Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Maftunkorlik omili №18 
Shunday qilingki, erkak o`z xatti-harakatlari va tanlovida erkin ekanini tushunsin. 
Shunda u xotirjam tortib o`zini himoya qilishni tox`tadi

Erkak qanchalik xotirjamlashsa, uning shunchlik sergakligi kamayadi. Shunda siz uni 
ortga yo`l yo`q bo`lgan nuqtaga olib borishingiz mumkin bo`ladi. Agar erkak telbalarcha 
sevib qolsa, undan qayerda va kim bilan ekanini so`rab o`tirishga hojat qolmaydi. U 
sizga hamma bilishni istagan narsalaringizni aytib beradi. Bu siz buni bilishni 
istaganingiz yoki so`raganingiz uchun emas. Do`stlari bilan uchrashib qolsa ham, bari 
bir sizning yoningizda bo`lishga oshiqadi. 
Eddi Merfi afrikalik shahzoda rolini ijro etgan “Amerikaga kelish” filmidagi bir sahnani 
eslaysizmi? U bolaligidan uylanishi kelishib qo`yilgan go`zal malika bilan mehrob 
oldiga borishdan avval uchrashadi va so`raydi: “Senga nima yoqadi?” Malika unga: 
“Senga nima yoqsa, shu”, - deya javob qaytaradi. Shunda shahzoda undan qanday 
taomni xush ko`rishini so`raydi. Malika: “Sen nimani xush korsang, shuni”. U o`zining 
itoatkor va tobeligini tabora ko`proq namoyish etadi. Shunda shahzoda undan itga 
o`xshab akillab, bir oyoqda sakrashini so`raydi. Malika barcha buyrug`ini so`zsiz ado 
etganini korgan shahzoda bunday ayolga uylana olamasligini tushunadi.
Erkak o`z shaxsiyz fikri va irodasiga ega bo`lgan shaxs sifatida shakllangan ayolni 
xohlaydi. Ayolning o`z fikri bo`lishi kerak. Shunday qilishingiz kerakki, u sizning 
o`zingizga ishongan ayol ekaningizga amin bo`lsin. Shunda u sizni mustaqil ekaningizga 
va usiz ham kuningiz o`tishiga ishonadi. Agar u sizga kichkinagina sinov uyushtirsa, 


39 
sizning ham unga javoban shunday qilishga haqqingiz bor. Erkaklar o`zini 
yo`qotmasdan, zarbaga zarba bilan javob beradigan ayollarni hurmat qilishadi. 
Siz har doim ham uning fikriga qo`shilaverishingiz shart emas. Erkak o`zi qidirgan 
ayolni topganiga ishonch hosil qilgandagina uni sevib qoladi. 
Agar biror narsa haqida sizning qat`iy fikringiz bo`lsa, uni ayting. Agar erkak: “Qanday 
filmni ko`rishni istarding?” - deb so`rasa, tanlash imkoniyatidan voz kechmang. “Siz 
bilan ikkita jangari film ko`rdik, keling, endi muhabbat mavzuidagi filmlarga o`tamiz”, - 
deb dadil ayting. Erkaklarga o`z shaxsiy fikrini aytishdan qo`rqmaydigan ayolar yoqadi. 
Bir oilali erkak ideal ayolni shunday tasvirladi: “Restoranga borish uchun otlanib 
bo`lib, eriga bolalari bilan qolmoqchi ekanini aytishi mumkin. U so`ramaydi. U 
shunchaki aytadi“. 
Izoh: Bu masalahatlarni eshitib, hoynahoy tasavvur qilayotgandirsiz bundan keyin 
yoringiznig holatini qanday bo`lishini. Agar oqibatidan qo`rqsangiz, bunday keskin 
harakatlar qilishga shoshmang, balki fikringizni, tanlovingizni, xohishingizni aytishni 
sekin-asta boshlang. Har bir jabhada rostdan ham o`z fikringizga egamisiz yoki o`ziga 
ishonmagan ayolmisiz. Unutmang, sizga o`zinikini o`tkazishni hech kim 
majburlamaydi, bu shunchaki tavsiyalar. Nimani tanlash sizning ixtiyoringizda. Men 
har qanday holatda ham sizning tanlovingizni hurmat qilaman. Biz sharq xalqimiz. 
Ideal ayol muloyim, erini bek deb hisoblaydi. Ammo bu degani fikri yo`q, xohishi yo`q, 
tanlovi yo`q degani emas. Xohishni janjal yoki topolon bilan emas, ishonch bilan 
aytishni o`rganing. Va buni prinsipni deb emas, rostdan ham fikringiz bo`lgani va unga 
aniq ishonganingiz uchun ayting. Kuchli erkak esa ayolni xo`rlayvermaydi, balki uning 
qarorlarini hurmat qilishni o`rganadi. Davom etamiz. 
Boshqa bir erkak yanayam aniqroq tushuntirdi: “Uyda ayol hokim ekanligini anglash 
ko`pchilik erkaklarga yoqadi deb o`ylamayman. Shunchaki ularni hech bir buni 
tushunib yetmaydi”. 
Erkak bilan munosabatni aynan shu bilan boshlashni maslahat beraman. Hamma 
narsani so`zsiz ma`qullayveradigandek tasavvur qoldirmang. “Harri Sallini uchraib 
qolganda” filmidagi sahnani eslaysizmi? Bosh qahramon o`ziga sendvich tanlashga bir 
soat ketkazadi. O`z shaxsiy fikringizga ega bo`ling. Ta`bingizni aytishdan tortinmang. 
Chiroyli muomala qiling, ammo o`zingizni namoyon qilishdan qo`rqmang. 


40 
Aytaylik, siz videotekaga keldingiz va tamosha qilish uchun film tanlayapsiz. Ko`rib 
bo`lgan filmingizni olishga ko`nmang: ”Siz ko`rmagan bo`lsangiz, men uni qayta 
tamosha qilishimga to`g`ri keladi”. Qat`iy bo`ling: “Bu yerda yaxshi filmlar ko`p.
Keling, ikkovimiz ham ko`rmagan kinoni tanlaymiz”. 
Agar erkak sizni hind restoraniga taklif qilayotgan bo`lsa-yu, siz sharqona taomlarga 
toqat qila olmasangiz: “Muyulishda italyan restorani ochildi deb eshitdim”, - deng. 
Erkakka tashabbusni o`z qo`lingizga olish va taklif kiritishdan qo`rqmasligingizni 
ko`rsating. Uning jentelmen bo`lishni xohlashiga ishonch hosil qiling. Agar shunday 
bo`lsa, u sizni xursand qilishni istaydi. 
Yomon qiz hamisha tenghuquqli holatlar yaratishni talab etadi, yaxshi qiz esa nuqul 
yon beradi. Agar erkak ayolning xohishlariga ahamiyat bermasdan, qaysi filmni 
ko`rishda va qay bir joyga borishda turib olsa, yomon qiz bunday erkak bilan 
munosabatni cho`zib yurmaydi. Gap italyan yoki hitoy oshhonasi u yoki bu filmni 
zo`rligi haqida ketmayapti. Gap erkakning o`z xudbinligini namoyon qilishida ketyapti. 
Va yomon qiz xarakterning bunday jihatiga toqat qilib o`tirishga majbur emas.
Izoh: Erkak bilan haq-huquq talashishni o`ziga munosib ko`rmaydigan sharqona va 
islomiy tarbiya ko`rgan ma`suma o`zbek ayoli, sizga bir narsani ta`kidlashni burchim 
deb bildim. Islom ayolni yerga urmagan, balki uni ko`klarga ko`targan yagona din 
hisoblanadi. Va bu shunchaki quruq gap emas. Kitobdan chalg`imaymiz! 
Bu ancha ahmoqona misol, ammo u yorqin namuna bo`lgani uchungina uni 
keltiraman. Dugonam Anna bir erkak bilan kechki ovqatga bordi, erkak ikkita omar 
buyurdi. Ofitsiant ikkita tirik omarni stolga olib keldi va ulardan bu tog`ri kelish yoki 
kelmasligini so`radi. Dugonam vegeteryan emas, ammo o`z vatani shvedsiyada, tabiat 
bag`rida o`sgan va omarlarning bunday noliish bilan shoxchalarini qimirlatganini 
ko`rmagan. U: “Bu bechoralarni tiriklayin pishirishlariga bu yerda jimgina qarab tura 
olmayman”, - dedi. Anna buyurtmani bekor qilishini talab qilib turib oldi. 
Boshimni qo`yib qasam ichamnki, bu erkak menga ortiq qo`ngi`roq qilmaydi deb 
o`yladi Anna, ammo u qo`ng`iroq qildi. U har kuni qo`ng`iroq qila boshladi. U omarni 
yeishdan ko`ra ayolni xursand ko`rishni ko`proq istardi. U haqiqiy jentelmen. O`z 
juftingizda shunday tajriba o`tkazing demayman. Ammo o`zni shunday tutish kelinchak 
Eddi Merfi kabi itoatkor bo`lib va “Sen xohlaganigcha, azizim” deb pichirlashdan 
yaxshiroq. 


41 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling