Erkin iqtisodiy zonalar va ularni o’zbekistonda rivojlantirish


Download 16.93 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi16.93 Kb.
#258019
Bog'liq
erkin


ERKIN IQTISODIY ZONALAR VA ULARNI O’ZBEKISTONDA RIVOJLANTIRISH

G.Jalilova, TFI, MKT(BHA)-70 guruh talabasi



Ilmiy rahbar: U.Yo’ldosheva

Erkin iqtisodiy zonalar mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma'muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo`lgan maxsus ajratilgan zonadir.

Odatda, har bir mamlakatda milliy iqtisodiyotni tashkil etish va rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalar muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishning muhim sababalaridan birinshundaki, ko`pincha davlat iqtisodiyotini kapital oqimi uchun to`liq ochishni, o`ziga xos investitsiya oqimini hamma joyda ishlatishni istamaydi. SHuning uchun ham maxsus zona sifatida qisman ochilikni ishlatadi. Erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilish va ular faoliyatining jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki,mjahon bozori bilan integratsiyani chuqurlashtirish, xalqaro iqtisodiy aloqalarni rag`batlantirish maqsadidad tuzilgan zonalar (erkin savdo zonasi, eksport ishlab chiqarilishi, bojxona va boshqa zonalar) bilan birga ma`lum bir faoliyat shakli va ishlab chiqarish sohasini rag`batlantirish uchun tashkil qilingan alohida rejimli maxsus zonalar ham mavjud bo`ladi.

Masalan, qoloq tumanlarni rivojlantirishni, qoloq tumanlarni sanoatlashtirishni rag`batlantiruvchi maxsus zona. Shuning uchun erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilishning sabablari va maqsadlari har bir holatda o`zgacha bo`lib, bir-biriga o`xshamasligi mumkin. Masalan, AQSh, Buyuk Britaniya kabi sanoati rivojlangan davlatlarda erkin iqtisodiy zonalar depressiyaga uchragan tumanlarda kichik va o`rta biznesni rivojlantirishga yo`naltirilgan mintaqaviy siyosatni amalaga oshirish uchun tashkil qilingan. Bu maqsadda tadbirkorlarga mamlakatning boshqa tumanlaridagiga nisbatan ko`proq faoliyat erkinligi va sezilarli moliyaviy imtiyozlar beriladi. Bu dasturlar xorijiy jalb qilishga qaratilmagan. Xuddi shu maqsadda rivojlanayotgan davlatlarda ham erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilinadi. Bu esa qoloq tumanlarni dinamik ravishda rivojlanayotgan tumanlarga aylantirish imkoniyatini beradi. Ammo sanoat rivojlangan davlatlardan farqli ravishda bu mamlakatlarda ko`proq xorijiy kapitalni jalb qilishga harakat qilinadi.

O‘zbekistonda ham mazkur sohada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona mavjud bo‘lib, ulardan ayrimlarining faoliyati ancha jadallashgan. Xususan, “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amaliyotga tatbiq etilgan, qolaversa, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.

Shuningdek, “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” singari farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan 7 yangi erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo‘yicha ham barcha chora-tadbirlar ko‘rilyapti.

Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i hisobidan 100 million $ miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan.

Bundan tashqari, kichik sanoat zonalaridagi direksiyalar kredit olish va bank xizmatlaridan foydalanishda har bir zonaga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi ham muammolarni bartaraf etishda ayni muddao bo‘lmoqda. Bozor talablari va import nomenklaturasini o‘rganish asosida tadbirkorlar uchun takliflar, istiqbolli loyihalar ro‘yxati shakllantirilgan. Imtiyozlardan yana biri shuki, kichik sanoat zonasida ishlaydigan subyektlar 2 yil barcha soliqlardan ozod etilgan. Shuningdek, bo‘sh turgan yoki samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish binolaridan unumli foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish maqsadida mazkur binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytgacha mamlakatimizda ularning soni 96 taga yetdi.



Hozirgacha ushbu zonalarda umumiy qiymati 535 milliard so‘mga teng 1021 loyiha amalga oshirilgan, 9 ming 600 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Loyihalar doirasida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo‘lgan yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, kelgusida 248 loyihani amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 11 ming yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.
Download 16.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling