Eritmalar haqida ta’limot Tayanch iboralar
Download 147.46 Kb.
|
O\'chirilmasin
Molekulalari qutblangan moddalar qutblangan erituvchilarda eritilganda turli kattalikdagi assotsiatlar (birlashgan molekulalar) hosil qiladi. D.I. Mendeleyev etil spirt suvda eritilganda eritmaning umumiy hajmi kamayib issiqlik chiqishini, ba'zi qattiq moddalar suvda eritilganda esa eritmaning harorati pasayishini ko’rsatdi va shu asosda o’zining gidratlar nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko’ra erish murakkab fìzikkimyoviy jarayon bo’lib, bunda erigan modda molekulalari erituvchi molekulalari bilan o’zaro ta'sirlashib, beqaror birikmalar — solvatlar hosil qiladi. Agar erituvchi suv bo’lsa, hosil bo’lgan birikma gidrat deyiladi. Gidratlar kontsentratsiya va harorat o’zgarishi bilan parchalanadi yoki boshqa birikmalarga aylanadi. Masalan, bir chaqmoq qand suvga botirilganda gidratlanish sodir bo’ladi, ya'ni suv molekulalari qand molekulalarini o’rab oladi va ular bilan gidrat hosil qiladi. Bunda, tabiiyki, issiqlik ajralib chiqadi. Lekin gidrat hosil qilish uchun suv molekulalari kristalldan qand (shakar) molekulalarini ajratib olishi kerak, buning uchun esa energiya sarflash lozim. Demak, agar gidratlanish jarayonida kristall panjaradan molekulani ajratib olishda sarflanganiga qaraganda ko’p issiqlik chiqsa, erish jarayonida eritma isiydi, Aksincha, agar qattiq modda kristalini parchalashga gidratlanishda ajralib chiqkaniga qaraganda ko’p issiqlik talab qilinsa, u holda erish jarayonida eritma soviydi. Spirt suvda eritilganda umumiy hajmining kamayishi ham gidratlar hosil bo’lishi va molekulalarning bir-birini zichlashtirishi bilan tushuntiriladi. Download 147.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling