qiymati jihatidan teng, lekin ishoralari turlicha bo‘lgan zaryadga ega bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. 
Elektrlanishga oid o‘tkazilgan barcha tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yagona jismni zaryadlab bo‘lmas ekan. 
Jismni zaryadlash uchun albatta, ikkinchi jismning bo‘lishi shart. Elektrlanish jarayonida jismlardan biri 
qancha manfi y zaryad olsa, ikkinchisi shuncha miqdordagi musbat zaryadga ega bo‘ladi.
Bu xulosa elektr 
zaryadining saqlanish qonuni deb ataladi. 
Zaryadlarning saqlanish qonuni 1750-yilda amerikalik olim va siyosiy arbob Bendjamin Franklin tomonidan 
kiritilgan.Faradey va Maksvell nazariyasiga ko‘ra zaryadlangan jismlar atrofi da
elektr maydon hosil bo‘ladi. O‘zaro ta’sir shu elektr maydon vositasida amalga oshadi. Bu maydonni qo‘l 
bilan ushlab, ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Uni faqat ta’sirlariga ko‘ra sezish mumkin.Elektr maydonining 
zaryadli zarralarga ta’sirini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, maydonning ta’siri zaryadlangan jism yaqinida 
kuchli, undan uzoqlashgan sari kuchsizlanib boradi. Elektr zaryadlari hosil qilgan maydonning kuchli yoki 
kuchsiz ekanligini ko‘rsatish uchun elektr maydon kuchlanganligi deb ataluvchi kattalik kiritilgan. 
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash: 
1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi. 
2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish. 
V. Dars yakunlarini chiqarish: 
O O`qituvchi o`quvchilar bajargan yozma va og`zaki javoblar uchun qo`yilgan baholarni e`lon qiladi va 
yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi. 
VI. Uyga vazifa:
O`rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.129-sahifadagi 6-masala. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling