Ertaklarda mifik unsurlar. O’zbek xalq ertaklari quyidagilarga bo’linadi


Download 0.53 Mb.
bet1/3
Sana18.12.2022
Hajmi0.53 Mb.
#1032321
  1   2   3
Bog'liq
Taqdimot (1)

Ertaklarda mifik unsurlar .

O’zbek xalq ertaklari quyidagilarga bo’linadi:


Hayvonlar haqida ertaklar
Sehrli ertaklar
Hayotiy-maishiy ertaklar

Mif nima ?

  • Mif –(yunoncha-mithos-afsona,rivoyat degan ma'nolarni biladiradi.)qadimgi odamlarning olam haqidagi ibditoiy tasavvurlari majmuyi hisoblanadi. Ya’ni odamlar tabiiy hodisalarda ,tabiat hodisalarda shuningdek narsalarda xuddi sehr bordek qarashgan.Masalan qadimgi yunonlar har bir chaqmoq osmon va yer xudolarining nazaridir deb bilishgan.Sekin astalik bilan miflar ertaklarga, dinga va tarixga singib ketgan.

V .Ya.Propp mifning ertakka munosabatini birinchilardan bo‘lib ilmiy asoslab mifning iqtisodiy-ijtimoiy ildizdan ajralgan davrdagi holati masalasiga toxtalib “Mif urf-odatlardan uzoqroq yashaydi va ertak sifatida tug'iladi"degan mulohazalarni ilgari suradi. Shuningdek, E.M.Meletinskiy “ Ertakning mifdan kelib chiqqanligi hech qanday shubha uyg'otmaydi"deb yozadi.

Og’zaki ijodining hikoyaviy turiga mansub mif va ertakning farqli jihatlari ham mavjud.Avvalo mif badiiy tafakkurgacha bo‘lgan

Og’zaki ijodining hikoyaviy turiga mansub mif va ertakning farqli jihatlari ham mavjud.Avvalo mif badiiy tafakkurgacha bo‘lgan

Mifologik tasavvuri asosida yuzaga keladi.Ertak esa inson tafakkurining yuqori bosqichi –ilk badiiy tafakkur mevasidir.N.Roshiyanu so‘zi bilan aytganda “Ertak tarixiy hodisa bo‘lib, u inson mifologik tasavvur qilishdan qurilgan,tafakkurda chinakam poetik to‘qima hal qiluvchi ro’l o‘ynay boshlangan davrda yuzaga kelgandir “ deb aytgan edi.

Hayvonlar haqidagi ertaklarda uzoq qadimgi zamonlarda ajdodlarimiz ot,tuya, ayiq , bo‘ri , qaldirg’och, ilon kabi hayvon va qushlarni homiy deb bilganlar..Shuningdek , bu hayvonlar avval miflarda, keyin afsona va rivoyatlarda qahramon sifatida ishtirok etganlar.Masalan “Ilon og‘a” ertagida magiya ko‘zga yaqqol tashlanib turadi.”Ilon- kuyov niqobini olsa, insonga aylanadi, qiz ilonni niqobini kuydirib yuborsa, u kaptar bo‘lib uchib ketadi.Ilon og'aning onasi va xolasi yalmog’iz kampir bo‘ladi .Ular qizga va ilon og‘aga qancha yovuzliklar va to'sqinliklar qilishmasin o‘z tabirlari bilan murod maqsadlariga yetadilalar”.Hayvonlar haqidagi ertaklarda mifik obrazlarga asoslanga hayvonlar ertaklari ham bor. Masalan, “Kiyik bilan kadi “ ,” Qaldirg'ochning dumi nega ayri “. Ya’ni bunday ertaklarda odamlar hayvonlarga sig'inishgan va e'tiqod qilishgan .Chunki ularning tasavvurlarida ularda qandaydir ilohiy kuch bor deb o'ylashgan.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling