Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

 


24 
2-ssenariy 
Erkak: “Falon vaqtda telefon qilaman, keyin olib ketish uchun kelaman”, - dedi. To`rt 
soatga kechikib qo`ng`iroq qildi. 
Yaxshi qiz: “Qo`ng`iroq qilib qo`yish 
kerak edi”, - deb xavotirlanganini aytib 
baqiradi. 
Yomon qizni tashvishlantirish uncha 
oson emas, shuning uchun ham uning 
hissiyotlarini bilish undan-da qiyin. U 
telefonga javob berishi ham mumkin
bermasligi 
ham. 
Va 
bu 
uning 
sog`inishlariga sabab bo`ladi. 
3-ssenariy 
U charchagan, horg`in va kamgap ko`rinayapti. 
Yaxshi qiz darrovgina oldiga borib:
“Nimalarni o`ylaypsan?” - deb so`raydi. 
Chunki 
uni 
tashlab 
ketadi 
deb 
xavotirlanadi 
Yomon qiz o`z yumushlari bilan band 
bo`ladi. U vahimaga tushmaydi, shunda 
erkak o`zi kelib ishlari haqida gapirib 
beradi. 
 
4-ssenariy 
U uchrashuvga kechikib, ayolni kutishga majbur qilayapti. 
“Yaxshi” qiz kutadi va qo`l telefoniga 4 
martalab qo`ng`iroq qilib, uni qadrlashi 
kerakligini aytadi. 
“Yomon” qiz yarim soat kutadi, keyin esa 
o`z ishlari bilan mashg`ul bo`ladi. 
Bu vaziyatlarda farq ayolning erkakka bo`lgan munosabatida emas, balki ayolning 
o`ziga bo`lgan munosabatidadir. 
“Yomon qiz” xatti-harakati bilan erkakka o`z hayotini uning xohishi va ehtiyojlariga 
asosan qurish niyati yo`qligini ta`kidlaydi.
 


25 
O`ta yaxshimisiz? 
Tezkor test 
1.“Yo`q” deganingizda aybdordek his qilasizmi? Rad qilganingizdan keyin aybdorlik 
hissi qiynaydimi? 
Ha. Yo`q. 
2. Juftingizga sizga hurmat bilan munosabatda bo`lishi kerakligini tez-tez aytib 
turasizmi? 
Ha. Yo`q. 
3. Ko`pincha o`z xohish va ehtiyojlaringizni bildirishda savdolashishga yoki 
muzokoralar olib borishga majbur bo`lasizmi? 
Ha. Yo`q. 
4.Uning 
xohishlarini 
qondirish 
uchun 
ko`pincha 
uyqudan 
va 
boshqa
ehtiyojlaringizdan voz kechasizmi?
Ha. Yo`q. 
5. Erkak bilan u istaganda va u uchun qulay bo`lgan vaqtda uchrashasizmi? 
Ha. Yo`q. 
6. U bir marta hech eshitmagani uchun iltimosingizni takrorlashingizga to`g`ri 
keladimi? 
Ha. Yo`q. 
7. Janjal yoki tortishuvdan keyin siz birinchi bo`lib yarashishga urinasizmi? 
Ha. Yo`q. 
8. Munosabatda unga nisbatan siz o`zingizni ko`proq fido qiloyatganga 
o`xshamayapsizmi? 
Ha. Yo`q. 
9. U bilan uchrashuvdan keyin ko`pincha siz o`zingizni charchagan yoki ezilgandek his 
qilmaysizmi? 


26 
Ha. Yo`q. 
10. Ko`proq e`tibor va g`amxo`rlik istaysizmi? 
Ha. Yo`q. 
Agar siz 5 yoki undan ortiq savolga “ha” deb javob bergan bo`lsangiz, olishdan ko`ra 
ko`proq berayapsiz. Keling, xorlik nima uchun hech qanaqasi foyda keltirmasligini tahlil 
qilamiz.
Ayol ish va o`yin orasida muvozanat bo`lishi kerakligini yaxshi tushunadi. Ular o`z 
vaqtlarini do`stlari va oila orasida taqsimlay olishadi. Ish bilan o`qishni birga olib 
borisha oladi. Ammo erkaklar bobida yaxshi qiz muvozanat haqidagi har qanday 
tasavvurini yo`qotib, shu zahotiyoq bor vaqtini erkakka bag`ishlab yuboradi. Yomon qiz 
esa unga qancha vaqt ajratsa, shunga rozi bo`lishga majbur qiladi. Qolgan barcha 
qismlar unda allaqachon taqsimlab rejalangan. 
Hamma narsa ozginadan boshlanadi. Qo`ng`iroq qilib yigit so`raydi: “Hozir nima bilan 
bandsan?” “Dugonam bilan kinoga bormoqchi edim”, - javob beradi u. Ahamiyat 
bering-a, u o`tgan zamonda gapirayapti. Shunda u so`raydi: “Uchrashishmaymizmi?” 
Qiz esa 2 soniya ham o`ylab o`tirmay: “Kelishdik!” – deya javob qaytaradi.
Erkak sizni iloji boricha qo`lga olmoqchi bo`ladi, chunki siz bilan o`ziga qulay
munosabat yaratmoqchi. Va bu mutlaqo tabiiy. Quyidagi iboralarni ishlatgan holda u 
buni amalga oshiradi. “Menga hamma narsani oldindan rejalash yoqmaydi”, “Men 
spontanlikni sevaman”, “Menga kutilmagan syurprizlar yoqadi”. 
Yomon qiz bilan yaxshi qizni jiddiy farqlaydigan yana bir jihat ayolning munosabtlarga 
qanchalik o`zini qurbon qilib yuborishga tayyorligi. Erkak bilan munosabatlar 
boshlanganida u sizga qiziqayotganini namoyon qilishni boshlaydi. Bu davrda 
spontanlik elementlari bo`ladi, albatta. Munosabatlarning ilk bosqichida unga 
ilinganizni hech qanaqasiga bildirishingiz mumkin emas. Agar bunga yo`l qo`ysangiz, 
munosabat uning shartlari asosida rivojlanadi. 
Yaxshi qizlar ko`pincha erkak bilan so`nggi daqiqiada belgilangan uchrashuvni deb 
o`z rejalarini o`zgartirib yuborishadi. Yomon qiz esa, albatta, o`zi rejasidagi ishni qiladi. 
Jufti boshiga ko`tarishga tayyor bir shunday ayolni bilaman. Agar sevgilisi qo`ng`iroq 
qilgan vaqtda u tirnoqlarini bo`yayotgan bo`lsa, u: “Azizim, men band edim, hozir 
gaplasha olmayman”, - deydi 


27 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling