Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
Maftunkorlik omili №56
Erkakka do`stdek munosabatda bo`lib , uni o`z qoidalaringizga ko`ra o`ynashga majbur qilasiz. U hotirjamlikni istardi, ammo endi sizni ta`qib qilishiga to`g`ri keladi. Erkakni do`stdek qabul qilganingizda unga hotirjamroq qaraysiz. Bo`lar bo`lmasga arralayvermaysiz.Men uni og`aynilardek elkasiga qoqib, birga erkakcha suhbat qurib pivoho`rlik qilishni nazarda tutmayapman. Do`st ekanman deb avvalgi yurgan qizini birga poylashni taklif etmang yoki u bilan tamki chaynab yurmang. Oshirib yubormang. Takrorlayman do`st bo`lish bu sizga yoqmaydigan tasodiflarda ham o`zni hotirjam tutish. Agar siz asabiy bo`lsangiz va unga bog`lanib qolganingiz uchun jahlingiz chiqayotgan bo`lsa, unga bo`lgan munosabatngizni o`zgartiring vassalom. Tinchlaning va tushunib oling bu munosabat sizni hayotingizdagi eng asosiy narsa emas. Qachonki munosabatga shunday yengil qarasangiz uni ko`ziga shunchalik maftunkor va jozibali ko`rinasiz. Agar u siz bilan vaqt o``tkaza olmagani uchun bahonalar to`qisa siz ham nega u bilan vaqt o`tkaza olmasligingiz sabalarini topib qo`ying. Bu sizga o`yin bo`lib ko`rinayaptimi?Aslo unday emas. U juda bandmi, yana siz o`z hisisyotlaringizni unga tushuntirishga urinib ko`rdingiz hammi? Endi unga aslida shartni bu yerda kim qo`yishini ko`rsatib qo`yish vaqti keldi. Maftunkorlik omili №57 Biroz o`zingizni chetga olish va o`z hisslaringizni nazoratga ushlashingiz bilan unda sizni yoqotib qo`yish havotirini uyg`otasiz. Oddiy misol. Siz u bilan ko`proq vaqt o`tkazish uchun dam olish kunlari biror joyga borishni taklif etdingiz. U esa “Yo`q iloji yo`q. Men ishlashim kerak” deb javob beradi. Odatda siz shu paytda “yetarli vaqt ajratmayapsan” deb arralashni boshlaysiz. U ham 99 sizdan aynan shuni kutadi. Endi siz boshqacha yo`l tuting, shunda siz uni haqiqiy qiziqish va e`tiborini tortasiz. Agar siz osongina u bilan vaqt o`tkazish fikridan qaytsangiz u havotirga tushib qoladi. Ko`pchilik erkaklar ayollarning “qaniydi u bilan doimo birga bo`lsam” deb orzu qilishini istashadi. Sizdagi bu o`zgarishni ko`rib u havotirga tushadi. Agar siz hammasini tushuntirib o`tirmay, go`yiki unutib yuborgandek o`zingizni ko`rsatsangiz, u o`ylab qoladi: “Meni bu gaplarim uni asabini buzishi kerak edi, u nega bunchalik hotirjam” Sizni hotirjalmligingiz uni battar shubhaga soladi, haliyam “uniki” ekaningizga shubhalanib qoladi. Agar shunga loyiq bo`lsayyu ayol uni arralamasa, nima bo`lganini tushuna olmagani uchun erkak havotirga tushadi. Aytaylik u siz bilan haftada ikki martta uchrashadi, dam olish kunlari esa uni shahsiy ishlari bor. Ayrim hollarda dam olish kunlarini birga o`tkazish sizga nasib bo`ladi, qolgan vaqtlarda esa u do`stlari bilan birga vaqt o`tkazish uchun sizni tashlab ketadi. Uni shunday shartlariga ko`nishni va shunig uchun ham o`zingizni ahmoqdek his etishni hecham hohlamasdingiz. Endi unga qulay bo`lgan munosabat meyorlarini hech qanday tushuntirish, ogohlantirishlarsiz o`zgartirasiz. Siz ham u ishlatgan usuldan foydalaning. U hohlaganidan ko`ra ikki martta kamroq uchrashing. “ Sen bilan uchrashishni judaym hohlardim. Ammo seshanba kuni biram ishim ko`p keyin esa sportzalga borish kerak. Men judaym charchaganman kelasi hafta uchrasha qolamiz.” Shu ikki og`iz gap bilan bir umr arralagan va zorlanganingiz bilan erisha olmagan narsalaringizga erishasiz. Siz so`na boshlagan cho`g`ni bir zumda alangalatib yuborasiz. Ikkinchidan esa u bir hillikdan va uni o`zgartirishga urinish fikridan tiyiling. U siz bilan uchrashmaslik uchun bahona qidirish o`rniga birga vaqt o`tkazish uchun biror qiziqarli mashg`ulot topishga urinadi.Shundagina siz u bilan uchrashishni yana hohlab qolishingiz uchun. Ayolga erishish mushkul bo`lganida ,u bilan vaqt o`tkazish uchungina erkak hamma ishni qiladi. Istalgan to`tiqush o`rgatuvchidan qushlarni qanday qo`lga o`rgatishni so`rasangiz, u eng avvalo qush o`tiradigan tayoqchani yelkangiz balandligida ilishingizni aytadi. Hech qanqasiga tayoqchani o`zingizdan balandga ilmang,yo`qsa to`tiqush o`zini sizdan afzalman deb o`ylab qoladi. U sizni qanchalik sevishidan qatiy nazar boshini silash uchun uzatgan barmog`ngizni tishlab oladi. Erkaklar ham o`zlarini huddi shunday tutishadi.Bordiyu qushchani yerga qo`ysangiz u o`zini juda zaif sezadi. Qush 100 o`rgatuvchilar uni o`rtada ushlashni maslahat berishadi. Agar barmog`ingizni tortib olsangiz u nafaqat tishlamaydi balki sizga ergashadi va yelkangizga qo`nishni istab qoladi. Agar yoringiz o`zini huddi sizdan afzalroqdek tutayotgan bo`lsa, darrov uni yerga tushiring shunda munosabatdagi yo`qotilgan muvozanatni tiklaysiz. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling