Erkaklar Nega "yomon"
narsalaringiz borgan sari ortib boraveradi
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
narsalaringiz borgan sari ortib boraveradi
. Bunga Tereza yorqin misol bo`la oladi. Haftada ikki martta u raqsga qatnardi. Bir yigit bilan tanishib qolib raqsni tashladi, chunki yigiti raqsni jinni suymasmish. U tennis bilan shug`ullanardi buniyam tashlashga to`gri keldi, nega deysizmi chunki yigit bunaqa narsalarga qiziqmasmish. Bir qarashda bu bezarardek tuyuladi. Aslida mutlaqo unday emas. Tereza o`ziga yoqadigan barcha narsalardan voz kechdi. Bu uni o`ziga yetarlicha ishonmasligidan darak beradi. U boricha yigitga yoqmay qolishidan qo`rqib, o`z qiziqishlarini barini tashladi. O`z hohish va qiziqishlaridan doimiy ravishda voz kechaverish orqali ayol shahs sifatida o`zgaradi. Ma`lum vaqt o`tgandan keyin erkak ham buni payqab unga qiziqishi so`nadi. Chunki u erkini yo`qotganini erkak o`zidan ham oldin payqaydi. Ho`sh ayol o`z mustaqilligini yo`qotsa nima bo`ladi? Keling yahshisi bitta yigitni deb tennis va raqsdan voz kechib yuborgan Tereza voqeasiga qaytamiz. U hikoya qiladi: “deyarli har kuni oqshomni birga o`tkazardik va bunga juda tez o`rganib qoldik. Buni unga malol kelayotganidan u hecham shikoyat qilmasdi. Biroq u birgaligimizdan unchalik bahtli emasdek kam kuladigan bo`ldi. Men buni sezishim bilan o`zimga bo`lgan ishonchsizligim ortib ketdi, va yanada ko`proq mehrimni namoyon etishga urinaverdim. Uni avvalgidek bahtiyor holda ko`rishni juda istardim” Maftunkorlik omili №44 Ko`pchilik ayollar o`ziga o`zi berishi kerak bo`lgan narsalarni erkakdan olmoqchi bo`ladi. Yahshi qiz yigitga nimanidir bersa yoki voz kechsa evaziga undan yahshiroq va kattarog`ini qaytaradi deb hom hayol qiladi. U o`z hayotini nazorat etishdan voz 76 kechayapti. O`zi kutganini oladigan vaqt kelganda esa uni hafsalasi pir bo`ladi. Uni quruq qo`l bilan qolgani kamlik qilgandek yana shahsiy qiziqishlaridan ham ayriladi. Yahshi qiz qanchalik ko`p narsa berayotganini erkaklar kamdan kam sezishadi, qadrlash haqida gapirmasa ham bo`ladi. Kuchli jins vakili esa hech narsani qurbon qilishiga to`gri kelmaydi, jon kuydirib nima qiladi u bilan birga bo`lish uchun har narsaga tayyor ahmoq borku. O`zi hamma narsadan voz kechgani uchun erkak ham huddi shunday qilishi kerak deb o`ylaydi. Erkakni oilasi yor birodarlaridan ayirmoqchi bo`ladi. U hamma bo`sh vaqtini unga bahshilashini istaydi. Agar erkak gimnastika zaliga borsa bu ham ergashib bormoqchi bo`ladi. Yomon qiz bilan esa erkak bunday bosimni his etmaydi. U bilan asosiy vaqtini o`tkazgisi keladi, uni hurmat qiladi chunki bu ayolni yahshi qizdan farqli o`laroq o`z hayoti va qiziqishlari bor. Tasavvur qiling qiz kulolchilik mashg`uloti borligi uchun yigit bilan uchrashuvni rad etdi. U esa “Men bilan uchrashishdan ko`ra loy changallashni afzal bildimi?” deb bosh qashlab qoladi. Bu nafaqat uni maftun etadi balki mutlaqo esdan ayiradi. Maftunkorlik omili №45 Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling