Eritish pechlari-ularning asosiy tasnifi va ishlash prinsiplari


Download 63.2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2023
Hajmi63.2 Kb.
#1633004
Bog'liq
ERITISH PECHLARI-ULARNING ASOSIY TASNIFI VA ISHLASH PRINSIPLARI (2)



ERITISH PECHLARI-ULARNING ASOSIY TASNIFI VA ISHLASH 
PRINSIPLARI 
Reja 
1.Eritish pechlarining ishlash prinsipi. 
2.Eritish pechlarining turlari 
 
Metallurgiyada eritish pechlari alohida o‘rin tutadi. Chunki ularda quritish va 
kuydirish jarayonlarida olingan tayyorlangan xomashyoni eritib xomaki metall 
olinadi. Metallurgiyada qo‘lla-niladigan eritish pechlarining turlari ko‘p bo‘lib 
ularni tan-lash va qo‘llash qayta ishlanayotgan mahsulotning moddiy tarkibi-ga va 
texnologik talablarga asoslangan holda amalga oshiriladi. 
Hozirgi kunda zamonaviy metallurgiya zavodlarida eritish pechlarining bir necha 
turlari qo‘llanilib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda amaliyotda ko‘p yillardan 
buyon foydalanilayotgan sama-radorligi yuqori bo‘lgan pechlar ham metallurgik 
korxona-larda mavjuddir. Ularga yallig‘ qaytaruvchi pechlar, shaxtali pechlar
marten pechlari misol bo‘lib, ular zamonaviy kislorod alangali eritish pechlari, ruda-
termik pechlar, elektr po‘lat eritish pechlari bilan birgalikda ishlatilib kelinmoqda. 
Yallig‘ qaytaruvchi pech - ishchi qismida yongan alanganing issiqligini pechning 
linza shaklidagi shipidan qaytarilib, eritilayotgan shixtaga uzatilishi hisobiga 
shunday nomlangan. 
Yallig‘ qaytaruvchi pechlarning mis, nikel metallurgiyasidagi aso-siy 
agregatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ular rudalarni va kam miqdorda metalli va 
sulfidli minerali bo‘lgan boyitmalarni eritishda konverter shlaklarini qayta ishlashda 
qo‘llanilib kelmoqda. 
Yallig‘ qaytaruvchi pechlarni asosi (fundamenti) bir necha qavatdan iborat 
bo‘lib, uning qalinligi 2-4 metrni tashkil etadi. Ustki qismi devorlari bir necha qator 
o‘tga chidamli g‘ishtlardan terilgan bo‘lib, qalinligi 0,75–1,5 metrgacha yetadi. Pech 
butun parametri bo‘ylab temir balkalar bilan mahkamlanib tortiladi. Texnologik 
talablarga asosan yallig‘ qaytaruvchi pechlarning uzun-ligi 5 metrdan 30 metrgacha, 
eni 2 metrdan 6 metrgacha bo‘lishi mumkin. Uning yuzasi 300-400m
2
ni tashkil 
etadi. Pechning bir yon boshidan o‘t yoqish forsunkasi o‘rnatilgan bo‘lib, ikkinchi 
yonboshidan texnologik gazlar ajralib chiqadi. Yonish va oksidlanish jarayonini 
davom ettirish maqsadida qutilarga havo beriladi yoki pastki qismdan havo so‘riladi. 
Bu o‘z navbatida havo so‘rish yoki purkash orqali amalga oshiriladi. Tasmaning 
harakatlanishi bo‘ylab mashinaning oxirgi qismigacha quyish va aglomeratsiyalash 
jarayoni amalga oshiriladi.

Pechning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: pech ikkita mustahkam 


balkaga o‘rnatilgan bo‘lib, u butun konstruktsiyani ko‘tarib turadi. Pechning ustki 
qismiga harakatlanuvchi shiftidan iborat bo‘lib, uni harakatga kelitirish uchun 
maxsus mexanizm bilan ta’minlangan.
Undan tashqari pech yonboshiga 45-60° burilish imkoniyatiga ega. Bu esa 
jarayonda olingan mahsulotni kovshlarga quyish imkonini beradi. Pechning ichki 
qismi 500-800 mm gacha o‘tga chidamli materiallar bilan qoplangan. Pechga 
elektrodlar o‘rnash-tirish alohida ahamiyatga ega. Chunki bu elektrodlar jarayon 
davomida vertikal – yuqoridan pastga va aksinchi harakatlanadi. 

Download 63.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling