Erta tong. Yuzlarimni quyosh siypalaganday meni


Download 94.84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi94.84 Kb.
#234983
Bog'liq
Erta tong



Erta tong. Yuzlarimni quyosh 

siypalaganday meni 

uyg'otardi.Ko'zimni ochdim va 

oynadan barglari to'kilayotgan 

daraxtga ko'zim tushdi va bir zum 

o'tmishga sayohat qildim. 

Yaqindagina men buvijonimning 

yonlariga kelib "buvijon menga 

musqaymoq olib bering" der 

edim. Buvim esa menga jilmayib 

"albatta  olib beraman 

bolajonim" der edilar. Bugun esa 

buvim oyim va dadajonimga 

qilgan erkaliklarimni sog'indim. 

Umr oqar daryo bir zumda ko'z 



ochib yumguncha 16 yoshga 

to'ldim. Men shu payt  buvimni 

sog'indim. Men yuz qo'limni 

yuvib nonushta tayyorladim va 

nonushta payti  oyijonimga 

"oyijon buvimnikiga  boraylik 

"deb so'radim. Oyim esa men 

ham buvingni sog'indim. Bugun 

borib ko'rib kelamiz dedilar. Men 

esa bundan juda ham hursand 

bo'ldim. Choy ichib bo'lgach 

uylarni yig'ishtirdik. So'ngra 

somsa tayyorladik. Somsalarni 

olib buvimni ko'rgani bordik. 

Buvim esa o'sha sevimli 



o'rindoqlarida kitob o'qib  

o'tirgan ekanlar. Asalomu 

aleyķum buvijon dedim. Va 

buvimni qaynoq quchoqlariga 

otildim. Buvimning mehr bilan 

to'lgan quchoqlarini sog'ingan 

edim. Biz hammamiz dasturxon 

atrofiga yig'ilib ovqatlandik. 

Ovqatlanib bo'lgach buvim bilan 

suhbat qurdik. Men buvimning 

oyoqlariga boshimni qo'yib 

yostig'imni quchoqlagancha 

uyquga ketdim. Bir payt ko'zimini 

ocĥsam buvim meni boshimni 

silab "turdingmi qizalog'im 



dedilar".men esa buvijon men 

sizni yaxshi ko'raman dedim. 

Buvim esa o'sha mayin 

tabassumlari bilan men ham seni 

yaxshi ko'raman qizalog'im 

dedilar. Kech tushdi va biz uyga 

qaytishga shaylandik Ketayotgan 

paytimiz buvijonim ukam 

singillarim va meni peshonamdan 

oxista o'ptilar va yo'lingiz bexatar 

b o'lsin deb  qo'llarini silkittilar.  

Lekin bildirmadilar. Azizlar hali 

kech bo'lmasidan ota-onamiz 

buva-buvijonlarimizning qadriga 



yetaylik, ularni asrab avaylaylik 

Download 94.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling