Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Maftunkorlik omili №52 
Arralaganingizda u sizni pisand qilmaydi.Ammo siz hatti harakatingiz bilan 
so`zlaganingizda u sizga diqqat qaratmay qolmaydi 
Ayollar aytishadi: kichkina bolakaylar biram yahshi, ular katta bo`lgandan keyin nega 
buncha o`zgararkin? Freyd fikricha bola shahsi tuvakka o`rgatish momentidan boshlab 
shaklanadi. 
Keling buni yahshiroq tagiga yetish uchun kichkina bolalar hatti harakatini kuzatamiz. 
Uch yashar bola onasidan mustaqil bo`lishni istaydi. Ammo uni hamisha yonida bo`lishi 
va har doim bola ehtiyojlarini qondirishga tayyorligi esa huddi tabiy holdek qabul 
qilinadi. U haddidan oshsa nimalar bo`lishini ko`rmoqchi bo`ladi. Quloqsiz bola ona 
qo`lidan chiqib yugirib ketadi va burchakda yashirinib uni kelishini kutib turadi. Sabri 
chidamay onam shu yerda yo yoqligini bilish uchun u joydan yana yugirib chiqadi. 
Ulg`ayib erkak bo`lganida bu sahnaga bor yo`g`I bitta bosqichni qo`shadi. Ayoldan 
qocha turib “ona” nima qilishini bilish uchun qayta qayta ortga qarayveradi. U 
diydiyioni boshlaydimi?Sarosimaga tushadimi? Yoki uni quvib yetish uchun yugirishga 
tushadimi? Erkakni yaqinlashishi yoki butunlay qochib ketishini ayolning reaksiyasi 
belgilab beradi. 
Maftunkorlik omili №53 
Erkak ayolni tabiy holdek qabul qilganida, uni haliyam shu yerda yoki yo`ligiga amin 
bo`lishni istaydi 
Erkakni arralash qanchalik be`mani ish ekani haqida o`ylab ko`ring. Siz bu hatti 
harakatingiz bilan u nima qilsayam siz uni tashlab hech qayoqqa ketmasligingizni 
ta`kidlayapsiz. So`zning ta`siri juda kam. U sizga “ eshit aziziam, men munosabatimizni 
yahshilash uchun hech qanday harakat qilishni istamamyman, ammo sen hozirgidek 


92 
manga ovqat tayyorlab , kir chirimni yuvib, hohlagan narsamni so`ragan vaqtimda 
berib tursang bo`ldiYotoqhonada bo`ladigan ishlarga kelsak, hozir ham yo`q 
demasdim” demaydi. O`ylayapsizki bunday shartga faqat esi joyida emas ayollargina 
rozi bo`lishi mumkin, afsuski ayollar bunday shartni doimiy ravishda qabul qilishadi, va 
shunday yashashadi ham. Hamisha va hamma yerda. “Buni nimasi yomon?” deyishadi 
ular.
Endi tanishgan vaqtida erkak o`zini haqiqiy jentelmendek tutishga urinadi.Mashina 
eshiklarini ochib beradi, restoranda taom tanlashni so`raydi va hakazo.. Avvaliga ular 
ayollarga qanday munosabat qilish kerakligini juda yahshi bilishadi. Bepisandlik esa 
ortiqcha gap so`zsiz sekin asta boshlanadi. Ko`pincha ayollar buni payqamay ham 
qolishadi. Payqashganda esa judaym kech bo`ladi. Keyin esa ayol uni to`g`ri yo`lga 
solaman deb, javrashni boshlaydi.
Erni divanga cho`zilishga taradudlanayotganini ko`rgan hotin arralashni boshlaydi: “ 
Sen bilan hech qayoqqa bormay qo`ydik.Birga kam vaqt o`tkazamiz.”
Bu iboralar erkakni ko`nglini hotirjamlashtiradi demak ayol to`laligicha uning 
ihtiyorida.Endi hech narsaga urinmasaym bo`ladi, chunki ayol uni borligini o`zidan 
qanoatlanadi. Va u asosli javob qaytaradi: “Sen bilan birgamanku. Senga yana nima 
kerak?” 
Uch yashar bolakay onasi bag`riga qaytishi uchun u ko`zdan g`oyib bo`lishi kerak. 
Arralashingiz esa sizni uning ihtiyorida ekaningizdan darak beradi. Siz uni 
kutayotganingizni juda yahshi biladi.Ehtimol siz uni e`tiborliroq, sizga g`amho`rroq 
bo`lishini kutayotgandirsiz. Baribir kutayapsiz. Siz to`laligingizcha uni ihtiyoridasiz. 
Siz vaziyatni tubdan o`zgartirishingiz kerak. 
U sizni shunday bo`lishi kerakdek qabul qilganida, uni buvisini onasini yoki boshqa 
tarbiyalangan ayolni yahshi ko`rgandek mehr bilan qaraydi. Siz uni “eski va qadrdon” 
dugonasiga aylanasiz. Baqirib chaqirsayizam hech qayoqqa ketmasligingizni u yahshi 
biladi. “ U meni ketimga bir ikki shapatilashi mumkin,ammo baribir sevadi men esa 
ko`nglimga kelgan ishni qilishim mumkin” Uni aynan mana shunday o`ylashiga yo`l 
qo`ymasligigngiz kerak. 
Erkaklar bunday hatti harakatni yahshi emasligini tushunishadi, ammo yana nimalar 
qilish mumkinligini bilishni istashadi. Bir erkak shunday tan oldi: “ayollar nimani olishga 
yo`l qo`yib bersa erkaklar shuni oladi” Bu bilan yahshi, ba`mani erkaklar yo`q hayotda 


93 
demoqchi emasman. Haqiqiy erkaklar o`zlari hali loyiq bo`lmagan narsani olishni 
istashmaydi.Shuning uchun ham o`zini hurmat qiladigan, haqiqiy erkak o`zini hafa 
qildirib qo`ymaydigan ayollarga intiladi. 
Agar u sizga bepisand bo`lib qolgan bo`lsa, ortiqcha tushuntirishlarsiz vaziyatga mos 
munosabat bildiring. Shunda u esankirab qoladi. Endi siz avvalgidek o`zingizni 
tutmaysiz. Siz ortiq uni oyijonisi emassiz. Bunday hatti harakatingiz bilan uni yana 
qiziqtirib qo`yasiz natijada u sizni qaytadan mahbubasiga aylantirishni istaydi. Agar siz 
o`zingizni avvalgidek “sadoqatli, eski dugonadek” tutishda davom etsangiz, u ham `oz 
o`rnida onasidek ko`rib barcha erkaligini ko`rsatadi. 
Shahsiy munosabat borasida e`tiborning yetishmasligi ayollar duch keladigan yagona 
muammo emas. Ko`pincha Barcha uy yumushlarini ayollar faqat o`zlari qilishlari 
kerakligidan ezilishadi. Bu yerda ham javrab o`tirmasdan erkakka amaliy ta`sir 
o`tkazish mumkin.Ko`pchilik erkaklarni uy yig`ishtirilgan yoki yo`qligi bilan mutlaqo 
ishlari yo`q. Ko`pchilik erkaklar uyga kelsayu divanga tappa tashlasa hech narsa haqida 
o`ylamasam deydi. Oshhonada iflos idish to`lib yotishi bularga farqsiz. Poyafzalni 
gilamda izini qolishi ularni halovatini buzmaydi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling