Eshitishda va nutqida nuqsoni bor bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish


Download 9.26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.12.2023
Hajmi9.26 Kb.
#1799008
Bog'liq
Esse



Eshitishda va nutqida nuqsoni bor bolalarni 
inklyuziv ta’limga jalb etish
(muammo va yechimi) 
Inklyuziv ta’lim – teng huquqli ta’lim olish. Nogiron va sog‘lom bolalar 
o‘rtasida to‘siqlarni bartaraf etish, ijtimoiy xayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan 
umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi tizim. Inklyuziv ta’lim 2014-2016 
yildan boshlab O‘zbekistonga kirib kelgan. L.Vigotskiy inklyuziv ta’lim 
g‘oyasini asoschisi. L.Vigotskiy: “Oliy aqliy funksiyalarning rivojlanishi ijtimoiy 
xamkorlikdan boshlanadi va keyin shaxs bo‘ladi”,- deb aytgan. Bu haqda men 
shuni aytib o‘tmoqchimanki, maktab va bolalar jamoasi alohida extiyoji bor 
bolalar uchun bevosita “Rivojlanish zonasi” deb hisoblayman. Alohida extiyoji 
bor bolalar boshqa bolalar bilan (o‘z tengdoshlari bilan) oddiy maktablarda 
o‘qisalar, ularda o‘sish rivojlanish moyilligi ortib boradi. Bolalar bilan bir 
guruhda bo‘lishi - ularga taqlid qilishga, ular bilan muloqot qilishga, ijtimoiy 
ko‘nikmalarini rivojlantirishga xarakat qiladi. Rivojlanayotgan bolalar axolida 
extiyoji bor odamlarga duch kelganda, ularning muammolarni tushunib boradilar. 
Ular boshqalarning extiyojlariga sezgir bo‘lib, farqlashni yaxshiroq anglaydilar. 
Bolalar o‘rtasida esa, do‘stonalik, xamjihatlik, ahillik paydo bo‘ladi.
Inklyuziv ta’limni ishtirokchilari: 
1) Oila, 2) Mahalla, 3) Maktab jamoasi, 4) Sinfdoshlar, 5) Xalq ta’limi 
tizimi, 6) Sog‘likni saqlash tizimi. 
Farzandlarining ta’lim tarbiyasi va rivojlanishiga doir qaror qabul qilishda 
ona-onalarning o‘rni beqiyos. Bola o‘sib ulg‘ayishida nafaqat nogiron bolalarni, 
balki, sog‘lom bolalarning kamolotga erishishida ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ota-ona tomonidan bola o‘z vaqtida e’tibor bilan rag‘batlantirish borilsa, 
bolada emotsional xis rivojlanadi, ota-onadan motivatsiya oladi. Maxalla, 
maktab, sinfdoshlar jamoasi qo‘llab-quvvatlashi bilan bolaga ijtimoiy muhit 
ko‘makdosh bo‘ladi. Tengdoshlariga qarab, bola, gapirishga, yana ham diqqati 
barqarorlashishiga intiladi. Xalq ta’limi tizimi har bir bolaga teng huquq asosida 
sifatli ta’lim berish dasturlarini yaratishi lozimdir.
Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, alohida extiyojga muxtoj bolalar 
tengdoshlari kabi oddiy maktablarda o‘qisalar, ularda ham aqliy va jismoniy 
jihatdan o‘sishga moyillik paydo bo‘ladi. Bolaning psixologiyasida ijobiy 
o‘zgarishlar yuzaga keladi. Jamiyatimizdagi har bir sog‘lom va alohida extiyojga 
muxtoj bolalarni jamiyat uchun yetuk va barkamol shaxs sifatida yetishishi uchun 
inklyuziv ta’limni ham joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Download 9.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling