Erxard rejasi nemis iqtisodchisi
Download 83.41 Kb. Pdf ko'rish
|
Erxard rejasi - Vikipediya
Erxard rejasi Erxard rejasi — nemis iqtisodchisi, GFRning davlat va siyosiy arbobi Lyudvig Erxard (1897—1977) tomonidan olgʻa surilgan ijtimoiy bozor xoʻjaligi konsepsiyasi va neoliberalizm gʻoyalariga asoslangan iqtisodiy islohotlar dasturi. Erxard rejasi Gʻarbiy Germaniyaning "nemis moʻʼjizasi"ga erishish imkonini bergan iqtisodiy islohotlar majmui boʻlib, unda 2jahrn urushida vayronaga aylangan mamlakatni, izdan chiqqan iqtisodiyotni qayta tiklash omillari belgilab berilgan. Bu reja 1948-yildan boshlab GFR kansleri K.Adenauer va L.Erxard hamkorligida mamlakat iqgisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida qabul qilingan va amalga oshirilgan. Erxard rejasiga koʻra, 1948-yil 21-iyunda mamlakatda asosiy muammo boʻlgan yuqori inflyatsiyani jilovlash uchun oʻta keskin pul islohoti amalga oshirildi, eski reyxsmarka (RM) oʻrniga yangi doychmarka (DM) joriy qilindi. Bunda kishi boshiga 40 DM 1/1 nisbatda, qolgan mablagʻlar esa yangi valyutaga 1/10 nisbatda almashtirildi. Shuningdek, tijorat banklardagi jamgʻarmalarning katta qismi muzlatib qoʻyildi (1948-yilda 30% va 1949-yilda 70%). Ayni paytda GFR hukumati ishlab chiqarishni qoʻllabquvvatlash maqsadida amaldagi soliq stavkalarini keskin pasaytirdi, Nemis yerlari banki (GFR Davlat banki) esa majburiy zaxiralar meʼyorini pasaytirdi. Mazkur choralar iqtisodiyotni keng miqyosda arzon kreditlar bilan taʼminlab berdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin AQShning Gʻarbiy Yevropani qayta tiklashga qaratilgan Marshall rejasi doirasida GFRga ajratilgan 2,422 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi yordam ham Erxard rejasi ning muvaffaqiyatini taʼminladi. Ijtimoiy bozor xoʻjaligi modelida totalitar markazdan boshqariladigan iqtisodiyotdan keskin farqlanadigan usullar qoʻllanildi. Natijada qisqa muddatda GFR da iqtisodiy yuksalish jarayonlari boshlandi. Jumladan, 1948-yil GFRda sanoat ishlab chiqarish 50%, 1949-yilda esa 25% oʻsdi. 1953-yilga kelib GFR yalpi ichki mahsulot, sanoat ishlab chiqarish boʻyicha Gʻarbiy Yevropaning iqtisodiy jihatdan eng kuchli mamlakatiga aylandi, nemis doychmarkasi esa dunyoning qadrli valyutalari qatoridan joy oldi. Erxard rejasi bosqichmabosqich (1bosqich 1948 — 56 yillarda, 2bosqich 1957—64 yillarda) amalga oshirildi. 1963—67 yillarda GFR kansleri boʻlgan L.Erxard 1965-yilda GFRda "ijtimoiy bozor xoʻjaligi"ni barpo etish dasturi nihoyasiga yetganligini eʼlon qildi. Erxard rejasi va uning asosiy gʻoyalari GFRda oʻz hayotiyligini koʻrsatdi va boshqalar bir qancha mamlakatlar (Shvetsiya, Finlyandiya va boshqalar)da keng qoʻllandi. Qahramon Haqberdiyev. Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. Download 83.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling