Ernest Begmatov


Download 54.59 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi54.59 Kb.
#1629773
Bog'liq
Ernest Begmatov-WPS Office





Ernest Begmatov

Ernst Azimovich Begmatov 1936 yilning 7 iyulida Namangan oblastining To`raqo`rg`on rayonida pedagog oilasida tug`ildi. Yoshlik yillari Janubiy Qozog`iston oblastining Turkiston rayonidagi Otabiy qishlog`ida o`tdi. U 1954 yilda qishloqdagi 5-o`rta maktabni, 1959 yilda esa A. Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatdi.
1959—60 yillarda Samarqand oblastining Poyariq rayonidagi 53- maktabda o`zbek tili va adabiyotidan dars berdi. Keyinchalik Toshkentga kelib, 1961 yilning iyul oyigacha O`zSSR «O`qituvchi» nashriyotida ishladi. 1961 yilda O`zbekiston SSR Fanlar akademiyasining A. S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti hozirgi zamon o`zbek tili sektoriga kichik ilmiy xodim bo`lib ishga o`tdi.
E.Begmatovning o'zbek leksikologiyasiga qo'shgan hissasi
Ushbu kitobda 14 600 ga yaqin o`zbek ismlari jamlangan bo`lib, ularning ma’nosi izohlab berilgan. Ota-onalar chaqaloqlari uchun kitobda berilgan ismlardan o`zlariga yoqqanini qanday ma’no anglatishini bilgan holda tanlab qo`yishlari mumkin. Kitob har bir oilaga kerakli va rasmiy idoralarda foydalanish uchun zarur qo`llanmadir. Kitobni chop etishdan asosiy maqsad o`zbek ismlarining barchasini bir kitobga jamlab, ma’nosini izohlab, kelajak avlodga bu borada ulkan ma’naviy meros qoldirishdir. Bu kitob orqali o`zbek millatiga mansub har bir kishi o`z ismining ma’nosini anglab oladi, shuningdek, chaqaloqlari uchun o`zlariga yoqqan ismlarni ma’nosini bilgan holda tanlaydi. O`zbek ismlari haqida ko`plab kitoblar yozilgan. Ularning aksariyati ushbu kitob muallifi - filologiya fanlari doktori, professor Ernst Begmatov qalamiga mansubdir.


NE’MATOV HAMID G’ULOMOVICH
1941-yili tavallud topgan. Filologiya fanlari doktori, professor.
O’zbek tili tarixi, leksikologiyasi, morfologiyasi bo’yicha qator
asarlar muallifi. Ular orasida «Qadimgi tarixiy yodgorliklarning funksional morfologiyasi», professor Ravshan Rasulov bilan hamkorlikda yozgan «O’zbek
tilining sistemaviy leksikologiyasi asoslari» kitoblari alohida ajralib turadi. H. Ne’matov o’rta umumiy ta’limda «Ona tili» fanini takomil-lashtirish bo’yicha ham barakali xizmat qildi. U o’rta maktablaming V—IX sinflari uchun «amaliyotdan nazariyaga» tamoyiliga asos-langan yangi tipdagi «Ona tili» darsligining yaratilishiga bosh-qosh bo’idi.


SHONAZAR SHOABDURAHMONOV
(1924) ( Filologiya fanlari doktori (1964), professor (1967), O’zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (1974) Shonazar Shoabdurahmonov o’zbek tili fonetikasi, o’zbek tilining badiiy-estetik vazifasi, leksikografiyasi, morfologiyasi, dialektologiyasi yuzasidan qator salmoqli asarlar yaratdi. Jumladan, «O’zbek tilida yordamchi so’zlar» (1953), < (1953), «O’zbek tilida punktuatsiya» (1955), «O’zbek adabiy !l va o’zbek xalq shevalari» (1962) kabi asarlari o’zbek tligining rivoji uchun munosib hissa bo’lib qo’snildi. Akademik Sh. Shoabdurahmonov o’rta va oliy ta’limda o’zbek tili va tilshunosligini o’qitishni takomillashti-rish borasida ham samarali mehnat qildi. Ayniqsa, uning V. Reshetov bilan hamkorlikda oliy maktablaming o’zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun chiqarilgan «O’zbek dialektologiyasi» (1962, 1969, 1978) darsligi, shuningdek, o’rta maktablaming IX sinfi uchun hammualliflikda yozilgan «O’zbek tili» (1977, 1978, 1980, 1982) hamda Oliy o’quv yurtlari uchun yaratilgan «Hozirgi o’zbek adabiy tili» (1980) darsliklari alohida ahamiyatga ega.
IRISTOY QO’CHQORTOYEV (1936-2000)
Filologiya fanlari doktori (1978), professor (1981), O’zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (2000) Iristoy Qo’chqortoyev o’zbek tilining leksikologiyasi, uslubiyati, tilning umumiy-nazariy masalalari bilan bog’liq bir qator asarlarning muallifi. Ular orasida «Ferdinand de- Sossurning lingvistik konsepsiyasi» (1976), «So’z ma’nosi va uning valentligi» (1977) kabi kitoblari tilshunoslikning nazariy muammolarini yoritishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shuningdek, u oliy maktablarda til bilimini o’qitishni takomil- lashtirisli bo’yicha ham ulkan ishlarni amalga oshirdi. Xususan, oliy o’quv yurtlarining o’zbek filologiyasi fakultetlari talabalari uchun yozilgan «Badiiy nutq stilistikasi» (1975), «Turkiy filologiyaga kirish» (1976), «Tilshunoslikka kirish» (1976), «Umumiy tilshunoslik», «Lingvistik ta’limot tarixi» (1980) kabi o’quv qo’llanmalari tilshunoslik nazariyasi va turkiyshunoslikni yuqori pog’onaga ko’tarishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Ziyouz.com ;

  2. Hozir.org;

  3. Elib.Buxdu.uz;

  4. Wiikpidiya


Download 54.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling