Eritmalar haqida ta’limot Tayanch iboralar


)elektroliz vaqtida elektrodlarda ajraladigan moddalar miqdori elektrolit orqali o’tgan elektr miqdoriga to’g‛ri proportsionaldir; 2)


Download 147.46 Kb.
bet9/11
Sana25.01.2023
Hajmi147.46 Kb.
#1122883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'chirilmasin

1)elektroliz vaqtida elektrodlarda ajraladigan moddalar miqdori elektrolit orqali o’tgan elektr miqdoriga to’g‛ri proportsionaldir;
2) turli hil elektrolitlardan bir hil miqdordagi elektr o’tkazilganda elektrodlarda ajraladigan (o’zgaradigan) moddalar miqdori shu moddalarning kimyoviv ekvivalentlariga to’g‛ri proportsionaldir.
AgNO3, CuSO4 va H2SO4 eritmalari orqali bir kulon elektr o’tkazilganda katodda 1.118 mg kumush, 0.3293 mg mis va 0.010446 mg vodorod ajralib chiqadi. Bu kattaliklar elektrokimyoviy ekvivalentlar deyiladi. Kimyoviy ekvivalent elektrokimyoviy ekvivalentga nisbati o’zgarmas kattalik bo’lib, u 96487±1.6 K/g-ekv (yaxlitlangani 96500) ga teng va u Faradey soni F deyiladi. Shunday qilib, elektroliz usuli bilan 1 gekv modda ajratib olish yoki uni o’zgartirish uchun bir Faradey elektr sarflash kerak.
Zanjir orqali o’tgan elektr miqdorini aniq o’lchash uslubi Faradey qonuniga asoslangan. Bunday o’lchashlar uchun kumushli, misli, yodli va boshqa kulonometrlar ishlatiladi. Bu asboblarda elektroliz mahsulotlari tortiladi, titrlanadi yoki uning hajmi o’lchanadi. Elektroliz mahsulotlarining miqdori ma'lum bo’lgach, sarflangan elektr miqdori oson topiladi.
Elektroliz sanoatdagi juda ko’p jarayonlarda, ayniqsa, kimyo sanoatida keng qo’llaniladi; suyuqlantirilgan kriolit Na3AlF6 dan alyuminiy olish, suyuqlantirilgan MgCl2 ni elektroliz qilib magniy olish, misni qo’shimchalardan tozalash, ishqor va tuz eritmalarini elektroliz qilib toza vodorod olish va boshqalar. Bundan tashqari, buyumlar sirtiga boshqa metallar qoplash, ya'ni xromlash, nikellash, kadmiylash kabi ishlar ham elektrolitik usulda bajariladi.
Faradey Mayk (22.IX.1791—25.VIII.1867), ingliz fizigi va kimyogari, London Qirollik jamiyatining a'zosi. U mustaqil bilim olib, 1813 yildan G.Devi laboratoriyasida ishlagan. 1815 yildan kimyo sohasida ishlab, ohakni kimyoviy tahlil qilish, temir qotishmalarini o’rganish, po’latning sifatini yaxshilash bilan shug‛ullandi. Benzol (1825), izobutilen (1825), sulfonaftalinni (1826) kashf qildi. 1828 yili birinchi bo’lib, etilenga sulfat kislota ta'sirida etilsulfat oldi. 1933 yilda elektrolizning miqdoriy qonunlarini aniqladi. Fanga dielektrik singdiruvchanlik tushunchasini kiritdi.
U ko’pchilik mamlakatlar Fanlar akademiyasi va Peterburg fanlar akademiyasining a'zosi edi.

Download 147.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling