Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
Erkin iqtisodiy hududlar – shunday geografik hududki, unda mamlakatda
qabul qilingan xo„jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to„lash va bojxona tartibi joriy etiladi. Boshqacha ifodalaganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo„lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo„llanilmaydigan ma‟lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi. Shunga ko„ra, EIH mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismidir. EIHga eng umumiy tavsif qilib shuni aytish mumkin, u shunday hududki, bu yerdagi rag„batlantirishlar, imtiyozlar (soliq, bojxona, ma‟muriy), litsenziyalash, vizalarni rasmiylashtirish, bank faoliyatlari, mulkchilik munosabatlariga oid yyengilliklar ushbu mamlakatning boshqa hududlarida aynan amal qilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, u anklav, ya‟ni bu bir mamlakat hududining yoki qismining har taraflama boshqa mamlakat yoki shu mamlakatning boshqa hududlari bilan o„ralishidir. Bu hududda iqtisodiyotga davlatning aralashuvi ma‟lum bir darajada chegaralanadi. Bu hududda mamlakatning boshqa hududlarida amal qilinmaydigan ma‟lum imtiyozlar beriladi. Jahon xo„jaligida xalqning moddiy farovonligi, turmush tarzi, ko„p jihatdan, EIHlarning tashkil etilishi va faoliyat ko„rsatishi bilan chambarchas bog„liqdir. Chunki, bunday holatlarni biz EIHlar tashkil topgan va iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar misolida ham ko„plab kuzatishimiz mumkin. Xullas, qaysi mamlakatda chet el investitsiyalari va tadbirkorlarning faoliyati uchun keng imtiyozlar yaratilgan bo„lsa, shuningdek, iqtisodiyotini tiklab olishlari uchun amaliy yordam berilib imkoniyatlar yaratilgan bo„lsa investitsiya miqdori ham, tadbirkorlarning ishchanlik qobiliyati ham o„sha erda yuqori bo„ladi. Ko„pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar uchun EIHlar amalda territoriyadagi ishchilarning turmush tarzi, ishlab chiqarish salohiyatining kontsentratsiyalashuviga yordam beruvchi maxsus hudud hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday hududlarga “maxsus iqtisodiy hudud” atamasi mos keladi. EIHlarni yaratilishiga ularning tashkilotchilari tomonidan ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishning muhim bo„g„ini sifatida qaraladi. Ularning faoliyati tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va jadallashtirish bilan bog„liqdir. EIHlardagi iqtisodiyot tashqi olam uchun yuqori darajada ochiqlikka, bojxona, soliq va investitsiya rejimlari ichki va tashqi investitsiyalar uchun qulaylikka ega bo„ladi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling