Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
Maftunkorlik omili №54
Munosabatingizda turgunlik paydo bo`lganda u sizni huddi onasidek yahshi ko`radi. Demak u hademay sizga tabiy holdek qarashni boshlaydi. Do`konda navbatda turganingizda bolasi izmidan chiqmaydigan onalarga ahamiyat bering. Ular bolaga nimalarnidir uqtiravermaydi,urishvermaydi, bitta gap yoki ma`noli qarashni o`zi kifoya. Bola bunday onani hurmat qiladi, chunki kelasi daqiqada nima bo`lishini bilmaydi, natijada u o`zini risoladagidek tutadi. Erkak sizga qanday munosabatda bo`lishini tushuntirib qoyish uchun gap soz mutlaqo kerak emas. Oddiy sukut yoki o`zni chetga olishni o`zi yetarli. Ayrim holalarda mahbuba rolida yosh bolaga to`gri keladigan shartlar qo`yishingizga to`gri keladi. Nega? Chunki sizni sevgilingiz erkak. Va har bir erkak ichida uch yashar go`dak yashaydi. 94 Biz bu bobda ta`kidlayotgan sizni hatti haraktlaringizdagi o`zgarishlar hotirjam, jozibali va har jihatdan maftunkor bo`lishingiz imkonini beradi. Muhimi unga ona bo`lishni yig`ishtirib sekin asta haqiqiy mahbubaga aylanish. Erkakalar yorga bo`lgan muhabbati bilan onaga bo`lgan mehrini hecham bog`lay olishmaydi. Bu borada ehtiyot bo`ling. Unga mahbubaligingizni saqlab qolaman desangiz uni hecham bo`shashishiga, bamaylihotir bo`lishiga imkon bermang. Bunday munosabat uni sizga bo`lgan qiziqishini oshiradi va usizni ta`qib qilishda davom etadi. Sizni unga ona bo`lganingizdan ko`ra sevgilisi bo`lishingiz ko`proq yoqadi. Ha unga divanda yotish yoqadi chunki u qulay. Ammo unga sizni ona bo`lib olishingiz yoqmaydi aks holda u o`z sevgilisini yo`qotadida. Siz bunday hatti harakatni shaklantirishingiz va shunday muvozanatni topishingiz kerakki u sizni bir umr izingizdan qolmasin. Erkak tabiatan ovchi. U yahshi qizdan mustahkam, ishonchli onalarcha mehrni olganda uning seksual mayllari pasayadi. U hecham onasini ta`qib etmaydi. Yahshi qiz unga mehr va sadoqat ko`rsatish bilan, munosabatni zerikarli va odatiy turmushga aylantiradi. Ayollar ko`pincha erkaklarga bo`ysinish va sadoqatli ekanliklarini isbot qilish bilan ularni ko`ngliga yo`l topmoqchi bo`lishadi. Ammo yomon qiz usiz ham bemalol kunini ko`ra olishini bildirish bilan erkaklar ko`nglini osongina zabt etadi.Bu yomon qizning eng asosiy jihati. Ogoh bo`ling, erkak sizni huddi tabiy holdek qabul qilishiga, hurmat va pisand qilmasligiga yo`l qo`ymang. Keling hamasini boshidan boshlaymiz. Retsept:Erkakka do`stdek munosabatda bo`ling. Yoringiz bilan endi tanishgan paytlaringizga qaytamiz. U vaqtlar siz bunday arra emas edingiz. Unda siz do`stona munosabtda edingiz. Ikkovingiz ham hotirjam quvnoq va birga o`tkazgan vaqtlaringiz juda maroqli edi.Erkak siz uchun hali olamingiz markaziga aylanib ulgurmagandi. Shunda hammasi yengil edi. SIz uni arralay boshlashingiz bilan unga :Men seni har bosgan qadamingni bilib yuribman” Shu sababli faqatgina shu sababli sizni arralashingiz unga berilgan mukofot. Chunki sizni onalarcha koyishingiz bu unga g`amho`rlik qilishingiz va o`zingizni fido qililayotganingizdan darak beradi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling