Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
Maftunkorlik omili №46
Ayol erkak aytgan mezonlarga mos bo`laman deb urinishni boshlashi bilanoq o`rtadagi munosabat sifatini tushira boradi. Ayol o`zligini yo`qotib o`z dunyosidan uzoqlashib ketmas ekan, erkak unga intilaveradi. O`z hayotini o`z qoliga olgan ayolni ko`rgan erkak nogohon uning tanlovi, didi, unga nima yoqishi bilan qiziqa boshlaydi, va qay yo`l bilan uni hursand qilish haqida o`ylaydi. Ayollar osonlik bilan rejalagan ishlarini bekor qilib yuborishadi. Erkaklar hecham oshna og`aynilar bilan o`tirishga bormasdan qolmaydi.Ular ishini tashlamaydi,uyqu va ovqatdan voz kechmaydi. Tabiyki ular huddi shunday yo`l tutadigan ayolalrni hurmat qilishadi. Ya`ni o`z qiziqishlarini qadrlaydigan va ularni qurbon qilmaydigan. Erkak kishi o`z sartaroshiga qo`ng`iroq qilib “Sem kel 2 45 dagi soch kestirishni bekor qilib turaylik. Dugonam Salli bilan biroz gaplashay devdim” deganini hech eshitganmisiz. Bunaqasi also bo`lmaydi. Sizni hozirgina qanchalik unga mehr berib, qanday hunarlar ko`rsatganingiz ahamiyatsiz, yoringiz ropa rosa 2-45 da Semni huzurida bo`ladi. Erkaklar osonlik bilan romantikadan real hayotga o`ta olishadi. Yomon qiz ham huddi shunday qiladi. Yomon qiz u bilan uning tilida gaplashadi. Yahshi qiz esa judaym bog`lanib qoladigan. U buni oqlash uchun “U meni deb aqldan ozadi” – deydi. U aqldan ozsa ozgandir ammo siz boshingizni yo`qotishingiz mumkin emas, faqat shu yo`l bilan o`z hayotingizni bekasi bo`la olasiz. Hatto avtomobillar poyagasida ham g`ildirak almashtirish uchun biroz to`htab tin olishadi, yo`qsa marraga kelganda to`htay olmaydi. Erkaklar keyin nima bo`lishi haqida hecham o`ylashmaydi,mabodo tezlik nazoratini ularga topshirilsa, munosabatingiz halokatga yuz tutadi. Agar shamni ikki tomonidan yoqsangiz, tez yonib bitadi. Mana nega munosabat ritmi va tempini faqat ayol kishi nazorat qilishi kerak. Yo`qsa u sizni huddi sirkdagi o`rgatilgan itdek halqadan sakrashga majbur qiladi. Yana qaytaraman u sizni ko`rmasa turolmaydimi, ajoyib insonmi, siz ham uni yoqtirasizmi farqi yo`q vaqtingizni borini unga sarflamang. O`zingiz uchun ham ozgina vaqt qolsin. Endigina tanishgan paytlaringizda u birga o`tkazish uchun taklif etgan vaqtning uchdan ikkisini unga ajrating. Qolgan bir qismida esa o`z shahsiy ishlaringiz bilan shug`ullaning. Qachon qo`ng`iroq qilarkin deb hayol surib uyda o`tirmang. Esda tuting bunday hatti harakat uni boshqarish uchun emas, balki sizni realikdan uzilmasligingizni ta`minlash 79 uchun. U bilan uchrashishdan avval qanday turmush tarzida yashagan bo`lsangiz keyin ham uni saqlab qoling.O`z ritmingizni yo`qotish bilan ruhiy muvozanatni ham yo`qotasiz shuning uchun unga bog`lanib qolasiz. Meni hamhonam Geyl buni juda yahshi o`zlashtirib oldi. U tez tez telefonini o`chiradi va qo`ng`iroqlarga javob bermaydi. Agar u ishdan charchab kelgan bo`lsa barcha uchrashuvlarni bekor qiladiyu, uyda hotirjam dam oladi. Bir qadah sharobni quyib divanga yonboshlab kitob o`qiydi yoki televizorda biror film ko`radi. Geylni oshiqlari esa har doimgidek yetarli. Men sizni manmanlik va takabburlikka chaqirmayapman. Aslida ayol dimog`dor mag`rurligini ushlab turaman deb o`z tabiyligini yo`qotadi. Chunki u judaym o`ziga ishongandek ko`rinish uchun qattiq urinadi. Gregori Korso aytganidek “Muyulishda turib ammo hech kimni kutmayotganingda o`z kuchingi his etishishing mumkin” Hech kimni kutmayapsiz demak hech kimga ehtiyojingiz yo`q. Agar erkaklarga nisbatan shunday munosabat qilinsa, ular sizning shartlaringizga ko`ra o`ynay boshlaydi. Eng avvalo erkaklarni ko`nglidagidek bo`lishga urinishni to`htating, keyingina sizni hohishlaringiz qondiriladi. Linn plastik jarroh Kevin bilan uchrashishni boshladi.Ikkoviyam o`z shahsiy kvartirasida yashardi. Oqshomlardan birida Linn u uchun kechki ovqat tayyorladi. Kevin ohirgi daqiqilarda qo`ngiroq qilib boshqa bir jarroh bilan o`rin almashgani uchun kela olmasligini aytdi.Ovqat allaqachon tayyor edi, qo`ngiroq aytilgan vaqtga yarim soatgina qolganda bo`ldi.Vaqtliroq aytganida shuncha urnalmasdi, tinchgina dam olgan bo`lardi. Linn mana shu yerda olovli halqadan sakrab hato qildi. Chunki u Kevin uchun ertasiga ovqat tayorlab berishini aytdi. Kamiga yana unikiga borib pishir kuydir qiladigan bo`ldi. Ho`sh bu holatda nima qilish kerak edi? Linn: Ha? Mayli Kevin hammasi joyida. Afsus kela olmas ekansan. – deyishi kerak edi. Erkak ayolga yetarlicha hurmat ko`rsatmaganda ham ayol bunga ko`nib ketaversa, u ohiri bilan o`z hurmatini yo`qotadi. Tabiyki ertasi kuni Linn Kevinnikiga keldi, ammo uning fidoyiligi yetarlicha baholanmadi, bundan dili og`ridi. Bu munosabat esa asta sekin barham topdi. Yomon qiz har doim o`z manfaatlarini boshqalarnikidan ustun qo`yadi. U ni “yoq” javobi yo`qni bildiradi, “ha” si esa to`la va samimiy rozilikni. Gap qo`ppolik yoki 80 e`tiborsizlik haqida ketmayapti. Muhimi ochiq bo`lish . Siz muloyim bo`lish bilan birga ochiqqina ham bo`lishingiz mumkin. O`z nima hohlayotganini aniq biladigan va ayta oladigan ayolalrga erkaklar hurmat bilan qarashadi. Agar erkak uchrashuvga kechikayotgan b`olsa u achchiqlanadi chunki bu hatti harakati bilan unga noqulaylik tug`dirdi. Achchiqlanishni emotsional ta`sirlanishdan farqi bor. U darhol: “ Meni vaqtimni bekorga isrof qilma, kechikayotgan bo`lsang oldindan aytib qo`y men rejalarimni o`zgartiray.Meni seni kutishdan ham bo`lak qiladigan ishlarim bor” deb noroziligini namoyish etadi Kelasi safar kechikkanida u o`n besh daqiqia kutadiyu keyin usiz ketadi.Yomon qiz uchun o`z qadriyatlari muhim, u o`z vaqtini qadrlaydi. U o`z manfaatlaridan hecham voz kechmaydi. Shunday vaziyatga tushganingizda o`zingizga savol bering: - Mening hatti haraktim unga qanday ko`rinadi? Bu hatti hakat bilan unga nimani tushuntirib qoymoqchiman? Sizni haqiqiy ta`sir kuchingiz quyidagilardan tashkil topadi •O`z ritmini anglash va unga monand yashash •O`z “Men”I va o`z qiziqishlarini tushunish va nimaga toqat qila olmasligini anglash •O`z manfaat va hissiyotlarini unutmagan holda qaror qabul qilish qobiliyati. •O`zini idora qila olish, chunki haqiqiy kuch o`z hayotini idora qila olishdadir O`z hayotingizni o`zingiz idora qilganingizda , oh vohlarga o`rin qolmaydi. Qatiyatingizni namoyon qiling shunda o`zingizga o`zingiz bekaligingizcha qolasiz. Va ayni vaqtda yoringizni ham bekasiga aylanasiz. Bo`sh bayovlikdan dadillikka. Ayolni juda ta`sirchan va boshangligi erkakni cho`chitadi, ayniqsa uni yahshi bilmasa. Yomon qiz dadilligi bilan ajralib turadi, u bilan suhbatlashish osonroq. Uni gapirishi erkaklar o`zaro so`zlashadigan dangalcha tilni eslatadi. Meni bir tanishim o`ta emotsional suhbatlardan erkaklar qanchalik qo`rqishi haqida ajoyib misol keltirdi. Shahsan uni endigina tanishgan ayolaridan kelgan oh vohli dil so`zlari bitilgan yorliqlar qo`rqitganini aytib berdi. 81 Yana bir yigitga qiz nuqul she`r o`qirkan “Ular biram uzun va hissiyotga to`la edi. Ayrimlari esa qisqa va zerikarli. Ammo bularning bari bitta umumiy mavzuda edi. Ya`ni:”Azizim seni naqadar sevaman!” Va bu qiz she`riy satrlarini ko`z yosh bilan o`qirdi.Men har hil bahonalar bilan shu qizdan o`zimni chetga tortadigan bo`ldim” Meni uchunchi suhbatdoshim esa bir necha haftadan beri bir ayol bilan uchrashardi va o`z tajribasidan kelib chiqib shunday dedi: “ Har o`ttiz sekundda meni qanday sevishini aytishi shart emas. Ammo ayollar buni qayta qayta takrorlayverishadi. Bu huddi kakadu to`tisi bilan yurgandek gap … Men seni sevaman… Men seni sevaman… Men seni sevaman… Men seni sevaman… Men seni sevaman… Men seni sevaman…” Ayol kishi bor kuchi bilan munosabatni saqlab qolmoqchi yoki mustahkamlamoqchi bo`layotganini erkaklar darrov sezishadi. Kitob javoningizga bir qaranga. U yerda shahsiy munosabatlarni mustahkamlashga oid o`nlab kitoblar turgandir. Balki sizni hayotingizda aynan erkakka ehtiyoj borligini yana boshqa narsalar sotib qo`yar. Erkak o`zini juda kerakli ekanini anglashi bilanoq o`yin tugaydi. Agar siz behosdan bunday hatoga yo`l qo`ygan bo`lsangiz unga o`lib turmaganingizni namoyish qilish bilan ko`nglini qayta qayta zabt etishingizga to`g`ri keladi. Ahir sizni o`z hayotingiz bor. Undanda oldin paydo bo`lgan qadriyatlaringiz bor. Maftunkorlik omili №47 Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling