Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Maftunkorlik omili №59 
Uni arralayotganingizda siz u uchun muammoga aylanasiz, nima qilsayam ovozingizni 
o`chirishni istaydi. Arralamaganingizda esa u o`z muammolarini yechishiga to`g`ri 
keladi. 
Muammo paydo bo`lganda erkak buni hal qilishi kerak. Uni arralashingiz bilan barcha 
muammo sizda ekanini ko`rsatasiz. Diananing tushgan holati bunday vaziyatga yorqin 
misol bo`la oladi. Eri vannahonadagi kranni tuzatsin deb arralashni boshladi. U ta`mir 
qilishi haqida uchinchi martta talab qilganida er shunday g`azab otiga mindiki : “Bu 
dunyodagi hech bir kuch meni krani tuzatishga majbur qilolmaydi” deb baqirdi. 
Oqshomda do`stlari ularnikiga mehmonga kelishdi. Er haliyam shahstidan tushmagan. 
Diana esa dugonasining eridan kranni tuzatib berishni so`radi. Shunday muloyim 
ovozda so`radiki u yo`q deya olmadi. Diana burama kalitni qidira boshladi. Shu payt uni 
o`zini eri darrov vannahonaga kirdiyu ikki minutni o`zida kranni tuzatib tashladi. 
Erkaklar ularni ishini boshqa bir erkak qilishini yoqtirishmaydi. Bu sarhad masalasi- 
boshqa bir erkak unga tegishli hududga qadam qo`ydi. Siz undan bir necha bor qaysidir 
bir ishni qilishini iltimos qilaypsiz u esa qimirlay demaydi, shunda : “Azizim hammasi 
joyida. Hech narsa qilmasang ham bo`ladi. Qo`shnimiz aytdi kirib bir pasda barini 
to`g`irlab berar ekan” deng. Agar qo`shningiz yo`q bo`lsa eng yaqin do`stingzidan 
iltimos qilganingizni ayting. Shunda yoringiz zumda hamma ishni bitiradi. Vaholangki 
yaqindagina hudoni zorini qilganingiz befoyda edi. 


102 
Dugonam Lyusi bir narsaga amin bo`ldi. U qachon eridan biror ishda yordam so`rasa, er 
hech qachon uni iltimosiga e`tibor bermaydi. Masalan u ko`pincha do`kondan 
qaytgandan so`ng mashinadagi yuklarni olishda yordam berishini so`ragan. Er esa : “Bir 
daqiqa ” Biroz vaqt o`tib Lyusi yana “Mahsulotlar urinib qoladi. Yordam berish niyating 
bo`lsa hozir qil” Va hotin har do`konga borganida uyda shu janjal. 
Keyinchalik u eridan yordam so`ramay ham qo`ydi. O`zgarishni payqagan erkak
havotirlanib “yordam kerak emasmi” deb o`zi so`ray boshladi. Shunda hotin : “Rahmat 
azizim o`zim uddalayman”. Mo`jiza! Erni o`zi hotinidan iltimos qilib yuklarni 
tushuradigan bo`ldi. 
Meni yana bir dugonam Rayana bolasini o`qishga olib borib qo`yishni istamagani uchun 
eriga nuqul javrardi. Er esa buni qilmaslik uchun ming hil bahona o`ylab topardi. 
Shunda Rayana bo`lasi o`g`li bilan bir maktabda o`qiydigan qo`shni uyda yashovchi bir 
yolg`iz otani topdi. O`g`lini qo`shni olib borib qo`yayotganini tushungan er shu 
zahotiyoq bu vazifani o`z zimmasiga oldi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling