Erkak nuqsoni


Download 21 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi21 Kb.
#207603
Bog'liq
ERKAK NUQSONI


ERKAK NUQSONI

ularni isloh qilishga yordam bergan ayol albatta baxtli bo'ladi

Aziz ayollar, erkaklarda umumxarakter sifatidagi ba’zi bir xislat va sifatlar bor. Ularni bilishingiz zarar qilmaydi, deb hisoblaymiz:

1. Erkaklarning ko’ngli nihoyatda nozik bo’ladi. Sal narsadan g’amgin bo’lishadi. Tanqidni hazm qilisholmaydi.

2. Erkaklar mayda chuyda narsalarni xush ko’rishmaydi.

3. Rang, shakl va ko’rinishi chiroyli bo’lgan narsalarni ular nihoyatda qadrlashadi.

4. Erkaklar katta tezlikni e’tirof etishadi. Ayniqsa mashina minganda.

5. Erkaklarning bo’ylari, soqol mo’ylov va yuzlarini tanqid qilmang, ular bu narsani xushlamaydi. Yaxshisi maqtab turing.

6. Erkaklar kinoyulduzlarni ko’z uzishmay kuzatishadi, chunki aktrisalarning chehralari juda maftunkor bo’ladi.

7. Kompyuter o’yinlari bolalarga xos bo’lsada, erkaklar ham o’yin o’ynashda, qiziqishda ulardan hech qolishmaydi.

8. Yomon va haqoratli so’zlarni keltirib chiqaruvchi g’azab va asabiylashish bilan ular o’zlarining haq ekanliklarini isbotlamoqchi bo’lishadi.

9. Shaxmat,pichoq, duradgarlik ashyolari erkaklarga xos bo’lib, faqat o’shalargina bu narsalarni qadrlashadi.



10. Sharob, sigaret, nos va chiroyli ayollarga talpinish erkaklarimizning kamchilik va nuqsonlaridan biri bo’lib, ularga bog’lanib qolishadi. Ularning fikricha, yuqorida aytganlarimiz ularga ilhom beradi. Vaholanki, ular cho’ntak va sog’liklariga faqat zarar keltirishadi. Yuqoridagi sifatlarni chuqur tahlil qilib, shunga asosan erkak hayotini sayqallashtirgan, ular bilan munosabatda bo’lsangiz, albatta farovon hayot kechirish baxtiga musharraf bo’lasiz.
Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling