muhitning bir qatlami, ikkinchisiga nisbatan siljiydi. Bunday to‘lqinlar tarqalganda muhitda do‘nglik va
chuqurliklar hosil bo‘ladi (5.9-rasm). Qattiq jismlardan farqli ravishda, suyuqlik va gazlar qatlamlarning
siljishiga nisbatan elastiklik xususiyatiga ega emas. Shunga ko‘ra ko‘ndalang to‘lqinlar faqat qattiq jismlarda
ERGASHOV JALOLIDDIN +998911595353
tarqala oladi.Ko‘ndalang to‘lqinning nuqtadan nuqtaga tebranishni uzatish jarayonini batafsil qaraylik. 5.10-
rasmda ko‘ndalang to‘lqinning har ј T vaqtdagi holati keltirilgan
5.10-rasmda zarralarning qandaydir momentdagi holati raqamlangan sharchalar ko‘rinishida berilgan.
Sharchalar bir-biriga yaqin joylashganligidan ular orasida o‘zaro ta’sir mavjud. Agar birinchi sharchani
tebranma harakatga keltirsak, ya’ni uni yuqoriga va pastga harakatlanishga majbur qilsak, sharchalar
orasidagi o‘zaro ta’sir tufayli qolganlari ham uning harakatini takrorlaydi. Lekin ularning harakati
oldingisiga nisbatan kechikkan (faza jihatidan siljigan) holda bo‘ladi.Masalan, to‘rtinchi shar, birinchi
shardan ј tebranishga orqada bo‘ladi. Yettinchi shar harakati, birinchi shardan Ѕ ta tebranishga, o‘ninchisi ѕ
ta tebranishga orqada qoladi. O‘n uchinchi shar birinchi shardan bitta to‘liq tebranishga orqada qoladi, ya’ni
u bilan bir xil fazada tebranadi.
Ikkita bir-biriga eng yaqin oraliqda joylashgan va bir xil fazada tebranayotgan nuqtalar orasidagi masofaga
to‘lqin uzunligi deyiladi.To‘lqin uzunligi grekcha λ (“lambda”) harfi bilan belgilanadi. Birinchi va o‘n
uchinchi shar, ikkinchi va o‘n to‘rtinchi, uchinchi va o‘n beshinchi sharlar orasidagi masofa bitta to‘lqin
Do'stlaringiz bilan baham: |