Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

 
Maftunkorlik omili №27 
Agar oxirgi daqiqada tormozni bossangiz, erkak sizni yolg`onchi deb hisoblaydi. 
Ana endi biz “qaynoq” va “xavotirlangan” terminlarini ishlatishni boshlaymiz. U 
“qaynoq” bo`lmay qolishi bilan, uning ehtirosi o`z o`rnini “xavotirga” bo`shatib beradi. 
Endi erkak asabiylasha boshlaydi. U boshqa sizning o`yinlaringizda ishtirok etishni 
istamaydi, chunki undan faqat siz zavq olaypsiz. U endi sizni halol o`ynayapti deb 
o`ylamaydi va oqibatda seksual xohishlar o`rnini xafalik va araz egallaydi. Agar u 
sizning uni laqillatganingizni sezib qolsa, u mutlaqo sizdan yuz o`giradi. 
Bu haqida mulohaza yuritib ko`ring. Itga bir soat suyakni ko`rsatib turib, o`rniga 
selder bargini berish mumkin emas. Agar erkak sizni hurmat qilishini istasangiz, u bilan 
halol o`yin olib borishingiz kerak. Erkak bilan yaqin munosabatlarga kirishmasdan 


52 
munosabatni saqlab turish va yana u sizni yolg`onchi deb atamasligi uchun quyidagi 
maslahatlarga amal qiling. 
• Munosabatlarning ilk davrida uni yoki o`zingizning uyingizda u bilan yolg`iz 
qolmaslikka harakat qiling, ayniqsa, kech bo`lganda. 
• Jamoat joylarida uchrashing. U o`zi kelib sizni olib ketishi mumkin. 
• Uchrashuvlarni kunduzgi soatlarga belgilang. Agar sizga velosipedda sayr qilish 
yoqsa, bunday vaqt o`tkazish ham qizil chiroq yoqishning yaxshi usuli. Ammo 
ikkovingiz kamin yonida bir shisha sharob bilan shamlar yog`dusida birga o`tirgan 
bo`lsangiz, unda erkak uchun bu yashil chiroq. 
• Bo`salarning juda ehtirosli bo`lishiga va uzoq cho`zilishiga yo`l qo`ymang. 
Uchrashuvdan kech qaytayapsiz, qahva ichish uchun uyga taklif qilib yurmang, 
hatto buni o`zi so`rasa ham. Uy yaqinida u bilan xayrlashing. 
• Sertabassum bo`ling, uning hazillariga mazza qilib kuling, yaxshi hamsuhbat do`st 
bo`ling. U sizga mahbuba deb qarashidan ko`ra do`st bo`lishini istang. Agar u sizga 
yuragini ochib o`zi haqida gapira boshlasa, bu yaxshi belgi. Erkak ayolni 
yoqtirgandagina unga o`z ko`nglini ochadi. 
• Noz-karashma me`yordan oshib ketmasin. Bemaza mavzudagi latifalardan ehtiyot 
bo`ling, chunki ular kamdan-kam holatda shunchaki hazil bo`ladi. Erkak kishi hazilni 
ko`pincha sinash uchun ishlatadi. Ammo juda jiddiy ham bo`lib ketmang, yaxshi hazilga 
kulish gunoh emas. Ammo intim mavzularda uzoq to`xtalib qolmang, chunki u buni 
yashil chiroq deb o`ylashi mumkin. 
• Erkakni e`tirof etib turing. Sizga yoqishini bildirib qo`ying. Masalan, uning odekoloni 
iforidan hidlang. Yoki bugun ko`rinishi zo`rligni ayting. Bu bilan unga yaqin bo`lib 
ketmayotganingiz aslo uni yoqtirmaganingizdan emasligini bildirib qo`yasiz. 
• Unga mehringizni izhor qiling. Uning qo`lidan tuting , yelkasiga bosh qo`ying, 
shunda u oz`ining erkakligini his etadi. 
• O`z kuchingizga katta baho bermang. Uning hech narsa bo`lmaydi degan gaplariga 
ishonmang. Hatto uni anchadan beri bilsangiz ham, juda yaxshi inson bo`lsa ham, 
bunday holatlarda har qanday erkak o`zini nazorat qila olmay qolishi mumkin. 


53 
• Mehringizni odamlar orasida ko`rsating. Bu yer xavfsiz, hech qanday ortiqcha ish 
bo`lish ham mumkin emas. 
Erkak ehtiyotkorlik bilan to`shakka ishora qilayotganiga qaramay, u ich-ichidan siz uni 
kutishga majbur qilishingizni istaydi. 
Mening bir mijozim ayollar borasida omadi chopgan yigit aytgan gaplari yodimga 
tushdi: “Judayam chiroyli bir qizga oshiq bo`lib qolaman, chindanam haqiqiy muhabbat 
ana shu deb o`ylay boshlayman. Ammo u men istagan narsalarimga ruxsat berib 
yuborgandan keyin hafsalam pir bo`ladi, sen ham hammaga o`xshagan ekansan deb”. 
Davom etamiz. 
U sizning “boshqacha“ ekaningizga ishonch hosil qilishni istaydi. Siz uni ajoyib, 
yoqimtoy va eng zo`r deb hisoblashingizni xohlaydi. Siz uning hazillariga kulishingizni, 
uni aqlli deb sanashingizni istaydi. U ma`budani xohlaydi. U ajoyib ayolni xohlaydi. 
Ho`sh, qanday qilib siz unga bunday tasavvurni berishingiz mumkin? Oddiygina sizni 
ta`qib qilishiga, izingizdan qolmasligiga imkon bering va osonlikcha o`zingizni topshirib 
qo`ymang. Biroz mashaqqat cheksin, shunda siz u uchun ideal ayolga aylanasiz. 
Shirin nuqta. 
Ayol bilan erkak oshiq-ma`shuqqa aylangandan keyin ham “pol latta” va “orzudagi 
qiz”ning xatti-harakatlari bir-biridan tubdan farq qiladi. 
Yaxshi qizlarning katta xatosi ular boshqa ayollar bilan musabaqalshmoqchi 
bo`lishadi. 
U erkak bilan ishlaydigan har bir ayolni surishtirib chiqadi “U senga yoqadimi?” deb. 
Yaxshi qiz erkak yoqtiradi deb xayol qilgan fotomodellar, raqqosalar, kinoyulduzlar 
bilan ham musobaqalashishi mumkin. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling