Erta tong. Yuzlarimni quyosh siypalaganday meni
Download 94.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Erta tong
Erta tong. Yuzlarimni quyosh siypalaganday meni uyg'otardi.Ko'zimni ochdim va oynadan barglari to'kilayotgan daraxtga ko'zim tushdi va bir zum o'tmishga sayohat qildim. Yaqindagina men buvijonimning yonlariga kelib "buvijon menga musqaymoq olib bering" der edim. Buvim esa menga jilmayib "albatta olib beraman bolajonim" der edilar. Bugun esa buvim oyim va dadajonimga qilgan erkaliklarimni sog'indim. Umr oqar daryo bir zumda ko'z
ochib yumguncha 16 yoshga to'ldim. Men shu payt buvimni sog'indim. Men yuz qo'limni yuvib nonushta tayyorladim va nonushta payti oyijonimga "oyijon buvimnikiga boraylik "deb so'radim. Oyim esa men ham buvingni sog'indim. Bugun borib ko'rib kelamiz dedilar. Men esa bundan juda ham hursand bo'ldim. Choy ichib bo'lgach uylarni yig'ishtirdik. So'ngra somsa tayyorladik. Somsalarni olib buvimni ko'rgani bordik. Buvim esa o'sha sevimli
o'rindoqlarida kitob o'qib o'tirgan ekanlar. Asalomu aleyķum buvijon dedim. Va buvimni qaynoq quchoqlariga otildim. Buvimning mehr bilan to'lgan quchoqlarini sog'ingan edim. Biz hammamiz dasturxon atrofiga yig'ilib ovqatlandik. Ovqatlanib bo'lgach buvim bilan suhbat qurdik. Men buvimning oyoqlariga boshimni qo'yib yostig'imni quchoqlagancha uyquga ketdim. Bir payt ko'zimini ocĥsam buvim meni boshimni silab "turdingmi qizalog'im
dedilar".men esa buvijon men sizni yaxshi ko'raman dedim. Buvim esa o'sha mayin tabassumlari bilan men ham seni yaxshi ko'raman qizalog'im dedilar. Kech tushdi va biz uyga qaytishga shaylandik Ketayotgan paytimiz buvijonim ukam singillarim va meni peshonamdan oxista o'ptilar va yo'lingiz bexatar b o'lsin deb qo'llarini silkittilar. Lekin bildirmadilar. Azizlar hali kech bo'lmasidan ota-onamiz buva-buvijonlarimizning qadriga yetaylik, ularni asrab avaylaylik Download 94.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling