Erkin iqtisodiy zonalar


Download 0.67 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1388181
Bog'liq
Soliyev Abdug\'ani

Erkin iqtisodiy zonalar

Soliyev Abdug’ani

O‘zbekistonning erkin iqtisodiy zonalari: 2020 yil yakunlari va 2021 yilda rivojlanish istiqbollari

  • Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 21 ta erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) mavjud bo‘lib, ulardan 19 tasi sanoat, 1 tasi qishloq xo‘jaligi va 1 tasi turizm sohasiga ixtisoslashgan.

2008-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davrda erkin iqtisodiy zonalar hududlarida 2,4 milliard dollarlik jami 448 ta loyihalar amalga oshirildi. Umumiy summadan 764,6 mln dollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Loyihalar hisobiga 34 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ushbu loyihalarning eng yirigi Angren EIZ (730,7 mln dollarlik 73 ta loyiha), “Urgut” EIZ (312,9 mln dollarlik 55 ta loyiha), “Navoiy” EIZ (282,8 mln dollarlik 53 ta loyiha) va “Buhoro-agro” EIZda (325,1 mln dollarlik 112 ta loyiha) amalga oshirildi.

  • 2008-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davrda erkin iqtisodiy zonalar hududlarida 2,4 milliard dollarlik jami 448 ta loyihalar amalga oshirildi. Umumiy summadan 764,6 mln dollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Loyihalar hisobiga 34 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ushbu loyihalarning eng yirigi Angren EIZ (730,7 mln dollarlik 73 ta loyiha), “Urgut” EIZ (312,9 mln dollarlik 55 ta loyiha), “Navoiy” EIZ (282,8 mln dollarlik 53 ta loyiha) va “Buhoro-agro” EIZda (325,1 mln dollarlik 112 ta loyiha) amalga oshirildi.
  • 2020-yil yakuniga qadar faoliyat ko‘rsatayotgan EIZ hududlarida umumiy qiymati 487,4 mln dollarga teng bo‘lgan 128 ta loyiha amalga oshirildi. Shundan 162,1 mln dollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Loyihalar zamonaviy issiqxonalar qurish (204,7 mln dollarlik 62 ta loyiha), qurilish materiallari ishlab chiqarish (140 mln dollarlik 18 ta loyiha), kimyo va neft-kimyo sanoati (50,6 mln dollarlik 13 ta loyiha), oziq-ovqat sanoati (15,9 mln dollarlik 10 ta loyiha), to‘qimachilik sanoati (20,1 mln dollarlik 8 ta loyiha), mashinasozlik (6 mln dollarlik 2 ta loyiha), charm-poyabbzal sanoati (14,9 mln dollarlik 5 ta loyiha), elektrotexnika sanoati ( 13,7 mln dollarlik 3 ta loyiha), farmatsevtika sanoati (56,3 mln dollarlik 6 ta loyiha), mebel va qog‘oz ishlab chiqarish (1,1 mln dollarlik 1 ta loyiha) kabi sohalarni qamrab oldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda EIZ ishtirokchi korxonalar 11,9 trln so‘mlik 538 turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarib, 257,6 mln dollarlik mahsulotlarni eksport qildilar, bu esa pandemiyaning salbiy iqtisodiy oqibatlariga qaramay, 2019-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 145 foizga oshdi. Shuningdek, 186 ta yangi korxona EIZ ishtirokchisi maqomini oldi.

  • Ko‘rib chiqilayotgan davrda EIZ ishtirokchi korxonalar 11,9 trln so‘mlik 538 turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarib, 257,6 mln dollarlik mahsulotlarni eksport qildilar, bu esa pandemiyaning salbiy iqtisodiy oqibatlariga qaramay, 2019-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 145 foizga oshdi. Shuningdek, 186 ta yangi korxona EIZ ishtirokchisi maqomini oldi.
  • Erkin iqtisodiy zonalar rivojlanishini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borildi. Xususan, “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Hujjat bilan EIZlarni yaratish, ular faoliyat ko‘rsatishining muddatini uzaytirish va tugatish, chegaralarini o‘zgartirish tartibi belgilandi hamda ularni boshqarish tizimi, o‘z hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlash tamoyillari, shuningdek, EIZ ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, hujjatda EIZ hududida infratuzilma obyektlarini qurish yoki qayta taʼmirlash ishlari markazlashtirilgan hamda nomarkazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkinligi nazarda tutilgan.

  • Bundan tashqari, hujjatda EIZ hududida infratuzilma obyektlarini qurish yoki qayta taʼmirlash ishlari markazlashtirilgan hamda nomarkazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkinligi nazarda tutilgan.
  • EIZlarni zarur infratuzilma bilan taʼminlash ularning samarali ishlashi va yangi investorlar va tadbirkorlarni o‘z hududlarida loyihalarni amalga oshirishga jalb qilishning asosiy omili hisoblanadi. Shu munosabat bilan, 2021 yilda mavjud EIZni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun 890 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilgan.
  • Xususan, bu EIZdagi investitsiya faoliyatining ijobiy prognozlari bilan bog‘liq. 2021-yilda Respublikaning erkin iqtisodiy zonalarida qiymati 2,9 mlrd dollarlik 443 ta yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan, ulardan 1,4 mlrd dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisoblanadi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida 552 yangi turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va 41,6 ming yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Bundan tashqari, joriy yilda “Buxoro-agro” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ va “Urgut” EIZ hududlarini kengaytirish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi erkin iqtisodiy zonani - “Qoraqalpog‘iston-agro” va Farg‘ona viloyatidagi ikkita maxsus erkin iqtisodiy zonalar - “Andijon-tekstayl” va “Namangan-tekstayl”ni ishga tushirish rejalashtirilgan

  • Bundan tashqari, joriy yilda “Buxoro-agro” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ va “Urgut” EIZ hududlarini kengaytirish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi erkin iqtisodiy zonani - “Qoraqalpog‘iston-agro” va Farg‘ona viloyatidagi ikkita maxsus erkin iqtisodiy zonalar - “Andijon-tekstayl” va “Namangan-tekstayl”ni ishga tushirish rejalashtirilgan

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling