Eritmalar haqida ta’limot Tayanch iboralar
Vant-Goff Yakob Xendrik (30.VIII.1852—1.III.1911)
Download 147.46 Kb.
|
O\'chirilmasin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raul qonuni
- (P10 -P1)/P10=N2
Vant-Goff Yakob Xendrik (30.VIII.1852—1.III.1911), gollandiyalik kimyogar. Delft politexnika maktabida, Parij oliy meditsina maktabida, Utrext, Bonn va Leyden universitetlarida ta'lim olgan. Amsterdam (1878—1896) va Berlin (1896—1911) universitetlarida professor bo’lib ishlagan. Fizik kimyo va stereokimyo faniga asos soluvchilardan biri. Organik birikmalar molekulasidagi atomlarning fazoviy joylashish nazariyasini birinchi bo’lib ta'rifìab berdi.
Allen birikmalarda izomeriya bo’lishini oldindan aytib berdi. Kimyoviy reaksiyalarning sinflanishini va haroratni 10°C ga ko’tarilganda reaksiya tezligi 2-4 marta oshishini aniqladi (Vant-Goff qoidasi). Suyultirilgan eritmalardagi moddalarning miqdoriy nazariyasini yaratdi. Suyuqlikdagi osmotik bosim qonunini kashf qildi, bu qonun Vant-Goff qonuni deyiladi. 1901 yil Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi. Vant-Goff Peterburg fanlar akademiyasining muxbir a'zosi va boshqa ko’pchilik fanlar akademiyalari a'zosi edi. 3. Erituvchi va eritma ustidagi bosimning haroratga bog’liqligi. Raul qonuniMa'lumki, har qanday suyuqlik ustidagi bosim deyilganda uning to’yingan bug‛ bosimi tushiniladi. Suyuqlikning to’yingan bug‛ bosimi berilgan haroratda o’zgarmas kattalikdir. Harorat ko’tarilishi bilan har qanday moddaning to’yingan bug‛ bosimi ortadi. Bunga sabab, avvalo harorat ko’tarilishi bilan molekulalar harakatining o’rtacha kinetik energiyasi ortishi va natijada suyuqlik molekulalarining o’zaro tortishish kuchini yengib, suyuqlikdan ajraladigan va bug‛ga o’tadigan molekulalar sonining ko’payishidir. Ikkinchidan, bug‛lanish endotermik jarayon, ya'ni u issiqlik yutilishi bilan boradi, shu sababli harorat ko’tarilganda to’yingan bug‛ bosimi ortadi. Bu fikrlar, asosan, sof erituvchilar uchun to’g‛ri keiadi. Eritma ustidagi bug‛ bosimi esa harorat bilan bir qatorda shu eritrmadagi erigan. moddaning miqdoriga ham bog‛liq bo’ladi. Erituvchinmg eritma ustidagi to’yingan bug‛ bosimi toza erituvchining ustidagi bug‛ bosimidan doimo kichik bo’ladi. Eritmaning kontsentratsiyasi qancha yuqori bo’lsa, uning ustidagi bug‛ bosimi shuncha kichik bo’ladi. Chunki, kontsengratsiya ortgan sari eritmaning hajm birligida erituvchining miqdori kamaya boradi. Fransuz olimi Fransua Mari Raul (1830-1901) kam uchuvchan moddalarning suyultirilgan eritmalari uchun. quyidagi qonunni kashf etdi: erituvchining suyultirilgan eritma ustidagi to’yingan bug‛ bosimining nisbiy pasayishi erigan moddaning molyar qismiga teng: (P10 -P1)/P10=N2bunda P10 - toza erituvchining to’yingan bug‛ bosimi, P1 - uning eritma ustidagi to’yingan bug‛ bosimi; N2 — erigan moddaning molyar qismi. bunda n2 - erigan moddaning mol sonlari, n1 - erituvchining mol sonlari. Raul qonuni tenglainasini o’zgarttirib yozsak. Download 147.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling