Eshdavlatova Dilnuraning "Atrof muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti "

Download 3.2 Mb.
bet2/4
Sana12.11.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1769256
1   2   3   4
Bog'liq
Dilnura

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tog’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunlarining vazifalari tipik, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni, o`simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta'sir ko`rsatishi oldini olishdan, tabiiy jarayonlarni o`rganishdan, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borishdan, ekologik ma'rifat va tarbiyani takomillashtirishdan iborat. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ta'rifi va ularni huquqiy maqomi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi qonunning 4-moddasida quyidagicha ko’rsatilgan. Yerning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog`lomlashtirish ahamiyatiga molik bo`lgan, xo`jalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to`liq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.

Tabiiy zaxiralardan foydalanish va ularni Muhofaza qilishga doir rejalar va dasturlar, yer tuzilishi va joylarni tekislash kesmalari hamda boshqa rejalarni ishlab chiqishda Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisobga olinadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi toifalarga bo`linadi: davlat qo`riqxonalari; majmua (landshaft) buyurtma qo`riqxonalari; tabiat bog`lari; davlat tabiat yodgorliklari; ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko`paytirish va tiklash uchun mo`ljallangan hududlar; muhofaza etiladigan landshaftlar; ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo`ljallangan hududlar.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling