298
uzluksiz jarayoni. Tovarning hayotiylik davri uzunligini va korxonaning
rentabelligini ta‘minlovchi choora-tadbirlar ichida alohida o‗ringa ega. O‗z
ichiga
mahsulotni differensiyalash va diversifikatsiyalashni kiritadi; 2) bozorga yangi
mahsulotni yoki mahsulotlar guruhini olib kirish.
Tovar siyosati - tadbirkorlik maqsadlarini belgilash va ularga erishishga
yo‗naltirilgan tadbir va strategiyalar majmui, yangi tovar
yoki tovarlar guruhini
bozorga
olib
kirish
(innovatsiya),
bozorda
mavjud
bo‗lgan tovarlarni
zamonaviylashtirish (variatsiya) yoki ishlab chiqarish dasturidan tovar ishlab
chiqarishni chiqarib tashlash (eliminatsiya),
shuningdek, assortiment siyosatidan
iborat.
Tovar strategiyalari - 1) tovar siyosatining
korxonaga tovar hayotiylik
davrining istalgan bosqichida foyda olish va savdo hajmining barqaror bo‗lishini
ta‘minlashi mumkin bo‗lgan asosiy prinsipial yo‗nalishlari. Tovar strategiyasining
asosiy turlari: tovar yoki xizmatlar innovatsiyasi, variatsiyasi, eliminatsiyasi; 2) tovar
nomenklaturasini optimallashtirish yo‗nalishlarini ishlab chiqish hamda firmaning
samarali faoliyat ko‗rsatishi va raqobatbardoshligini ta‘minlash
uchun sharoitlar
yaratuvchi tovarlar assortimentini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: