Erkin savdo va proteksionizm
Download 15.46 Kb.
|
Erkin savdo va proteksionizm
Oltin standart – milliy valyutalar qiymati ularda belgilangan summaga teng oltin zaxirasi bilan kafolatlangan holat. Masalan, 1971-yilgacha har bir AQSH dollari belgilangan miqdorda oltinga alishtirilishi mumkin boʻlgan.
Proteksionizm davlatga pul oqimi kirishini taʼminlaydi. Oltin standarti bilan bu holat davlatga oltin va kumush oqib kelishini bildiradi. Ammo bugungi xalqaro savdo valyutasi boʻlgan AQSH dollari oltin bilan kafolatlanmagan. Bundan tashqari, proteksionist iqtisod doimiy yuqori inflyatsiyadan aziyat chekadi. Importni cheklash oʻrniga baʼzi davlatlar qayta eksport qilish (re-exporting) siyosatini qoʻllaydi. Bunda mamlakatga import qilinayotgan mahsulotlarning aksari boshqa davlatlarga yuqoriroq narxda qayta eksport qilinadi. Bunda mahsulot hech qanday qayta ishlovdan oʻtmaydi. Koʻpincha qayta eksportdan erkin savdo guruhi vakillari foydalanishadi – ular tashqaridan bir mahsulotni past boj bilan sotib olib, savdo hamkorlariga bojsiz sotishadi. Rivojlanayotgan davlatlar uchun eng maʼqul usul – alohida sohalarni himoya qilishdir. Iqtisodning eng zaif yoki muhim sohalarini tashqi raqobatdan himoya qilish, isteʼmolchilar eʼtiborini milliy mahsulotlarga qaratish lozim. Ammo xalqaro savdoni oʻta qattiq cheklash ham mamlakatning iqtisodiy izolyatsiyasiga sabab boʻladi. Bu esa koʻpincha salbiy oqibatlarga olib keladi. Download 15.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling