Erstedning kashfiyotidan keyinroq, fiziklarda, o'tkazgichdan elektr toki o‘tganida u magnitga aylanib qoladi degan tasavvur paydo bo‘ldi. Bunday tushuntirishni Arago hamda Bio tomonidan qabul qilingan edi


Download 9.2 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi9.2 Kb.
#1276160
Bog'liq
Amper


A mper

Erstedning kashfiyotidan keyinroq, fiziklarda, o'tkazgichdan elektr toki o‘tganida u magnitga aylanib qoladi degan tasavvur paydo bo‘ldi. Bunday tushuntirishni Arago hamda Bio tomonidan qabul qilingan edi.


Bio 1820 yilda quyidagicha taklif kiritdi: "To'g'ri chiziq bo‘ylab harakatlanayotgan tok, magnit molekulasiga ta'sir ko‘rsatganida, bu ta'sir kuchining tabiati, o'tkazgich yoniga ma'lum yo‘nalishda qo‘yilgan magnitlangan strelkaga bo‘lgan ta'sir kabi, volt toki yo‘nalishiga nisbatan doimiy bo'ladi ".
Bio va uning tarafdori bo'lgan boshqa fiziklar, elementar magnitlarning o‘zaro ta'sirlashuvining elektrodinamik xususiyatlarini tushuntirishda, tok o‘tayotgan har qanday o'tkazgich magnit trubkasiga aylanib qoladi degan yanglish fikrni ilgari surganlar.
Tamomila boshqacha taklifni Amper tavsiya qildi... Keling avval uning tarjimai-holi bilan tanishib olamiz:
Andre-Mari Amper (1775-1836) Lion yaqinidagi otasiga qarashli, katta bo‘lmagan Polemye yer-mulkida tavallud topdi. Amperning iste'dodi ancha erta namoyon bo‘la boshlagan. U hali maktabga bormay turib ham o‘qish va arifmetikani mustaqil o‘zlashtirib olgan ekan. U otasining kutubxonasida nimaiki topsa, bir boshdan o‘qib chiqavergan. 14 yoshida esa "Farang ensiklopediyasi"ning barcha 28 jildini o‘qib bo‘lgan. Amper fizika va kimyo fanlariga alohida qiziqish bilan yondoshgan. Lekin aynan shu fanlarga oid kitoblar otasining kutubxonasida mavjud emas edi. Shu sababli Andre Amper Lion kollejining kutubxonasiga borib, o‘sha yerda buyuk fizik va matematiklarning asarlarini mutolaa qilishga kirishdi. Bo‘lajak olimning tengsiz iqtidoridan shu narsa ham dalolat berib turibdiki, manbalarda qayd etilishicha Andre-Mari Amper 13 yoshidayoq Lion akademiyasiga o‘zining matematikaga oid ilk ishlarini taqdim qilgan ekan.
1789-yilda Farangistonda xalq qo‘zg‘oloni va qirol Lyudovik XVI ning taxtdan ag‘darilishi bilan davlat to‘ntarishi yuz berdi. Inqilob Andre Amper uchun o‘ta qimmatga tushdi: uning otasini qirolga sodiqlikda ayblab, qatl etishdi. Amperlar oilasi bir kunning o‘zida ham boquvchisidan va mol-mulki, yerlaridan ayrildi. Yosh Amperning oldida tirikchilik uchun mustaqil pul topish va oilasini boqish vazifasi ko‘ndalang bo‘ldi. u Lionga ko‘chib o‘tib, matematikadan uyda, xususiy ta'lim bera boshladi. Inqilob mamlakatdagi hayot tarzini izdan chiqargan edi. Yashash qiyinlashib, iqtisodiy tanglik yuzaga keldi, narx-navo tinimsiz ko‘tarilar edi. Amperning barcha tinimsiz qilgan mehnatlari va sarf-xarajatlardagi o‘ta tejamkorligiga qaramay, ishlab topgan puli kundalik oddiy ehtiyojlarga ham yetmas edi. Nihoyat 1802-yilda Amperning ishlari oz-moz yurishdi. Uni chekka hududdagi Burk-an-Bersa shahridagi markaziy maktabga fizika va kimyo fanlaridan dars berish uchun o‘qituvchi bo‘lib ishlashga taklif etishdi. Shu vaqtdan boshlab u butun hayotini bag‘ishlagan pedagogik faoliyatini boshlab yubordi.
1803-yilda uni Lionga qaytib chaqirib olishdi. o‘sha yilning 4-aprelidan boshlab Amper Lion litseyida matematika o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilindi. Ammo Lionda Amper uzoq ishlamadi, 1804-yilning oxirlarida Amper Liondan Parijga ko‘chib o‘tadi va mashhur politexnika maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlay boshlaydi.
Politexnika maktabida ko‘plab ko‘zga ko‘ringan olimlar, iste'dodli tadqiqotchilar faoliyat yuritar edi. Amperning o‘ta kuchli aqliy qobiliyati va teran fikrlari, tez orada yetuk olimlarning nazariga tushadi. Uning qattiq izlanishlari beqiyos matematika salohiyati e'tirofsiz qolmadi. 1807-yilda Andre-Mari Amper Parij politexnika maktabining professori unvoniga ega bo‘ldi. 1808-yilda esa Amperga universitetlarning bosh nazoratchisi lavozimi ishonib topshirildi.
Ayni shu davrda olimning ilmiy tadqiqotchilik faoliyati ham boshlanib ketdi. 1809-1814 yillar davomida Amper qatorlar nazariyasiga oid bir necha qimmatli ilmiy ishlarni nashr etdi. Matematika sohasidagi yuksak xizmatlarini e'tirof etib, 1814-yil 28-noyabrdan e'tiboran Andre-Mari Amper Fransuz Fanlar Akademiyasiga a'zolikka qabul qilindi. Uning keyingi barcha ishlari akademiyadagi faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, Amperning ijodiy va ilmiy yuksalish davri aynan 1814-1824 yillarga to'g'ri keladi.
Download 9.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling