Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


-rasm. Narx belgilash usullari


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/163
Sana23.09.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1686215
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163
Bog'liq
Marketing asoslari Ergashxodjaeva Sh Dj , Qosimova M S , Yusupov

10.2-rasm. Narx belgilash usullari 
Sarf xarajatlarga asosan narx belgilashning 2 ta usuli mavjud: 
1. Tannarx asosida narx belgilash 
2. To‗la xarajatlar asosida narx belgilash 
Tannarx(ishchi kuchi, materiallar, yoqilg‗i, energiyaga ketadigan xarajatlar, 
amortizatsiya, sug‗urta, ustama xarajatlar, boshqaruvga ketadigan xarajatlar hisoblab 
chiqiladi.) 
Ko‗pincha korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda formulalardan 
foydalanadi. Formulalarga ko‗ra, narx belgilashning boshqa jami usullari kabi
birinchi navbatda e‘tiborni foydaga qaratadi, talabni hisobga olmaydi. 
«O‗rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo‗yicha narx belgilash tovarning 
tannarxiga muayyan ustama qo‗yishdan iborat bo‗lib, narx belgilashning eng oddiy 
usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda 
tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada 
iste‘molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo‗yadigan 
ustama narxlar yakunini ifodalaydi. 
«Ko‗zlangan foyda normasi» olishni ta‘minlaydigan narx belgilash usulini 
Narx 
belgilash 
usullari 
Sarf xarajatlar 
Raqobatchilar 
Marketing 


177 
qo‗llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan 
qaytim foiz olishga intiladilar. Bu usul o‗rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga 
asoslanadi. 
Narxni chegaraviy xarajatlar bo‗yicha belgilash usulini qo‗llash bilan firma 
mahsulotning qo‗shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida 
qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga 
oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to‗xtatish xavfi ostida 
qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni hohlagan sharoitlarda naf 
keltirishi mumkin. 
Savdoda do‗konlarga xaridorlarning kelishini ko‗paytirish uchun sotuvchilar 
ayrim tovarlarni to‗liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar 
yaratadilar. Xaridorlar ko‗payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga 
qo‗shimcha ravishda narxi me‘yorda bo‗lgan tovarlarni ham xarid qiladilar. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling