Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
Maftunkorlik omili №38 Agar ayol barcha ish qolidan kelishini ko`rsatib qo`ysa, unda hamma ana shu ishlar o`ziga qoladi. Shuning uchun ham munosabatning ilk bosqichida bunga ehtiyot bo`lishingiz kerak. Davom ettirishni istamagan ishingizni boshlamang. Agar siz hudoni bergan kuni ovqat qilishni istamasangiz unda boshidayoq bunga o`rgatmang. Agar doimo to`rvahalta ko`tarib yolg`iz o`zingiz bozor qilib yurishni istamasangiz unda bunga boshidanoq qo`l urmang, keyin u to`rvahaltani erkakka ilishni ilojisi bo`lmay qoladi. Yoringizni sizni shartlaringizga ko`niksin. Ozbek oilasida har kuni uyda qozon qaynayshi kerak. Va uni albatta ayol kishi qiladi.yangi kelin har kuni ovqat qilishni istamayman deb ovqat qilmay o`tira olmaydi. Ammo yangi kelinlarni o`z pazandalik mahoratlarini ko`rsatib murakkab ziyofat 68 taomlari turli pishiriqlarni tez tez tayorlashlari kuzatiladigan holat. Biror oy o`tgandek keyin kelinga bunday urinish malol kela boshlaydi. Uydagilar esa bunday mulozamatga ko`nikib bo`lishgan. Ana shundan keyin yangi supurgi yahshi supuradi yoki bir qish bir yoz o`tsin kelinga keyin baho bneramiz degan gaplar chiqadi. Har ikki tomonni ham tushunsa bo`ladi. Ularni ko`nglini qo`ldirmaslik uchun bugun haqiqatda qandaykundalik yumushlarga qodir bo`lsangiz shunisini oling, o`zingizni zo`riqtirib ideal bo`lishga urinmang. Hamisha tarozini muvozanatda saqlashni o`rganing Endi tanishganda ayolda yahshi taasurot qoldirish uchun erkaklar yuvvosh b`olishadi. Aynan shu davrda unda yahshi odatlarni shakllantirish mumkin. Keyinroq esa oladiganini olib bo`lganidan keyin u o`zgarishni istamay qoladi. Agar u sizni tushlik yoki kechki ovqatga taklif etsa rozi bo`ling. Agar u biror narsa olib kelaymi desa uni ayab yurmang chindanam o`zingizga kerak narsani buyuring. Agar u biror ko`nglingizga yoqadigan narsa olish uchun do`konga chiqmoqchi bo`lsa biror mazali narsa olishga ruhsat bering. Gap siz uchun ketkazilgan ortiqcha uch dollar haqida bormayapti, balki u sizni ko`nglingizni ololganidan bahtiyor bo`lishi haqida bormoqda. U hamma narsa mening qo`limda deb o`ylay qolsin, aslida esa hamma narsani siz boshqarasiz faqat siz. Yahshi qiz uchun eng murakkabi shundaki u sovg`alarni qanday qabul qilishni o`rganishi kerak. Erkak sovg`a qilaversin chunki bu bilan sizga o`zini masul deb hisoblaydi. Ma`suliyat esa haqiqiy erkakka hos. “Tentak tulki” hecham hokimiyatni qo`ldan boy bermaydi, faqat erkak unga erishgandek tasavur uyg`otadi. Bu unga hukmronligini yanada kuchaytirish imkonini beradi,chunki bu bilan istagniga erishadida. Bunga bir misol. Meni tanishim o`zi uchrashishni boshlagan yigiti haqida hikoya qiladi. Ikkinchi uchrashuvdan keyin u qizga uni uyiga borishini taklif etdi. Tabiyki qiz buni istamasdi, ammo shu yerda oddiygina yoq demay ayyorlik ishlatdi. Uni iltimosini eshitmaganday mayinlik bilan so`radi: “ Boshqa bir tunni birga o`tkazishni istarmiding? Agar bugun noqulay bo`lsa, men hammasini tushunaman.” Dugonam bu vaziyatdan qoyilmaqom chiqdi. U sarosimaga ham tushib qolmadi, unga nima qilishi kerakligini ham aytmadi. U shunchaki ikkita yo`l ko`rsatdi ulardan biri tunni usuz o`tkazish edi. Kamiga unga tanlash imkonini ham berdi. 69 Vaziyatni nafisligi shundaki “tentak tulki” har doim erkakni ma`qullaydi, u ziyrak va hamisha hushmuomala. Shu sabali erkak vaziyatni men boshqarayapman deb o`ylaydi (aslida esa mutlaqo bunday emas) U judda sodda bo`lib ko`rinsada, vaziyatni juda yahshi anglab turadi. Buni biznes muzokaralardan hecham farqi yo`q 1.U sir boy bermaydi. 2.Agar shartlar unga to`gri kelmasa, o`yindan chiqadi. “Tentak tulki” ortiqcha gap so`zsiz , shunday yo`l tutadi.U o`z shartlariga asosan muzokara olib boradi. Agar taklif unga yoqsa u rozi bo`ladi. Agar taklif unga to`gri kelmasa: “ Ha juda zo`r bo`lardi, ammo meni boshqa rejlarim bor” deydi. Erkak o`zini haiqiy janoblardek tutishini u alqaydi, bordyu uning hatti harakatida biroz behurmatlik sezsa darhol yo`nalishni o`zgartiradi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling