Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
Maftunkorlik omili №25
Maftunkorlik o`z o`ziga ishonchga yoki emotsional tobelikka asoslanganini erkak ich-ichidan his etadi. Qachon ayol to`shakdan erkakni bog`lab olish uchun foydalanayotganini erkak yaxshi biladi. Yaxshi qizdan farqli o`laroq “yomon qiz” o`zining toshakdan-da ustun tomonlari borligiga ishonadi. U o`zi istagan munosabatga erishgandan keyingina yaqinlikka rozi bo`ladi. U judaym ofatijon, shuning uchun ham erkak xohlashi bilan uning xohishini qondirishga o`zini mas`ul deb hisoblamaydi. Erkak hech qachon bunday ayolni zabt etdim deb xotirjam bololmaydi. Sirlilik yo`qolmaydi, ov davom etadi. Ayol erkakni juda yoqtirgani va uni zo`r berib ushlab qolmoqchi bo`lgani uchun erkakka o`zini tezgina topshirib qo`ysa, uning xatti-harakati keskin o`zgaradi. Endi romantik sayrlar, sham yog`dusidagi kechlik va guldastlar o`tmishda qoladi. Qizni kinoga yoki restoranga taklif etish o`rniga uyiga taklif qilib qo`ya qoladi, chunki u yerda nima bo`lishini yaxshi biladi. Agar qiz o`z qoida va shartlarida qat`iy turib olsa, romantika va guldastalr oqimi to`ydan keyin ham to`xtamaydi. Chunki erkak maqsadiga erishishidan avval ayolning hurmatini joyiga qo`yishga odatlanib ulguradi. Maftunkorlik omili №26 Yomon odatlar yaxshisiga nisbatan tez shakllanadi, chunki yaxshilarini paydo qilish uchun ongli sa`y-harakat zarur. Kutish esa bunday sa`y-harakatga undaydi. Risoladagidek erkak ikki narsaga amin bo`lmagunicha atrofingizda aylanib yuraveradi. Birinchidan, u sizga yoqishiga ishonch hosil qilishni istaydi. Ikkinchidan, haliyam 51 o`yindami yoki yo`qligini bilishni xohlaydi. Tunnel oxirida yorug`likni ko`rib turar ekan, u intilaveradi. Erkakka ikki yoqli fikrlarni jo`natmang, yo`qsa u o`zini aldangan deb his etishi mumkin. Keyingi bob sizga muommoli vaziyatlarda muvozanatni saqlashni va erkakni suvga olib borib sug`orilmay kelgandek his etmasligiga yordam beradi. Konfetni berish rejasi: Munosabatlarning yotoqdan tashqarida rivojlanishiga urinar ekansiz, erkaklarning maqsadi siznikidan farqli ekanini yodda tuting. Siz ikkita oyog`ingizni yerda mahkam turihini istasangiz, erkaklar esa sizni muvozanat yo`qotishingizni istashadi. Erkakni nuqul laqillatib yurish yaramaydi. Unga ikki ma`noli signallar yuborish juda oson, chunki erkaklarni bu masala qattiq qiziqtiradi. Erkaklar o`ziga yashil chiroqni bildirishi mumkin bo`lgan har bir signalni ilg`ashadi. Sizning signallaringiz aniq va ikki ma`noli bo`lmasligi bu yerda juda muhim. Qizil rang “yo`q” deganni bildiradi. Yashil –“olg`a”. Sariq esa siz erkakni ahmoq qilib uni asab torlarida o`ynayotganingizdan darak beradi. U yer-bu yerni ochish bilan siz erkakka yashil chiroq ko`rsataypsiz, keyin esa o`zingizning qanday yaxshi qiz ekaningizni tushuntirish o`rinsiz. Bu esa bolakayga konfet berib, u endi ochayotganda qayta tortib olishga o`xshaydi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling