Eritmalar haqida ta’limot Tayanch iboralar
Ba'zi erituvchilarmng ebulìoskopìk doimiysi
Download 147.46 Kb.
|
O\'chirilmasin
Ba'zi erituvchilarmng ebulìoskopìk doimiysi
Eritmaning muzlashharorati esa toza erituvchining muzlashharoratidan doimo past bo’ladi. Raul turli moddalarning suvdagi bir molyar eritmasi (1000 gramm suvda 1 mol. Modda erigan) — 1.86°C da muzlashini aniqladi. Bu l mol eritma muzlashharoratining pasayishi erigan moddaning tabiatiga emas, balki erigan modda molekulalari soniga bog‛liq ekanligini ko’rsatadi. Tajribadan olingan ma'lumotlarga ko’ra elektrolitik dissotsillanish sodir bo’lmaydigan suyultirilgan eritmalarda eritma muzlashharoratining pasayishi erigan moddaning molyal kontsentratsiyasiga proportsionaldir: ΔtM=KCbunda ΔtM— eritma muzlashharoratining pasayishi. K— krioskopik konstanta, turli erituvchilar uchun uning qiymatlari jadvallarda beriladi; C—eritmaning molyal kontsentratsiyasi. Kontsentratsiya C 1000 g erituvchida erigan moddaning mol sonlari bilan ifodalanadi. C=1. bo’lgahda ΔtM=K, ya'ni koeffìtsiyent K 1000 g erituvchida 1 mol modda eritilgandagi eritma muzlashharoratining pasayishini ko’rsatadi. Shu sababli bu koeffìtsiyent erituvchi muzlashharoratining molekulyar pasayishi yoki erituvchining krioskopik (grekcha «krios» — sovuq, muz demakdir) doimiysi deyiladi. Konstanta K ning qiymati har qaysi erituvchi uchun o’zgarmas miqdor bo’lib, erigan moddaning tabiatiga bog‛liq emas. Erigan moddaning molekulyar massasini va eritmalarning osmotik bosimini krioskopik usulda aniqlash. Eritma muzlash haroratining pasayishi asosida erigan moddaning molekulyar massasini topish mumkin. Buning uchun quyidagicha ish yuritamiz. Muzlash haroratining pasayishi formulasida kontsentratsiya C ni erigan moddaning mol miqdori bilan ifodalagan edik. Agar erigan moddaning grammlar miqdorini m, uning molekuiyar massasini M desak, C=m/M bo’ladi, buni muzlashharoratining pasayish formulasiga qo’yamiz: Download 147.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling