Eritma va suyuqlanmada elektroliz


Vodorod kationlari va erigan kislorod elektrokimyoviy korroziyani chaqiruvchi oksidlovchilar hisoblanadi


Download 152.8 Kb.
bet4/4
Sana11.10.2023
Hajmi152.8 Kb.
#1698625
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Vodorod kationlari va erigan kislorod elektrokimyoviy korroziyani chaqiruvchi oksidlovchilar hisoblanadi. Metallning aktivligi qancha katta bo’lsa, korroziya tezligi shuncha yuqori bo’ladi. Harorat oshganda ham korroziya tezligi ortadi.
Korroziya insoniyatga juda katta zarar keltiradi. Shuning uchun korroziyadan himoyalanish yo’llarini topish kerak.
Korroziyadan himoyalanishning bir necha usullari bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
1) Buyumlarning sirtini nam saqlamasligi (ushlamasligi) uchun silliqlash;
2) Puxta oksid parda hosil qiluvchi, tarkibida xrom, nikel saqlagan legirlangan qotishmalar ishlatish;
3) Himoya qoplamalar shimdirish. Bu usulning bir necha turlari mavjud;
a) oksidlamaydigan – metallmas moylar, maxsus laklar , bo’yoqlar va emallar. Bu uzoq vaqtli emas, ammo arzondir;
b) Kimyoviy –sirt yuzada sun’iy polimerli, nitridli, silisidli parda hosil qiluvchi moddalarni qo’llash;
d) Metallning sirt yuzasini boshqa metall bilan qoplash. Metallning sirtini o’zidan aktivligi yuqori bo’lgan metall bilan qoplash anod qoplash deyiladi.
e) Elektrokimyoviy usullarga protektorli (anod) himoyalash kiradi; Bu himoya usulida himoyalanishi lozim bo’lgan metall aktivligi yuqori bo’lgan boshqa bir metall bilan ulanadi. Aktivligi yuqori bo’lgan metall anod vazifasini bajaradi va elektrolit ta’sirida yemiriladi:

Protektorli himoya vositasi
1-protektor (u yemiriladi); 2- tok o’tkazgich (u yemiriladi);
3-elektrokabel (u himoyalanadi).
f) Katodli himoya –himoyalanishi lozim bo’lgan metall tashqi elektr manbaining katodiga ulanadi;

Katodli himoya sxemasi
g) Korroziyani sekinlashtiruvchi moddalar (ingibitorlar) kiritish;
h) Suvda erigan kislorodni yo’qotish.
Download 152.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling