Eritma va suyuqlanmada elektroliz


Download 152.8 Kb.
bet3/4
Sana11.10.2023
Hajmi152.8 Kb.
#1698625
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Metallarning korroziyasi
Tashqi muhit ta’sirida metall va metall qotishmalarining o’z-o’zidan yemirilish jarayoni korroziya deyiladi. Amalda hamma metallar ham yemirilishga uchraydi, natijada ular ko’pgina xossalarini yo’qotadi: Masalan; qattiqligi, plastikligi, yaltiroqligi yomonlashadi, elektr o’tkazuvchanligi kamayadi.
Metallarning korroziyasi mahalliy ( bir joyda) yoki yoppasiga (butunlay) bo’lishi mumkin. Kimyoviy tabiatiga ko’ra korroziya oksidlanish-qaytarilish jarayonidir. Muhitning ta’siriga bog’liq holda korroziyaning bir necha turlari farqlanadi.
Korroziyaning eng ko’p tarqalgan turlari kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyadir.
Kimyoviy korroziya muhitning tok o’tkazmaydigan sohasida kuzatiladi. Bunday turdagi korroziya metallar bilan quruq gazlar yoki suyuqliklar –noelektrolitlar (benzin, kerosin va boshqalar) orasidagi ta’sir natijasida kuzatiladi. Ko’pincha kimyoviy korroziya yuqori temperaturada metallarga ishlov berish jarayonida kuzatiladi.
Masalan: 2Fe + 2H2S + O2 2FeS + 2H2O
2Fe + 3SO2 + 3O2 = Fe2(SO4)3;
2Fe + 3Cℓ2→ 2FeCℓ3; 2Zn + O2 = 2ZnO
Ko’pgina metallar havo kislorodi ta’sirida oksid parda bilan qoplanadi. Agar bu parda mustahkam (zich) bo’lib metall bilan yaxshi bog’langan bo’lsa u metallni keyingi yemirilishdan himoya qiladi. Bunday himoya parda Zn, Aℓ, Cr,Ni, Sn, Pb, Nb, Ta va boshqa metallarda hosil bo’ladi.
Temirda hosil bo’ladigan oksid parda bo’sh, g’ovak va temirning sirtidan tezda ajraladi shuning uchun bu oksid parda temirni keyingi yemirilishdan himoya qila olmaydi.
Elektrokimyoviy korroziya-tok o’tkazadigan (elektrolit muhitida) muhitda sodir bo’ladi. Amalda metall va metall qotishmalari bir jinsli emas, ularning tarkibida turli xil qo’shimchalar bo’ladi.
Elektrolitlar bilan o’zaro bog’langanda metallar sirt yuzasining bir tomoni anod (elektron beradi), ikkinchi tomoni katod (elektron oladi) vazifasini bajaradi. Aktivligi yuqori bo’lgan metall anod, aktivligi pastrog’i esa katod hisoblanadi.
Elektrolit muhitiga bog’liq holda har xil jarayonlar borishi mumkin:

2H+ + 2e- = H2↑ O2 + 2H2O + 4e- = 4OH-
Umumiy holda Fe0 + 2H+ = Fe+2 + H ↑ Fe+2 + 2OH- = Fe(OH)2
hosil bo’lgan temir (II) gidroksidi kislorod va suv ishtirokida Fe(OH)3 ga o’tadi. 4Fe(OH)2 + 2H2O + O2 = 4Fe(OH)3

Download 152.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling