Erkaklar Nega "yomon"
Ko`ngilxushlik uchun ayol
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
Ko`ngilxushlik uchun ayol
Munosib ayol U birinchi uchrashuv va birinchi telefon qo`ng`irog`idayoq intim mavzularda gaplashadi. U juda ehtiyotkorlik va odob chegarasidan chiqmagan holda o`ta nozik noz-karashmalar bilan o`zining ofatijon ekanini namoyon eta oladi. U juda kalta yubka kiyadi, belini, oyoqlarini va ketini ko`z-ko`z qiladi. Uning seksualligiga katta urg`u berilgan. Erkakning doimo diqqatini qaratadigan xatti-harakatlar qiladi. U qaddi-qomatini chiroyli ko`rsatadigan kiyimlar kiyadi. Qomatni biror qismiga urg`u berish uchun uni ochib yurmaydi. U bachkana ham, kulgili ham emas. U erkakka nuqul hushomad qiladi yoki bo`yniga osilib oladi. U erkakni vaqti-vaqti bilan e`tirof etadi. Ikkinchi uchrashuvdayoq qiz uni uyiga taklif etadi. Yigit o`zini qo`lga olishga va`da bergan bo`lsa-da, ehtiroslar o`z ishini qiladi. Erkak bittada butun konditor do`konidagi barcha shirinlikka ega bo`ldi. Yigit eshik oldigacha kuzatib kelganiga va qizni u bilan xayrlashgisi kelmayotganinga qaramay, qiz o`z hislarini jilovlay oladi. Ostonada yigitga hayrli tun tilab, muloyim xayrlashadi. Uchqun so`ndi. Uchqun so`nmadi, balki alanga oldi. Ho`sh, qancha vaqtgacha uni oziga yaqinlashtirmaslik kerak? Qacha imkoni bolsa shuncha. 46 Izoh: Yana sharx berishni lozim deb topdim. Bizda yaqinlik deganda to`shak nazarda tutilmayapti. Bizda nikohsiz aloqalar norma emas, ya`ni ko`pchilik bunday yashamaydi. Shunday ekan, bizning erkaklar ham to`shakni xohlagani bilan ayoldan normaga mos xatti-harakat kutishadi. Munosabаtlarda erkinligingiz sizni shunday zamonoviy qiz degan tasavvur bermay, balki erkak nazdida yengiltak, kim duch kelsa bo`lib ketaveradigan buzuq ayol degan taassurot qoldirishingiz mumkin. Yaxshi ayollarga, nima desa ho`p deydigan sodda qizlarga kelsak, turmush qurgandan keyin halol juftingiz nima desa ho`p desangiz, foydadan holi bo`lmas. Ammo ming sinashta bo`lsa- da, hali er degan nomga sazovor bo`lmagan yigitga erlik huquqini berib qo`ymang. Yo`q deyishni esa iltimos, o`rganing. Erkak kishiga bu borada ishonib bo`lmasligini erkaklarning o`zlari ta`kidlashadi. Hali bokira qiz bo`lasizmi yoki to`rt marta erdan ajrashgan ayolmi, baxt topaman desangiz, iltimos, munosabatlar hali rasmiylashtirilib halol degan maqom berilib, ommaga ma`lum qilinmagunicha to`shakka shoshmang. Har qanday holatda shirin so`zlarga aldanmay hushyor turing, shunda vaziyatni siz nazorat qilasiz, munosabatning taqdiri ham sizning qo`lingizda bo`ladi. Kamida bir oy munosabаtlarni qat`iy chegarada ushlang. Bu taktika sizga erkakni yaxshilab o`rganib olishingiz uchun kerakli vaqtni beradi. Romantik tundan so`ng uni uylangani haqida xabar topishni istamaysiz-ku. Yoki eski mashinasi bor sobiq jazmani borligi va u tez-tez ko`chada qolib ketgani uchun uyiga olib borib qo`yish kerak bo`lishini. Shirinlikni bitta-bittadan berish deganda men uy qizidek yovvoyi bolishni nazarda tutmayapman. Gap sizning o`zingizni qanchalik qadrlashingiz va qo`ya bilishingiz haqida ketayapti. Bu taktika orqali erkak sizning ko`nglingizga yo`l topish uchun ancha ter to`kishi kerakligini anglaydi, shundagina u sizga siz xohlagandek munosabatda bo`ladi. Intimdan o`zingizni tiyib erkakni masofada ushlaganingizda, qo`lingizdagi qartalarni foydali va juda qiziqarli qilib ishlatish imkoniga ega bo`lasiz. Siz o`zingizga yaqinlashtirmagan erkakning qo`liga ko`chada nogohon tegib ketsangiz, hayajondan etlari jimirlab ketadi. Yoki u sizning ovozingizni eshitish uchun xudoning bergan kuni qo`ng`iroq qiladi. U sizni o`z hayotida uchratgan eng ajoyib ayol deb hisoblaydi. Ana shunda aynan o`sha sehrli uchqun paydo bo`ladi. Erkak zoti esa faqat shuni deb yashaydi-da. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling