Эркин иқтисодий ҳудудлар
Turli mamlakatlarda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy hududlar
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish
2.2. Turli mamlakatlarda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy hududlar
to„g„risida”gi qonunlar qiyosiy tahlili. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish uchun zaruriy hujjatlar 1973-yil imzolangan Kiota konvensiyasida EIHlarning qanday hudud ekanligi va uning ta‟rifi nimani ifodalashiga aniqlik kiritilgan bo„lsa-da, biroq, erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va kengaytirish uni tartibga solishni ham taqozo etishi nuqtai nazaridan xalqaro darajada umumqabul qilingan standartlar hali ham mavjud emasligi bu sohadagi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. 41 Kiota konvensiyasining maxsus D Ilovasi EIHlarni tashkil etish va faoliyat olib borish masalalarini tartibga solish, EIH hududida maxsus bojxona rejimini qo„llash borasida milliy qonunchilikka tartibni mustaqil o„rnatish huquqini beruvchi umumiy yondashuvlarni belgilab beradi. Shunga ko„ra, har bir davlat milliy qonunchiligida EIHlarga tegishli talablar belgilab beriladi, ularda ruxsat etilgan tovarlar turlari, ularning EIHlarda joylashgan vaqtida amalga oshiriluvchi operatsiyalar tavsifi belgilab beriladi. EIH ta‟sischisi-davlatning bojxona xizmati EIHning muvofiqligiga mos faoliyatini bojxona nazoratidan o„tkazib boradi. EIHlarga kiritilgan tovarlarga nisbatan ularni saqlash, qodaqlanishini yaxshilash yoki bozor sifatini oshirish maqsadida qayta ishlov berish yoki ularni jo„natish uchun tayyorlash maqsadida partiyalarga ajratish, qadoqlashni guruhlash, saralash va makalash, shuningdek, qayta qadoqlash kabilarga ham ruxsat etiladi. Bu kabi munosabatlar EIHlar faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda zaruriy huquqiy asosga jiddiy ehtiyojni keltirib chiqaradi. Shu sababdan xalqaro miqyosda EIHlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo„yicha bugungi kunda xalqaro standartlarning mavjud emasligi sababli har bir davlat o„z milliy qonunchiligi asosida EIHlar faoliyatini tartibga solib va rivojlantirib boradi. Bunda EIHlar faoliyatiga doir masalalarda xalqaro amaliyot va kelishuvlarga amal qilinishining ko„zda tutilgan bo„lishi EIHlar rivojida, xususan, ularga tadbirkorlar, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan O„zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonunining 2-moddasida erkin iqtisodiy zonalar to„g„risidagi qonun hujjatlari masalalari o„z aksini topgan. Ushbu moddada belgilanishiga ko„ra, erkin iqtisodiy zonalar to„g„risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O„zbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalar to„g„risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo„lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo„llaniladi. EIHlar faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish masalalari bo„yicha xorijiy davlatlar tajribalarini o„rganish ularda dastlabki EIHlar tashkil etilishi, rivojlanishi, ular faoliyatining qonunchilik asosida tartibga solinishi bo„yicha muayyan bilim, tasavvur va tushunchalarni hosil qilishga imkon beradi. EIHlarni tashkil etishda xalqaro konvensiyalarga amal qilish EIHlarni tashkil etgan davlatlar milliy qonunchiligida ham o„z aksini topishida namoyon bo„lishini taqozo etadi. Bundan ko„zlangan maqsad xalqaro me‟yorlarga muvofiqlikni ta‟minlash va xalqaro xavfsizlikni saqlashga amal qilishdan iboratdir. Shunga ko„ra, EIHlarni tashkil etgan har bir davlat Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling