Eritish pechlari-ularning asosiy tasnifi va ishlash prinsiplari
Download 63.2 Kb. Pdf ko'rish
|
ERITISH PECHLARI-ULARNING ASOSIY TASNIFI VA ISHLASH PRINSIPLARI (2)
ERITISH PECHLARI-ULARNING ASOSIY TASNIFI VA ISHLASH PRINSIPLARI Reja 1.Eritish pechlarining ishlash prinsipi. 2.Eritish pechlarining turlari Metallurgiyada eritish pechlari alohida o‘rin tutadi. Chunki ularda quritish va kuydirish jarayonlarida olingan tayyorlangan xomashyoni eritib xomaki metall olinadi. Metallurgiyada qo‘lla-niladigan eritish pechlarining turlari ko‘p bo‘lib ularni tan-lash va qo‘llash qayta ishlanayotgan mahsulotning moddiy tarkibi-ga va texnologik talablarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda zamonaviy metallurgiya zavodlarida eritish pechlarining bir necha turlari qo‘llanilib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda amaliyotda ko‘p yillardan buyon foydalanilayotgan sama-radorligi yuqori bo‘lgan pechlar ham metallurgik korxona-larda mavjuddir. Ularga yallig‘ qaytaruvchi pechlar, shaxtali pechlar, marten pechlari misol bo‘lib, ular zamonaviy kislorod alangali eritish pechlari, ruda- termik pechlar, elektr po‘lat eritish pechlari bilan birgalikda ishlatilib kelinmoqda. Yallig‘ qaytaruvchi pech - ishchi qismida yongan alanganing issiqligini pechning linza shaklidagi shipidan qaytarilib, eritilayotgan shixtaga uzatilishi hisobiga shunday nomlangan. Yallig‘ qaytaruvchi pechlarning mis, nikel metallurgiyasidagi aso-siy agregatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ular rudalarni va kam miqdorda metalli va sulfidli minerali bo‘lgan boyitmalarni eritishda konverter shlaklarini qayta ishlashda qo‘llanilib kelmoqda. Yallig‘ qaytaruvchi pechlarni asosi (fundamenti) bir necha qavatdan iborat bo‘lib, uning qalinligi 2-4 metrni tashkil etadi. Ustki qismi devorlari bir necha qator o‘tga chidamli g‘ishtlardan terilgan bo‘lib, qalinligi 0,75–1,5 metrgacha yetadi. Pech butun parametri bo‘ylab temir balkalar bilan mahkamlanib tortiladi. Texnologik talablarga asosan yallig‘ qaytaruvchi pechlarning uzun-ligi 5 metrdan 30 metrgacha, eni 2 metrdan 6 metrgacha bo‘lishi mumkin. Uning yuzasi 300-400m 2 ni tashkil etadi. Pechning bir yon boshidan o‘t yoqish forsunkasi o‘rnatilgan bo‘lib, ikkinchi yonboshidan texnologik gazlar ajralib chiqadi. Yonish va oksidlanish jarayonini davom ettirish maqsadida qutilarga havo beriladi yoki pastki qismdan havo so‘riladi. Bu o‘z navbatida havo so‘rish yoki purkash orqali amalga oshiriladi. Tasmaning harakatlanishi bo‘ylab mashinaning oxirgi qismigacha quyish va aglomeratsiyalash jarayoni amalga oshiriladi. Pechning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: pech ikkita mustahkam balkaga o‘rnatilgan bo‘lib, u butun konstruktsiyani ko‘tarib turadi. Pechning ustki qismiga harakatlanuvchi shiftidan iborat bo‘lib, uni harakatga kelitirish uchun maxsus mexanizm bilan ta’minlangan. Undan tashqari pech yonboshiga 45-60° burilish imkoniyatiga ega. Bu esa jarayonda olingan mahsulotni kovshlarga quyish imkonini beradi. Pechning ichki qismi 500-800 mm gacha o‘tga chidamli materiallar bilan qoplangan. Pechga elektrodlar o‘rnash-tirish alohida ahamiyatga ega. Chunki bu elektrodlar jarayon davomida vertikal – yuqoridan pastga va aksinchi harakatlanadi. Download 63.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling