Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

 
 


62 
Maftunkorlik omili №35 
Agar erkak ayolga pol lattadek munosabatda bo`lsa, birinchi uchrashuvdayoq 
unga o`zi uchun pul to`lashiga imkon beradi. Va u hech qachon uning orzusidagi qizga 
aylanolmaydi. 
Radoi muloqotlaarimdan birida shunday hodisa bo`ldi. Bir ayol studiyaga sim qoqib, 
erkak kishi u uchun to`lashiga ruxsat berishi kerak yoki yo`qligini so`radi. 
“Munosabatning ilk bosqichida, albatta”, - deb javob berdim. Shunda studiyada 
qarshimda o`tirgan erkak va ovoz muhandisi birvarakayiga “Bu adolatdan emas”, - deb 
qichqirib yuborishdi. Men ularga javoban “Bu adolatdan. Ado-lat-dan”, - deb javob 
berdim. Men bu erkaklarni juda yaxshi tushunardim. Erkak bilan bir xil ishlab u bir 
dollar, ayol bo`lgani uchun buni 36 sent olishi adolatdanmi? Ko`krakni baland ushlash 
uchun siynaband taqib siqilishimiz, baland poshnali tufli kiyishimiz adolatdanmi? 
Bolani qornimizda to`qqiz oy ko`tarib yurib, keyin tug`uriq azobini tortishimiz 
adolatdanmi? “San to`la”, “Man to`la” qilib maydalashib yurmay hech bo`lmasa bu 
borada sal erkakka o`xshashsa. yomon bo`lmasdi. 
Erkak kishi kechki ovqatga taklif qilganda uning tanlovini va sa`y-harakatini 
qadrlashingiz juda muhim. Uning didini, buyurtma qilgan ovqatini, sharobni va 
tanlagan restoranini maqtab qo`ying. Agar nimadir yoqmasa, yaxshisi bunga 
to`xtalmang. 
“Tentak tulki” erkakni qancha kam tanqid qilsa, shuncha yaxshi ekanini biladi. Mana 
u nega hecham arralamaydi. Buning o`rniga u taktika qiladi. 
Masalan, yoringiz kiyimini shundoq yechib polga irg`itib ketsa, uni koyimang. Ertalab 
turganida o`zi uni olib qo`yadi. Keyin esa kiyimlarini joyiga ilishni o`rganadi. 
Uni paypog`-u ich kiyimlari hamma yoqda yoyilib yotgan bo`lsa-chi? Ayb o`zingizda, 
kim aytdi sizga qopqoqli kir solgich oling deb ( uni ochish biram qiyinki). Usti ochiq 
idish oling va burchakka joylashtiring. Endi sizni tabriklasa ham bo`ladi. U uchun o`ziga 
xos basketbol korzinasi yaratdingiz. Mo`ljalga to`g`ri tushgan har bir iflos paypoq uchun 
ikki ball. 
Hojatxona qog`ozini tugaganda nuqul siz almashtirasizmi? Yoringiz bunga mutlaqo 
e`tibor qilmasligi g`ashingizni keltiradimi ? Ko`nglingizni cho`ktirmang. “Tentak 
tulki”ning uddalamagan ishi yo`q.


63 
Yakshanba kuni ertalab yoringiz sport gazetasini qo`ltiqlab hojatxonaga yo`l oladi.
Mutolaa bilan juda band bo`lgani uchun yigirma daqiqagacha hojatxona qog`ozi tugab 
qolganini bilmaydi. Eng so`nggi futbol matchlari natijalaridan xabar topib bo`lganidan 
keyin mutolaani tugatib, sizni chaqira boshlaydi: “Azizam, azizam! Meni 
eshitaypsanmi?” Javob bermang. 
Shu paytda blender yoki idish yuvish mashinasi yoqib yuboring va tonggi quyoshdan 
bahra olish uchun tashqariga chiqib keting. Quyosh charaqlamoqda, gullar ochilgan
qushchalarning sayrashini aytmaysizmi (qiziq, qo`shimcha qog`oz ruloni uning 
yonginasidagi shkafda turishini anglashi uchun qancha vaqt kerak bo`lar ekan). 
Agar er uy yumushlarida mutlaqo yordam bermasa, “tentak tulki”: “Uyingizda qo`lim 
kosov, sochim supurgi, xizmatimni butun umr to`lasangiz ham oqlay olmaysiz“, deb 
shikoyat qilib yurmaydi. Buning o`rniga uyga xizmatchi yollaydi. Qarang, naqadar 
oddiy. Agar yoringiz sizga haq to`lashni istamasa, unda boshqa birovga to`laydi. 
Shunday to`laydiki, sizning ko`zga ko`rinmas xizmatingiz bebaho ekanini tushunadi. 
“tentak tulki”ning ajoyib taktikalariga yana bir misol. Mening dugonam Sherron eri va 
bolalarining ortidan uy yig`averib joni halak bo`lardi. Hech bo`lmasa haftada bir marta 
unga kimdir yordam berishini istardi. Haftada 50$ to`lashni istamagani uchun eri bunga 
mutlaqo qarshi edi. Vaholangki, bunga imkoni bor edi. 
U yordamchini bir oyda bir martadan ortiq kelmasligini talab etardi. Dugonam 
“tentak tulki” roliga o`tdi va rozi bo`ldi. U chek qog`ozlarni qalbakilashtirishni boshladi, 
ya`ni har haftadagi harajatlari miqdorini 50$ ga oshirdi. Albatta, erning xohishiga 
qarshi o`laroq yordamchi haftada bir marta kelaverdi. Xonadon tinch, bahsga o`rin 
yo`q, Sherron esa orasta uyda biroz yengil nafas olish imkoniga ega bo`ldi. 
“tentak tulki”ning shiori to`qnashuvlarni mohirona aylanib o`tish. 
Muhimi: 
Nima desa to`gri deyish.
Hech narsani tushuntirib yurmaslik.
Keyin esa o`z bilganidan qolmaslik. Ana shunda hayot ancha yengillashadi. 
“tentak tulki”ning donoligiga yana bir misol, u erkak zoti bilan vannaxonani 
bo`lashmaydi. 


64 
Birinchidan, mehmonlar uchun sochiq yoki naqshinkor bezakli sochiq degan 
tushunchalar erkaklar uchun yot. Ular uchun sochiq bu sochiq, hammom sochiqdan 
plyajda ham, mashina yuvishda ham, iflos qo`llarni artishda ham foydalansa 
bo`laveradi. Yumshoq chiroyli kashtalar bilan bezatilgan pushti rang sochiqni yoringiz 
garajga olib kirib ketmas deb o`ylasangiz, qattiq yanglishasiz. Siz yuz artadigan 
sochig`ingizni pol latta o`rnida ishlatmaydi deb orzu qilayapsizmi? Unda erkaklarni 
yaxshi bilmas ekansiz. 
Bahslashmayman erkaklarniyam orasta, farosatlilari uchrab turadi. Ammo ularning 
asosiy qismiga mansub bo`lgani bilan bir vannaxonadan foydalanish do`zax azobining 
o`zginasi. Siz vannaxonani tozalab chinniday qilib chiqaningizdan 10 daqiqia o`tib, u 
kiradi, shunda suv zarrachali hamma yoqqa sachraydi. U yer zumda tozalnishdan 
avvalgi holga qaytadi-qoladi. Bu uy morji bilan bitta hammomdan foydalanish bir xil. 
Ruhshunoslar va zoologlar birlashib nega erkak zoti suv sachratishining sababini 
aniqlaganlaricha yo`q. Olimlar bu muammoni bartaraf qilgunlariga qadar 
vannaxonangiz alohida bo`lishi kerakligini aytib turib oling. 
“tentak tulki” uy-joyni adolatli taqsimlashni yaxshi biladi. Erkakka shkafni 20 foizini 
ajratadi, ammo evaziga butun garaj va yerto`lani unga topshiradi. Yana o`t o`radigan 
mashina, avtomobil, qo`ra va boshqa asbob-anjomlar erning nazorati ostida bo`ladi. 
Unutmang, erkak zoti o`z sarhadiga ega bo`lishni hush ko`radi, shuning uchun hovli 
ham unga bo`la qolsin. Ana endi siz bemalol yotoqxonani o`z -o`zngizniki deyishingiz 
mumkin. 
Yaponlarda ajoyib maqol bor: “Aqlli burgut hecham tirnoqlarini ko`rsatmaydi”. 
Amerika ayollari yapon ayollarining eriga bo`ysungani va nuqul bir qadam ortida 
yurgani uchun yoqtirishmaydi. Biroq yapon erkaklari hamma topgan-tutganini uyiga 
olib boradi va xotiniga topshiradi. Barcha harajatlarni ayol nazorat qiladi, nimaga 
qancha ishlatishni ham u hal qiladi. 
Yapon ayollarining nega orqada yurishining asl sababi ular og`ir hamyon bilan quruq 
cho`ntakli eriga yetib olishlari oson emas. 
Yoringiz o`zini “haq” deb his etishi uchun, go`yoki g`oya undan chiqqandek tassavur 
uyg`oting. Yodda tuting, har doim hamma narsani u o`ylab topgan. Bu fikr sizdan 
chiqqan bo`lsa ham, bu unikiligiga ishontiring. 


65 
Do`stlar yoki qarindoshlar davrasida u aytishi kerak bo`lmagan gapni gapirib yuborsa,
bundan fojia yasamang. Erkak o`zini oila boshlig`i ekanini ko`rsatishni istaydi. Do`stlar 
davrasida uning gapiga tuzatish kiritmang, uning erkaklik g`ururini yerga urmang. 
Bolasini avalayotgan onadek munosabatda bo`lmang. U odamlar orasida o`z hurmatini 
asrab qolishni istaydi, bunga imkon bering. Agar unga aytib tashlaydigan gapingiz 
ichingizga sig`mayotgan bo`lsa, unda holi qolguningizcha sabr qiling. Buni yuzma-yuz 
hal qiling, also odamlar orasida emas. Agar u be`mani gaplarni valdiryaotgan bo`lsa-yu, 
ammo uninng sizga zarari bo`lmasa, ahamiyat bermang. Sizning shundan bo`lak 
qiladigan ishingiz yo`qmi? “tentak tulki” buni yaxshi biladi. U arzimagan narsani deb 
bahslashib yurmaydi, ayniqsa, bu ga`labadan hech narsaga ega bo`lmasa. U o`z 
foydasini yaxshi biladi, bo`lar-bo`lmasga pachakilashib yurmaydi. U o`z hukmronligini 
saqlashni biladi, ammo hecham yoriga buni sezdirmaydi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling