Ёш даврлари психологияси ва педагогик психология


Download 437.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana21.11.2023
Hajmi437.82 Kb.
#1791988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA

QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR: 
 
1. I.A.Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Toshkent. 1996. 



2. I.A.Karimov. Brakamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent. 1997. 
3. E.G`oziev. Pedagogik psixologiya asoslari. Toshkent. 1997. 
4. E.G`oziev. Psixologiya muammolari Toshkent. 1999. 
5. V.Karimova. Psixologiya. Toshkent. 2000. 
6. Kon I.S. Psixologiya yunosheskogo vozrasta. M.: 1979 
7. Mudrik A.V. O vospitanii starsheklassnikov. M.: 1981
8. Klimov E.A. Put` v professiyu. Leningrad: 1980 
9. Zaxarova A.V. Psixologiya obucheniya starsheklassnikov. Riga: 1980 
Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar 
Rejasi
1. Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar haqida 
umumiy tushuncha.
2. Tug’ilish davri inqirozi. «Tirilish kompleksi» haqida.
3. Gudaklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning ahamiyati 
(emotsional deprivatsiyaning salbiy oqibatlari). 
4. Bir yosh inqirozi haqida.
5. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.
6. Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanish xususiyatlari. 
7. Ilk bolalik davrida o’z-o’zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi. 
1. Go’daklikdagi psixologik rivojlanish asoslari va xususiyatlari 
Chaqaloqlik (tug’ilganidan boshlab bir-ikki oylikkacha). Bola ko’pchilik jonivorlarning 
bolasiga qaraganda ancha ojiz tug’iladi. U nisbatan cheklangan xulq-atvor, tashqi olamga 
moslashishning muqarrar-reflektor shakllari jamg’armasiga ega bo’ladi. Tug’ma xulq-atvor 
shakllarining kamligi bola kuchsizligini emas, kuchini tashkil etadi – u deyarli cheksiz aqliy 
rivojlanish, xulq-atvorning yangi shakllariga ega bo’lishning yangi tajribalarini o’zlashtirish 
imkoniga sohib bo’ladi.
Chaqaloq rivojlanishining farqli xususiyatlari shuki, uning analizatorlari 
faoliyati somatik (jismoniy) harakatlarga qaraganda tezroq shakllanadi. Shu asosda munosabat 
refleksi rivojlanadi va xilma-xil shartli reflektor aloqalari shakllana boshlaydi. Chaqaloqlik davri 
oxiri va go’daklikning boshlanishida «tetiklanish kompleksi» - kattalarnnig paydo bo’lishiga 
munosabat bildirish paydo bo’ladi.
Go’daklikda (bir-ikki oylikdan bir yoshgacha) go’dak to’laligicha kattalarga bog’liq bo’ladi 
(uni ovqatlantirishadi, Yuvintirishadi, yo’rgaklashadi, ag’darib qo’yishadi, qo’lga olishadi, sayr 
qildiri-shadi, allalashadi, gapirishga, Yurishga o’rgatishadi va h.k.). ²ayotining birinchi yili so’ngiga 
kelib go’dak ayrim so’zlarni tushunadi va ilk so’zlarni ayta boshlaydi.
Tasodifan odamlar davrasidan 
chiqib qolgan inson bolasi o’z rivojlanishida insoniy imkoniyatlar darajasigacha ko’tarila olmaydi. 
Faqat ijtimoiy muhit va ta’lim natijasidagina bolada insonlarcha his qilish va fikrlashga qodir 
shaxsiyat shakllanadi. Go’daklik so’ngida bolalar kattalarga taqlid qila boshlaydilar. Maqsadli 
harakat va taqlid intensiv rivojlanayotgan intellektdan (aqliy faoliyatdan) dalolat beradi. Bola harakat 
jarayonida, o’zining va boshqalarning harakatlariga taqlid qilib, fikrlashga o’rganadi. 

Download 437.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling