Erkinova dilnoza uktambay qizi ilmiy pedagogik ish hisoboti
Talabalarning reyting nazorat natijalari bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirish taxlili
Download 423.5 Kb.
|
dilnoza
Talabalarning reyting nazorat natijalari bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirish taxlili
Men “O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik” fakulteti 2021-2022 o‘quv yili I semestrida 2-27 guruh talabalariga ma`ruza darslarini “O‘simliklarni himoya qilish” kafedrasida tasdiqlangan kalendar reja asosida olib bordim. Darslarni o‘tish jarayonida talabalarni bilimini baholashda “O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik” fakultetining o‘quv uslubiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reyting nazorati - baholash rejasi asosida olib bordim. “Zararli kanalar, nemotadalar, kemiruvchilar va qarshi kurash choralari” fani uchun maksimal baho - 5, saralash bali - 3. Ma`ruza mashg‘ulotlar olib borish mobaynida 1 marta oraliq nazorat o‘tkazildi. Oraliq baholashlarni o‘tkazishda talabalar fanni qay darajada o‘zlashtirganligini, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilganligi, qiziqishlari, intiluvchanligi, tirishqoqligi va intizomiga e’tibor qaratib baholanadi. Guruhda “Zararli kanalar, nemotadalar, kemiruvchilar va qarshi kurash choralari” fanini yaxshi o‘zlashtirgan, tirishqoq talaba I.Rustamov topshiriqlarni to‘liq bajargani uchun va tartib intizomi uchun reyting tizimi asosida a’lo baho, ya’ni oraliq nazorat uchun belgilangan maksimal 5 baho oldi. Guruhda fanni yaxshi o‘zlashtirgan, darslarda faol qatnashgan va fanni o‘zlashtirishiga qarab talabalardan B.O‘rinova, A.Qushaqov, F.Rajabova, J.Rajabova, J.Shavkatov, R.Ubaydullayev, N.Usmanova, X.Xasanov, G.Xayriddinova va S.Yo‘ldashevlar 4 baho oldi, darslarda ancha sustligi va topshiriqlarni to‘liq bajara olmagani uchun O.Sultonov, M.Xasanovlar 3 baho oldi. Ushbu guruhda laboratoriya mashg‘ulot darslari davomida shunga guvoh bo‘ldimki, talabalarning fanga qiziqishi juda katta va fanni yaxshi o‘zlashtirish uchun faol harakat qildilar. Dotsent: Z.G’. Nosirova Tinglovchi: D.U. Erkinova “O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik” fakulteti 2- bosqich 27-guruh talabalarining reyting nazorati natijalari bo‘yicha “Zararli kanalar, nemotadalar, kemiruvchilar va qarshi kurash choralari” fani bo‘yicha darslarni o‘zlashtirish taxlili.
Dotsent: Z.G’. Nosirova Tinglovchi: D.U. Erkinova Download 423.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling