I. Tashkiliy qism:
Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
Sinf holati bilan tanishish va davomatni aniqlash, axborat daqiqasi.
II. Darsning takrorlash qismi:
1. Uy vazifasini tekshirish.
2. Maydon kuchlanganligi qanday fornula bilan hisoblanadi?
3. Bu qonun kim tomonidan, qachon kashf etilgan?
4. Elektr maydon kuchlanganligi qanday kattalik?
5. Sh.O.Kulon qonunini ta`riflab, formulasini yozing.
III.Yangi dars bayoni
:
Radiusi R ga teng bo‘lgan elektr o‘tkazuvchi shar q zaryad bilan zaryadlangan bo‘lsin (7.5-a rasm).
Zaryadlangan bunday shar (sfera) ning hosil qilayotgan elektr maydon kuchlanganligini uning markazida,
sirtida va undan tashqarisida aniqlaylik. Buning uchun biz dastlab q zaryadni sirt bo‘ylab tekis taqsimlangan
ERGASHOV JALOLIDDIN +998911595353
bir qancha bir xil miqdordagi zaryadlarga ajratamiz, ya’ni q = q1 + q2 + q3 + ... + q'1 + q'2 + q'3... Har qanday
miqdori bir xil bo‘lgan q1 va q'1 kabi zaryadlarning sharning markazidagi natijaviy maydoni kuchlanganligi
superpozitsiya prinsipiga ko‘ra nolga teng bo‘ladi Demak, zaryadlangan sferaning ichida maydon
kuchlanganligi nolga teng bo‘ladi.Shardan tashqarida undan r masofada joylashgan ixtiyoriy A nuqtadagi
maydon kuchlanganligini topaylik. OA chiziqqa simmetrik joylashgan q2 va q'2 zaryadlar juftini ajratib
olaylik. Bu zaryadlar Or o‘qi boylab yo‘nalgan o‘qda kuchlanganlik hosil qiladi. Demak, shar tashqarisidagi
nuqtadagi maydon kuchlanganligining kuch chiziqlari, shar markaziga qo‘yilgan musbat zaryadlangan
nuqtaviy zaryad maydonining kuch chiziqlari bilan mos tushadi (7.5-b, rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |