Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

 
 
 
 


87 
Maftunkorlik omili №50 
O`z hohishlari qolib erkakning ehtiyojlarini qondirishni o`z asosiy maqsadi deb 
bilganida, yahshi qiz juda ko`p narsani qurbon qilib yuboradi 
Elliginchi maftunkorlik omili bu nozik masala. Kundalik hayotda siz uni 
payqamaysiz.Masalan bo`sh vaqti kam ishbilarmon ayol. Erkak undan so`rayapti 
“Chorshanbada uchrasha olamizmi?” Payshanba vaqtli ishga borishi kerakligi uchun 
ayol rad etadi. Endi u seshanba yoki payshanbani taklif etadi, va ayol rozi bo`ladi. U o`z 
ehtiyojlarini tamomila unutadi undan tashqari og`ir ish kunidan keyin asabiy
charchagan holda erkak kishi bilan uchrashish munosabtlarga salbiy ta`sir etishini 
o`ylab ham ko`rmaydi. 
Yomon qiz hecham mushkul yo`lni tanlamaydi.U hamisha eng kam qarshilikli yo`ldan 
boradi. Haftada dam olish degan kunlar ham bor. Va bu kuni belgilangan uchrashuv 
ikkovlarigayam birdek yoqimli bo`lardi. Yomon qiz o`zi haqida o`ylaydi, natija esa ikki 
tomon uchun ham foydali bo`ladi. 
Keti yigit bilan birinchi uchrashuvga chiqdi. Restoranda buyurtma berish borasida 
qizni ko`ngliga qarash uni hayoliga ham kelmadi. U nuqul “Sen buni tatib ko`rishing 
kerak ” deyaverdi. Keti chiroyli muomala qildi ammo natijada o`z ko`ngli tusaydigan 
taomni buyurtma qildi. Keyin yigit bir shisha sharob buyurtma qildi vaholangki qiz 
ichgan odam rulda bo`lgan mashinaga chiqmasligini aytib o`tgan edi, yana kamiga ish 
kunida. Buyurtirilgan sharob keldi, qadahdagi sharobni hurmat yuzasidan cho`qishtirdi 
ammo ichish niyati yo`qligi uchun ichib o`tirmadi. 
Bu misoldagi eng muhim jihat Ketti o`z hatti harakatlariga izoh berib o`tirmadi. U 
shunchki nima istasa shuni qildi. Yigitni ko`nglidagidek bo`lay deb o`zi hohlagan 
narsalarni qilish uchun erkakdan ruhsat so`rab o`tirish shart emas. 
Meni yana bir tanishim boshqa bir voqeani hikoya qilib berdi. Ikkinchi uchrashuvdan 
so`ng yigit undan ertalab soat oltida reysi borligi va aeroportga olib borib tashlashni 
so`radi.(ha ha erta soat oltida) 
Ikkinchi uchrashuvda unga nima qilishini ipidan ignasigacha tushuntirdi: “Soat to`rtda 
turasan, meni beshda uydan olasan,va biz oltida aeroportda bo`lamiz.Yettdia uyda 
bo`lasan dush qabul qilib soat sakkizga ishga yetib olasan. (Hayvon o`rgatuvchi 
badbaht itiga halqani tayorlab bo`pti endi faqat sakrash qoldi)


88 
Ishli ayolni tong saharlab uyqusini buzgandan ko`ra taksi chaqirish mumkinligi hayoliga 
kelmaganini qarang-a. Qiz muloyimlik bilan javob berdi :Azizim men u vaqtda band 
bo`laman. U hayron bo`lib :-NIma bilan?Uyqu bilanmi? deb so`radi. Qiz mamnun 
jilmayib: –Albatta!
Agar erkak sizni hech bir e`tirozsiz halqadan sakrashingizni kutgandek hatti harakt 
qilsa, uni bunday yanglish taasurotdan tezroq halos qiling. Uni gapiga ahamiyat
bermang. Agar u o`zini ma`naviyati yuksak inson deb aytsa, quruq gapga ishonmang. 
Uni hatti harakatilariga e`tibor bering. O`zini yuksak ma`naviyatli deb sanasayu 
mutlaqo kurakda turmaydigan ishlarni qilsa uni so`zigamas amaliga qarab hulosa 
chiqaring. 
Mutahasis izohi ( Hozirda juda ko`p uchrab turadigan bir holat. Namozhonman 
islomiyman desa negadir qizlar hudoga ishongandek ishonib yuborishadi. Yomon hulq 
va zararli odat egalari namozhonlar ichida ham topiladi. Shuning uchun balandparvoz 
gaplar etingizni jimirlatadigan ma`ruzalar aqlingizni olib qo`ymasin. Unutmang 
nomahram erkak va ayol holi uchrashganda ularning o`rtasida shayton turadi. U 
namozhoniyam ayab o`tirmaydi.) 
Ayolni olovli halqadan sakrashga tayyorligini bildiradigan yana bir belgi bu u qo`ng`iroq 
qilarmikin deb mahtal bo`lib kutishidir. Sizda shunday bo`lganmi dugonangiz bilan bir 
o`tiraylik deb bir joyga taklif qilmoqchi bo`lib qo`ng`iroq qilasizu ammo u yigitidan 
qo`ng`iroq kutayotgani uchun sizga bir aniq javob ayta olmaydi? Bu qiz mutlaqo o`zini 
hurmat qilmaydi. U yigiti bilan uchrashish imkonini qo`ldan boy bermay deb o`z 
rejalarini tuzmaydi. Siz unga so`ngg`I bor qo`ng`iroq qilayapsiz nihoyat u siz bilan vaqt 
o`tkasizhsga qaror qildi ammo allaqachon soat tungi o`n bo`lgandi. 
Agar erkak siz uchun qulay vaqtga uchrashuv belgilamasa demak u sizni shahs sifatida 
hurmat qilmaydi. Shunday erkak bilan munosabatni davom ettirish shartmikin. 
Ayolni Itoatkorona olovli halqadan sakrayshiga yana bir misol. Bu erkaklar go`zallik va 
yoshlik hamma narsadan ustun qoyishadi degan fikrni bekor qiladi. Karla endigina o`n 
to`qqiz yoshda, u shunchalik go`zalki hech qanday makiyajsiz ham modalar jurnali 
muqovasini bezashi mumkin. Karla uni yigit Bart o`n olti yoshli qizchalarga ko`z 
tashlaganini aytib yig`ladi. 
Ho`sh bu haqida Bartning o`zi nima derkin?: “Karla meni sevganidek men uni seva 
olmayman” dedi va Karla qanday qilib uni uyini saranjom sarishta qilganini aytib berdi: 


89 
“Uyim ivirsib, botib yotggandi , bilasizmi Karla nima dedi : “Bu yerni tartibga solib 
bo`libgina uyimga ketaman” Uydagi hamma narsalarni yuvib taradi. Agar : “Isqirtini 
o`zin tozala” deb eshikni taq etib yopib chiqib ketganda men uni ko`proq hurmat 
qilardim”
Yigitingiz uyiga kelgan qay kun bo`lishidan qaity nazar uyini yig`ishtirib ketmang. 
Kirlarni faqat o`z uyingizda yuving,o`z uyingiz rakovinasinigina tozalang. Agar uni o`zi 
buni iltimos qilsa asabiylashmang unga shunday hizmat ko`rsatadigan agentliklarni 
manzilini topib bering.
Izoh( O`zbek qiziga qaerda bo`lsa darrov darrov ish qilish tartib o`rnatish uqtirililgan. 
Mehmonga borsayam darrow qarashib ketaveramiz. Bu yahshi albatta, yana bir nasani 
unutmang o`zbek qizi yigitni uyiga borib yurmaydi, bekalik mahoratini ko`rsatishga 
nima bor. Lekin shunday vaziyat bo`lishi ham mumkinki un mashinasida ketayapsiz va u 
iflos darrow qo`lingizga latta olib artishga tushib ketmang bu ish bilan shug`ullanadigan 
shahobchalar bor. Bir narsani unutmang ayol kishi uy ishlarini qiladi ammo u farrosh 
bo`lmasa duch kelgan uyda bunday ishlar bilan shug`ulanmaydi. Oila qurganingizdan 
keyin u uy sizniki bo`lgandan so`nggina hohlagancha supir sidir qilaverasiz, hozircha 
bunaqa tashabbus ko`rsatishga shoshmang, va bu bilan yigitni ham shoshirib 
qo`ymang.) 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling