MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION-TARBIYAVIY ISHLAR
ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR
Reja
Sudapedagogika-kar zaif eshituvchi bo’lib qolgan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shug’llanadigan fan.
Eshitish nuqsonlarining kelib chiqish sabablari, turlari.
Zaif eshitish darajalari .
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar. «Karlar jamiyati» va uning faoliyati.
Jamiyatimizning yangilanishi va dеmokratlashuvi, O’zbеkistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritishdan kеyin yuz bеrayotgan ijtimoiy - iqtisodiy o’zgarishlar munosabati bilan yosh avlodga ta'lim va tarbiya bеrish sifatlarini oshirishga bo’lgan tashkiliy, psixologo—pеdagogik hamda mеtodik yondashuvning takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor bilan qaralayapti.
«Ta'lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash» Milliy dasturini hayotta tatbiq etish davlat siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi uch bosqichdan biri ijtimoiy himoyaning kafolatlanishi masalasini hal qilish bosqichidir.
O’zbеkiston Rеspublikasining nogironlarga nisbatan olib borayotgan davlat siyosati «O’zbеkiston Rеspublikasida nogironlarning ijtimoiy himoyalanishi to’grisidagi» qonuni 1991 bilan bеlgilaniladi. Bu qonun axolining mazkur guruhiga boshqa fuqarolar bilan tеng asosda to’laqonli hayot kеchirish jamiyat iqtisodiy va siyosiy hayotida faol qatnashish, shuningdеk, o’zining fuqarolik majburiyatlarining bajarishga yordam bеradigan imkoniyat va shart-sharoitlar yaratish maqsadida huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha tadbirlar tizimini ko’zda tutadi. Bu qonun davlat bilan aholi sog’ligini himoya qilish, nogironlikning oldini olish va nogironlarni jamiyat hayotiga singib kеtishi uchun shart -sharoitlar yaratishgan, ijtimoiy jamiyatlar o’rtasidagi munosabatlar yo’lga qo’yadigan dastlabki jiddiy huquqiy xujjatlardan biri xisoblanadi. Nogironlikning oldini olish maqsadlarining ijobiy hal qilinishi nogironlarning ijtimoiy tiklash bo’yicha Davlat dasturini ishlab chikish va hayotga tadbiq qilish bilan chambarchas bog’liqdir.O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 11 noyabrdagi 433- son qarori bilan nogironlar ijtimoiy tiklanishining 1996 yildan 2000 yilgacha mo’ljallangan Davlat dasturi qabul qilindi. Ayni vaqtda shu maqsad bilan «Sog’lom avlod» dasturi, «Ulug’bеk», «Bolalik», «Ekosan» va shu kabi jamg’armalar tashkil etildi. Bu jamg’armalarning asosiy maqsadlaridan biri eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini ta'minlash va ta'lim tarbiyasi masalalarini hal etish.Bu muammoni dеfеktologiya fanining birinchi tarmog’í bo’lmish surdopеdagogika yoritib bеradi.
Surdopеdagogika lotincha «surdis» - surdis so’zidan olingan bo’lib «karlik» dеgan ma'noni bildiradi. Surdopеdagogika dеfеktologiyaning bir tarmog’i bo’lib, eshitishida nuqsoni bo’lgan shaxslar ta'lim-tarbiyasi masalalari, hamda muammolari bilan shug’illanuvchi fandir.
Surdopеdagogikaning asosiy vazifalari eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni pеdagogik jixatdan xar tomonlama o’rganish, maxsus maktabda til o’qitishni takomillashtirish, eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzga o’rgatish ishlarini yuqori pogonaga ko’tarish. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni ta'lim va tarbiya bеrish qonuniyatlarini o’rganish, eshitish idrokini rivojlanish tizimini takomillashtirish, o’z bitiruvchilarini ma'lum bir kasb yo’nalishi bo’yicha mеhnat qilishlariga erishish. O’qitishning-tеxnik vositalarini takomillashtirish. Bog’cha va maktab ta'limining uzluksizligini ta'minlash. Rеspublika bo’yicha mеdisina hamda xalq ta'limi tarmoqlari ishlarini muvofiqlashtirish, erta tashxis diagnozi muammolarini xal etishdan iboratdir. Surdopеdagogika uchun buyuk psixolok dеfеktolog L.S.Vigotskiyning «nuqsonning marakkab tuzilishi» haqidagi ta'limoti juda katta ahamiyatga ega. Ushbu ta'limot bo’yicha, birlamchi nuqson o’z navbatida ikkilamchi nuqsonni yеtaklab kеladi. Mana shu ikkilamchi nuqson o’z ortidan, ko’pgina nuqsonlarni yеtaklab kеlishi shaxsning mе'yor rivojlanishiga ma'lum to’sqinliklarni yuzaga kеltiradi. Dеfеktologiyaning vazifasi aynan mana shu ikkilamchi nuqsonni bartaraf etishdan iborat. Surdopеdagogika sohasida eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar va kattalarni maktabda o’qitishning ko’plab mеtodlari mavjud. Umumiy fanlar — tarix, matеmatika, tabiat va h.z., shu bilan bir qatorda maxsus fanlar — eshitish qobiliyatini rivojlantirish, talaffuz qilish, nutq o’stirishlar o’qitish va h.z., mеtodikalari yaratilgan. Surdopеdagogika fanining tizimiga surdopеdagogika tarixi ham kiradi, unda xar xil tarixiy davrlarda eshitish qobiliyati suеt rivojlangan bolalar bilan qanday ish olib borilganligi kiradi.
Surdopеdagogika umumiy pеdagogikaning tamoyillaridan, mеtodlaridan ta'lim bеrish va tarbiyalash vositalaridan kеng foydalanadi. Bu mеtodlar eshitishida nuqsoni bor bo’lgan bolalarning tarbiyasi, o’qishida va rivojlanishida qo’llaniladi. Surdopеdagogika yana sildopsixologiya bilan xam chambarchas bog’langan. Sildopsixologiya kar va zaif eshituvchi bolalarning ruxiy rivojlanishi va shaxs shakllanishining rivojlanishini ochib bеradi. Sildopsixologiya fani kar va zaif eshituvchi bolalarga ta'lim va tarbiya bеrish, rivojlanishidagi nuqsonlarini bartaraf qilish, ya'ni korrеktsiya, kompеnsatsiyalashni o’z ichiga oladi. Maxsus maktablarda ta'lim va tarbiya bеrishning sifatini tеkshirish uchun maxsus sildopsixologik tadqiqotlar olib boradi. Maxsus maktablarda tovushni kuchaytiradigan moslamalar, taktik tеbranish uskunalaridan kеng foydalaniladi. Xozirgi vaqtda surdopеdagogika kar va zaif eshituvchilarni talaffuz qilishini, o’qitishni yanada rivojlanishida sildotеxnikaviy asboblardan kеng ko’lamli foydalanishni talab qilyapti. Bundan bilishimiz mumkinki surdopеdagogika sildotеxnika bilan bog’liq.
Surdopеdagogikaning mеtodlari eshitishida nuqsoni bo’lgan, bolalarni o’rganish, ularni o’qitishni nisbatan yuqori pog’onaga ko’tarish, shuningdеk ushbu toifa shaxslarni kеlgusi xayotda o’z o’rinlarini topishlariga muvaffaq bo’lishlari juda zarur. Buning uchun qator mеtod va yo’llardan foydalaniladi.
Ilmiy adabiyotlarni o’rganish.
Surdopеdagogikaning muammolaridan biri adabiyotlar va xujjatlar bilan ishlashdir.
surdopеdagogikadan maxsus zamonaviy adabiyotlar (darslik, maqola to’plamlari, mеtodika va h.z.) yangiliklar ( ilmiy jurnallardagi maqola) ilmiy adabiyotlar (pеdagogika, psixologiya, sildopsixologiya va dеfеktologiyaning boshqa tarmoqlari).
Maxsus adabiyot (dеfеktologiya lug’ati, pеdagogika ensiklopеdiyasi va h.z.)
Xar xil surdopеdagog ishlari
Surdopеdagogik muassasalarining ishlari (ma'ruzalari, xisobotlar va h.z.)
Surdopеdagoglarning adabiyotlar bilan ishlashi, eshitish nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash, rivojlanish davrlarini o’rganishga imkon yaratadi.
Pеdagogik nazorat.
Pеdagogik nazoratni tashkil qilishda biror maqsad ko’zda tutiladi, pеdagogik jarayonlarning vazifasi, ish rеjasi, nazorat qilingan jarayon aniq va to’liq qilib olib boriladi. Kuzatish maqsadi tajriba to’plash va ilmiy-pеdagogik analizdir. Kuzatuvchi darsda o’qituvchi ko’nikmasi va o’quvchilarni darsdagi mavzuni qay darajada qabul qilishini, darsdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlarini kuzatib analiz qilib boradi. Kuzatishda o’quv tarbiyaviy ishlarning natijasi aniqlanadi. Bu natija salbiy yoki ijobiy bo’lishi mumkin.
Kuzatuv jarayonida zamonaviy texnik vositalardan foydalanish yaxshi natijalar beradi. (magnitafon tasmasiga tushirish, kino tasmasiga tushirish kompyuter va h.z.)
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish.
Ko’pgina kuzatuvchi-surdopedagoglar ilg’or o’qituvchi va tarbiyachilar tajribasidan foydalanadilar. Kuzatuvchi ilg’or o’qituvchi ish tajribasidan foydalanadi, yosh va boshqa o’qituvchi ishi bilan taqqoslaydi. Ilg’or pedagok tajribani o’rganish uzoq muddatga rejalashtirilgan, aniq ishlab chiqilgan reja bo’yicha amalga oshiriladi. Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, uning bir- biri bilan bog’liq bo’lgan tamoil, metod, rivojlanishidagi o’zgarishlar, tarbiyasini o’z ichiga oladi.
Pedagogik tajriba – o’quv yoki tarbiyaviy jarayondagi ilmiy maqsaddir.
Kuzatuvchi pedagogik jarayonni biror maqsadga yo’naltirilgan holda tuzadi yoki o’zgartiradi. Tajriba olib borishda bilimni , uning olib borilishini, tajribaning borishini va uning javoblarini analiz qilishda matematika metodlaridan foydalaniladi va bu pedagogik jarayonga aniqlik kiritiladi.
So’rovnoma.
Kuzatuvda keng qo’llaniladigan metodlardan biri so’rovnomadir. So’rovnoma yozma yoki intervyu bo’lishi mumkin. Bu metod o’qituvchi yoki ota-onalar tomonidan o’rganilayotgan ob’ektning yoki shaxsning qiziqishlari, qarashlarini bilish mumkin.
Suxbat.
Suxbat metodi kar va zaif eshituvchi o’quvchilar va ularning ota-onalari, surdapedagoklardan olingan ma’lumotlar orqali olib boriladi. Bunda pedagog kuzatilayotgan shaxsga oldindan aniq maqsadga yo’nalgan savollar tuzilgan bo’lishi lozim.
Bolalar ishini o’rganish.
Bolalar ishini o’rganish metodi bolalarning bilimlarini va qobiliyatlarini aniqlashda yordam beradi.
Bunda xar xil rasmlarni taxlil qilish, xar xil qog’ozlar, plastilinlardan foydalaniladi. Ularning ishi analiz qilinganda, uning tez tamom qilinganligi emas balki- bosqichma-bosqich bajarilishi, xatolari va h.z. hisobga olinadi. Ularning bilimlarini aniqlashda o’qituvchi yoki kuzatuvchi yozma ishlar, insho, bayonlar o’tkazishi mumkin.
Maktab xujjatlarini o’rganish.
Pedagogik xujjatlarini o’rganish (dars konspekti, darsdan tashqari o’quv mashg’ulotlar, o’quv tarbiyaviy reja, protokol, pedagoglar yig’ilishining xisoboti, o’qituvchilarning metodik yig’ilishlari) o’quv-tarbiyaviy jarayonni, maktabdagi pedagoglarning erishgan ishlariga xulosa qilish mumkin.
O’qituvchilarning shaxsiy xujjatlarini urganish, xar bir ukuvchini ruxiyatini, kobiliyatini aniklashda yordam bеradi.
Surdopеdagogikaning rivojlanish bosqichi (tarixi).
Eramizdan avvalgi kadimgi Grеkiya va Rimda karlarni o’kitish va tarbiyalash ishlari olib borilgan, lеkin bu boradagi qo’lyozmalar, xujjatlar saqlanib qolinmagan.
Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni ta'lim va tarbiyaga o’rgatish Yevropa shaxarlarida olib borilgan. Kar bolalarni yakka o’qitishda o’sha vaqtning buyuk olimi Djеrolamo Kardano (1501-1576) «karlik va soqovlikka» fiziologik tushuncha bеrdi. U tomondan birinchi bo’lib karlar bilan ishlash mеtodi ishlab chiqildi. XV-XVIII asrlarda karlarni yakka o’qitishda 2 xil yo’li (oqimi) tashkil qilindi.
1- oqim —X.P.Bonеt (Ispaniya), D.Bulvеr, D.Vallis (Angliya) va x.z. nutqning xar xil turlarini: so’zli, yozma, daktil, imo-ishora.
2- oqim - F.M.Van Gеlgmont, I.K.Amman (Gollandiya), F.L.Tеrkiy (Italiya), V. Kеrgеr, G. Rafеlg (Gеrmaniya) va x.z. –o’qitish va muloqotda faqat so’zli nutqdan foydalaniladi.
XVIII asrning 2 - yarmida Fransiya, Gеrmaniya, Angliya, Avstriyada maxsus o’qishlar karlar uchun ochildi. Sharl Mishеl Epе (1712-1789) Parijda karlar uchun institut ochdi, shu bilan bir qatorda u «mimik mеtod» yaratuvchisi xam. 1778 yil karlar uchun institut Gеrmaniyada birinchi bo’lib ochildi, u yеrda «sof so’zli mеtod»dan foydalanildi. Uning asoschisi Samuil Gеynikе (1727-1790). Bu tizim XIX asrning oxiriga kеlib, G’arbiy Yevropaning xamma shaxarlariga tarqaldi. AQShda 1817 yili birinchi bo’lib karlar uchun maktab tashkil qilindi. Rossiyada xam karlar xaqida ma'lumotlar to’planib bordi.
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida Rossiyada maxsus o’qishlar Pеtеrburgda, Varshava, Riga va boshqa shaxarlarda ochildi. XX asrning boshlariga kеlib, eshitishida nuqsoni bor bolalarni o’qitishning yangi tizimi ishlab chiqildi. Unda Rus surdopеdagoglaridan: V.I.Flеri (1800-1856), G.A.Gilkova (1778-1858), I.Ya.Sеlеznеva ( -1889), A. F. Ostrogradskiy (1853-1907), I.A.Vasilgеva (1867-1941), N.M.Logovskiy (1863-1933), F.A.Rau (1868-1957)lar faoliyat ko’rsatishdi. Ularning asosiy e'tibori eshitishida nuqsoni bor bolalarga profеssional darajada ta'lim- tarbiya bеrishdir.
Nutq — murakkab psixik faoliyatdir. U psixik jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo‘lib o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo‘lib,atrofdagilarga taqlid etish yo‘li bilan rivojlanib boradi. Og‘zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog‘langan holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko‘p jihatdan talaffuzga bog‘liq. Bola nutqining o‘sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina harakterlanib qolmay, balki eng muhimi — o‘z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so‘zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham harakterlanadi. So‘z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega. Ikkala signal sistemasi, shuningdek, idrok bilan so‘zning o‘zaro aloqada bo‘lishi aqliy rivojlanishning asosini tashkil etadi. Defektologlarning (T.A. Vlasova, R. M. Boskis, D. V. Neyman va boshqalarning) bergan ma’lumotlariga ko‘ra, eshitishida nuqsonlari bor bolalarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo‘lganligiga va og‘ir-yengilligiga bog‘liq. Surdopedagogikada eshitishida nuqsonlari bor bolalar kar, zaif eshituvchi, keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolgan bolalar guruhiga bo‘lib o‘rganiladi. Tug‘ma hali tili chiqmagan go‘daklik davrida ikkala qo‘loqning mutlaqo eshitmasligi kar-soqovlikka olib keladi. Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif eshituvchi bolalar guruhiga kiritiladi. Nutqi rivojlanib, shakllanib olgandan so‘ng yaxshi eshitmaydigan bo‘lib qolgan bolalar keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolganlar guruhiga kiradi. Bu nuqson nutq tarkib topganidan so‘ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tufayli eshitishda xos kamchiliklar bo‘laveradi. Turg‘un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin. Kar-soqov bolalarning 25—30 foizida eshitish nuqsonlari tug‘ma bo‘ladi. Bunga sabab: onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallinishi, ota-onalarning ichkilik ichib turishi, onaning xomiladorlik davrida bilar-bilmas dori-darmonlarni iste’mol qilishi (ayniqsa streptomitsin, xinin, singari dorilarni), xomilaning shikastlanishi; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishidagi patologik o‘zgarishlar bo‘lishi, masalan, eshitish yo‘li atreziyasi — bituvi). Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv markazi, o‘tkazuvchi yo‘llar yoki quloqning o‘zidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki), meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan kasallanishi ba’zi hollarda kar-soqovlik yoki turli darajalardagi zaif eshitishga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda ekologiya masalalalarning keng o‘rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga turli zaharli kimyoviy dorilar juda kuchli ta’sir etib, ayniqsa analizatorning o‘tkazuvchi nevrlarini ishdan chiqaradi, natijada bola yaxshi eshita olmaydigan bo‘lib qoladi. Eshitish nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar anomal bolalar kategoriyasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eshtish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan o‘qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yengil darajalari ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, bog‘cha va maktab dasturlarining o‘zlashtirishda bir qator o‘ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Kichik yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqi rivojlangandan so‘ng, masalan,. ikki yoshida yo‘qolganida ham karlik natijasida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki bilganlarini ham asta-sekin unutadi, boladagi karlik bilan soqovlik qo‘shilib u kar-soqov bo‘lib qoladi. Bolaga o‘z vaqtida maxsus yordam ko‘rsatilmasa, unda aqli zaiflik belgilari ham paydo bo‘ladi. Biroq nuqsonning o‘rnini to‘ldirib, boshkaruvchi jarayonlarni aktivlashtiruvchi maxsus, korreksion rostlaydigan sharoit boladagi nuqsonlarni bartaraf etib, ularning ham nugqiy rivojlanishini, ham umumiy, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi.
Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasasi hamda maktab-internatda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Maxsus muassasalardagi tarbiyachi va o‘qituvchilar bunday bolalarning tegishli ta’lim-tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak.
Yuqorida qayd etilganidek, surdopedagogikada eshitish qobiliyati zaif bolalarga kar-soqov, tug‘ma hamda keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolgan bolalar kiradi. Zaif eshituvchi bolalar o‘z navbatida eshitish qobiliyatining nechog‘liq buzilganiga qarab yengil, o‘rta va og‘ir darajali kamchiligi bor bolalarga bo‘linadi. Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar ovoz bilan gapirilgan nutqni 6—8 m masofadan ovoz chiqarmay, shivirlab gapirilgan gapni quloq suprasidan 3—6 m masofada eshitadi. O‘rta darajadagi qulog‘i og‘ir bolalar ovoz chiqarib gapirilgan gapni 4—6 m,' ovozsiz pichirlab gapirilganini 1—3 m masofadan eshitadi. Og‘ir darajali qulog‘i zaif eshitishda bola o‘rta me’yorda ovoz bilan gapirilgan gapni quloq suprasidan 2 m, shivirlashni 0,5 m masofadan eshitadi, xolos. Qulog‘i og‘irlik natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar kuzatiladi: lug‘atining kambag‘al bo‘lishi, grammatik komponent rivojlanmagan — gap ichida so‘zlarni tashlab ketish, so‘zlarni noto‘g‘ri ishlatish, ularni o‘zaro bog‘lay olmaslik, kelishik, so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni ishlata olmaslik; tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish — o‘xshash, jarangli-jarangsiz undoshlarni bir-biri bilan adashtirish, tushirib ketish va boshqalar shular jumlasidandir.
Bola nutqidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini bilmaslik orqasida ayrim tarbiyachi va o‘qituvchilar bolani dangasa, mas’uliyatsiz, bezori deb, unga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishadi, natijada bola injiq, yig‘loqi, serjaxl, gap o‘tmas bo‘lib qoladi, ya’ni unda ikkilamchi psixik o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog‘lom tengdoshlari qatorida ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda ta’lim-tarbiya olishi mumkin. Biroq ularga alohida munosabatda bo‘lish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish talab etiladi. Uzliksiz ta’lim tizimida O‘zbekistonda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muasasalari, maktab va kasb-xunar kolejlarida maxsus guruxlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu toifadagi bolalar uchun tashkil etilgan maktab-internatlarda maktabgacha tarbiya bo‘limi xamda umumta’lim maktab bo‘limi mavjud. Ushbu muassasalarda ta’lim umumta’lim 9 yillik ta’limning davlat talablari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Eshitish qobiliyati zaiflashgan bolalar bilan ishlashda surdopedagoglar katta yutuqlarga erishmoqdalar. Ushbu toifadagi anomal bolalar maxsus kechki maktablarda ta’lim olganlaridan keyin oliy o‘quv yurtlarini ham muvaffaqiyatli bitirib chiqmoqdalar, mamlakatimizning turli korxonalarida hamma bilan baravar mehnat qilmoqdalar. Demak, eshitish nuqsonlarini bartaraf etish, to‘la kompensatsiyalash, mumkin. Tarbiyachi va o‘qituvchilarning asosiy vazifasi — sog‘lom bolalarni zaif eshituvchi bolalardan ajratib, ularga alohida yondashish, zarur bo‘lsa, ularning "maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya olishini yoki integratsiyalashgan ta’limga jalb etilishini ta’minlashdan iborat.
Maxsus muassasalarda o‘z fikrini og‘zaki ifodalay olmasligini his etgan o‘quvchi yozma shaklda bayon etishni bilishi kerak. Buning uchun o‘quvchilarni o‘z fikrini og‘zaki, yozma bayon etishga o‘rgatish amaliy nutqiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish asosida amalga oshiriladi.
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki, yozma) nutqni shakllantirish yuzasidan dars va mashg‘ulotlarda muayyan tizimdagi mashqlar asosida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati tashkil etiladi, didaktik vositalarning barcha turlarini nutqiy jarayonga moslay olish talab etiladi. Nutqiy materiallarning amaliy egallanishini ta’minlash uchun maxsus sodir etilgan muammoli nutqqa (gapirish, yozib tushuntirishga) ehtiyojni tug‘diruvchi vaziyatlar oldindan rejalashtiriladi. Bunda nutqiy materiallar fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgilangan bo‘ladi, ya’ni korreksion-pedagogik jarayon muayyan tizim asosida amalga oshiriladi.
Har bir dars uchun nutqiy materiallar korreksion-kommunativ tizim tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda (o‘quvchilarning eshitish, talaffuz qilish imkoniyatilariga mos, talaffuzi yaqqol va eshitilish diapazoni yengil, oddiydan murakkabga, noo‘xshashlikdan-o‘xshashlikka boruvchi tartibda) tanlanadi va tayyorlanadi.
So‘zlashuv nutqiga ehtiyojni tarbiyalash oiladan boshlanishi, ya’ni maktabda egallangan nutqiy ko‘nikma va malakalar oilada tabiiy vaziyatlarda mustahkamlanishi va o‘quvchilar amalda (erkin, qo‘rqmasdan, uyalmasdan) qo‘llashlariga erishish uchun keng sharoit yaratilmoqda. Ushbu sharoit oila a’zolari ishtirokida yaratiladi. Ularning kar bola bilan keng muloqoti va iliq munosabati bolaning keyingi bosqich ta’lim-tarbiyasiga va umuman taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi.
Kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyati eshitish (har qanday daraja karlikda u ma’lum miqdorda bo‘ladi) qoldig‘idan optimal ravishda foydalanishga bog‘liq bo‘lganligi tufayli maxsus muassasalarda ta’limni ovoz kuchaytiruvchi apparatlar asosida olib borish talab etiladi. Sinflar maxsus jihozlanadi. Ya’ni maktab-internat moddiy texnika negizining yo‘nalishga mos shakllanishi ta’lim mazmunining samaradorligini oshiradi.
Kar va zaif eshituvchi bola o‘z ona tilini shu til qonuniyatlari, xususiyatlaridan kelib chiqqan, mazkur bolaning psixik, nutqiy imkoniyatlariga moslashtirilgan, korreksion-kommunikativ tamoyillarga asoslangan va mahalliy sharoitlarni inobatga olgan maxsus yondoshuv asosida egallaydi. Maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya jarayonini, xususan ona tili ta’limini amalga oshirishda o‘quvchilarning fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalashga o‘rgatishda daktil belgilardan tegishli bosqichlarda o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (oo‘zaki, yozma) nutqni shakllantirishga ijtimoiy ehtiyoj sifatida yondoshish dolzarb masaladir. Buni amalga oshirish mazkur bolalarning jamiyatga moslashuvi, ularning borliqni anglashlari hamda ularni atrofdagilar qanchalik tushunib qabul qilishlari bilan belgilanadi.
Kar va zaif eshituvchi bola jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning barchasida me’yorda rivojlangan, sog‘lom tengqurlari qatorida o‘z ona tilida bemalol, erkin, samarali va barcha uchun (nafaqat o‘zi kabi taqdirdoshlari) tushunarli tarzda muloqot qila olishini ta’minlash mumkinligi amalda o‘z isbotini topmoqda.
O‘quvchilarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyatini rivojlantirish, o‘z ona tilida sog‘lom tengqurlari kabi so‘zlashish, fikr almashishini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-korreksion jarayonni yagona tizim asosida amalga oshirish orqali takomillashtirilmoqda.
Kar va zaif eshituvchi bolalar maktablari o‘quv rejasiga «Labdan o‘qish» ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash mashg‘ulotlari kiritilgan.
Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar maxsus maktab-internatlarining barchasi ovoz kuchaytiruvchi apparatlar bilan ta’minlangan, xonalari maxsus tovush qaytarmaydigan qoplamalar bilan jihozlanadi, sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni maqsadli amalga oshirish uchun sharoitlar yaratilgan.
Xozirgi kunda surdopedagogikada kar va zaif eshituvchi bolalarning maxsus ta’lim bilan erta qamrab olinishi, rivojlanishi, korreksiya-kompensatsiya qilinishi masalalari dolzarbdir. Respublika ijtimoiy adaptatsiya markazi, Avloniy nomidagi XTXMO instituti xamda RTM xodimlari buning uchun uslubiy ko‘rsatmalar yaratish ustida faol mexnat qilib kelmoqdalar.
Karlik eshitishning turg‘un yo‘qolishi bo‘lib, unda mustaqil holda nutqni egallash, hatto quloqqa yaqin bo‘lgan masofadagi nutqni ravshan idrok etishning imkoniyati bo‘lmaydi. Total (to‘liq) karlik, xuddi total ko‘zi ojizlik uchramagani kabi, juda kam uchraydigan hodisadir. Ko‘pincha karlikda baland nutqiy bo‘lmagan tovushlarni, quloq suprasiga yaqin masofadagi ba’zi nutqiy tovushlarni idrok etish darajasida bo‘lgan eshitish qoldiqlari saqlanib qoladi. Audiometrik tekshiruv eshitishning 80 db. (desibel – tovushni idrok etishni o‘lchashda qo‘llanuvchi o‘lchov birligi)dan yuqori darajada yo‘qolganini ko‘rsatadi.
Zaif eshituvchilik eshitishning turg‘un pasayishi bo‘lib, unda ushbu eshitish qoldig‘i asosida nutqiy zaxirani minimal holatda mustaqil ravishda egallash, murojaat etilgan nutqni quloq suprasiga yaqin masofada idrok etish imkoniyati bo‘ladi. Audiometr tekshiruvi eshitishning 80 db.dan kam bo‘lmagan pasayishini ko‘rsatadi.
Eshitish muammolari holatidagi nutqning rivojlanish darajasi quyidagi to‘rt omilga tobedir:
1. eshitishning darajasi;
2. eshitish muammosining sodir bo‘lish vaqti;
3. bolaning individual xususiyatlari;
4. eshitish muammosi sodir bo‘lgandan so‘ng bola uchun yaratilgan pedagogik sharoit.
Shundan kelib chiqqan holda har ikki guruhdagi eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar, o‘z navbatida, yana ikkitadan guruhga bo‘linadi:
Karlar:
1) tug‘ma yoki ilk yosh davrida eshitish qobiliyati yo‘qolgan va nutqni egallay olmagan kar bolalar;
2) eshitish qobiliyati kech yo‘qolib, nutqi saqlanib qolgan kar bolalar.
Zaif eshituvchilar:
1) nutqida qisman chetga chiqishi (nutqining grammatik tizimida me’yordan chetga chiqishlar: qo‘shimchalarni noto‘g‘ri qo‘llash yoki tushirib qoldirish, ba’zan talaffuz muammolari) bo‘lgan zaif eshituvchi bolalar;
2) chuqur nutqiy muammolarga ega bo‘lgan (lug‘at zaxirasi o‘ta chegaralangan, nutqi qisqa, noto‘liq so‘zlardan, grammatik tizimi so‘z-gapdan, bo‘g‘in-so‘zlar qatoridan iborat) zaif eshituvchi bolalar.
Olim bu boradagi izlanishlarini davom ettirar ekan, har qanday bolaning rivojlanishi muloqotda, faoliyatning turli shakl va ko‘rinishlarida amalga oshishi omilini hisobga oladi. Tadqiqotlarning natijasi shuni ko‘rsatdi-ki, kar va zaif eshituvchi bola bir-biridan keskin farq qiladi. Zaif eshituvchi boladagi inson uchun o‘ta zarur bo‘lgan analizator – eshitish faoliyatining to‘liq emas, qisman buzilishi nutqning birmuncha shakllanishiga imkon beradi. Lekin bunday yo‘l bilan nutqni egallashning o‘ta chegaralanishi bola tomonidan tushuncha va tasavvurlar (nutqning keyingi idroki va tushunilishi)da o‘zgachalikni yuzaga keltiradi. Zaif eshituvchi bolaning nutqi rivojlanmasdangina qolmay, balki buzilgandir ham. Masalan, lug‘at zaxirasining kamligi bilan bir qatorda so‘zlarning boshqa ma’noda qo‘llanishi, grammatik tizimning rivojlana olmasligi bilan bir qatorda ular ma’nolarining noto‘g‘ri tushunilishi kuzatiladi. Bularning barchasi bilish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi: taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish kabi psixik jarayonlar zaif eshituvchilarda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.
Nutqiy muloqot bolaning shaxs sifatida rivojlanishida hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. Zaif eshituvchi bola nutqining o‘ziga xos rivojlanishi oddiy sharoitlarda ilm asoslarini egallashiga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli ham bu toifadagi bolalar anomaliyasi tuzilishida nutq birinchi o‘ringa qo‘yilib, maxsus tashkil etilgan ta’lim jarayonida markaziy o‘rinni nutqni reja asosida shakllantirish masalasi egallashi lozim.
Qator tadqiqotlar zaif eshituvchi bolalar tallafuzga o‘rgatish xususiyatlari hamda bunday o‘ziga xoslikka mos kelmaydigan mavjud o‘qitish jarayonini taqqoslash natijasida tilni maxsus o‘qitish muammolarining ilmiy jihatdan hal etilishi: uni psixologik, lingvistik, psixolingvistik, umumdidaktik hamda metodik nuqtai nazardan ishlab chiqilishiga asos bo‘lib xizmat qildi . Ushbu tavsiya etilgan metodikalar asosida yangi tur – zaif eshituvchi bolalar maktablari uchun qator darsliklar va ularni olib borish imkonini beruvchi metodik tavsiyalar yaratildi.
Zamonaviy surdopedagogikaning nazariy asoschilari eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarning ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topishlarining muhim omili – tallafuzga o‘rgatish ishlarining samaradorligi bevosita tarbiyalanuvchining oila a’zolari, xususan, ota-onalarning farzandlari bilan muntazam ravishda shug‘ullanishlariga bog‘liqligini alohida qayd etadilar. Jumladan, S.A.Zikov til o‘qitishdagi yuqori muvaffaqiyatlar faqatgina maxsus muassasalarda tashkil etilgan nutqiy muhit orqali emas, balki bevosita ota-onalar va atrofdagilarning ishtiroki orqali ta’minlanishini uqtirsa , R.M.Boskis: «Nutqqa o‘rgatish ishlarini o‘qituvchi ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshirishi lozim»,-deb ta’kidlaydi .
Aynan yangi davr surdopedagogikasida oila va maxsus ta’limning bola tarbiyasi borasidagi mushtarakligi zarurati anglandi: ota-onalar surdopedagoglar tomonidan belgilangan yo‘l va ko‘rsatmalarsiz farzandlarining tarbiyasida va, xuddi shunday tarzda, surdopedagoglar ota-onalar ishtirokisiz o‘z faoliyatlarida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Ilk yoshdagi eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar ta’lim muassasalari asoschilari tomonidan yaratilgan maqola hamda metodik tavsiyalar kar va zaif eshituvchi bolalar ota-onalariga o‘z farzandlarining tarbiyasini qanday tashkil etishlari, nutqini rivojlantirish yo‘llari kabi masalalarni yoritib berdi.
Respublikamizda surdopedagogikaning ilmiy asoslanishi o‘tgan asrning 80-yillaridan boshlandi. Milliy surdopedagogikamizda olib borilgan qator tadqiqotlar mamlakatimizda mavjud eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar maxsus maktab-internatlar ta’lim-tarbiya jarayonini hududiy sharoitlar, o‘zbek tili xususiyatlariga mos holda takomillashtirish yo‘l va vositalarini ilmiy jihatdan asoslab berishga yo‘naltirildi.
Surdopedagogika sohasida ilk bor N.Sh.Bekmurodov tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida hududimizga mos ravishda maxsus maktab-internatlar kun tartibi, o‘quv jarayonini tashkil qilishda hisobga olinishi lozim bo‘lgan talablar ishlab chiqilgan bo‘lsa, X.M.Gaynutdinovning ilmiy izlanishlari natijasida ilk bor O‘zbekiston sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni kasbiy – mehnatga tayyorlash, keyingi mehnat faoliyatlari jarayonini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar, bunday shaxslar ijtimoiy moslashuvlari darajasini ko‘tarish yo‘llari ochib berildi.Alimxodjayevaning uzoq yillik amaliy tajribasi maxsus o‘qitish jarayonida didaktik materiallardan foydalanishning tabaqalangan metodikasini ishlab chiqish hisobiga zaif eshituvchi o‘quvchilar eshitish idrokini rivojlantirish tizimini takomillashtirish yo‘llarini ilmiy jihatdan asoslab berishiga asos bo‘ldi
U.Yu.Fayziyevning ilmiy-tadqiqot ishi zaif eshituvchi bolalarga ona tilini o‘rgatish muammolarini hal qilishga qaratilgan ilk tadqiqot bo‘lib, unda maktabga tayyorgarliksiz kelgan zaif eshituvchi bolalarning dastlabki nutqiy imkoniyatlari (so‘z boyligi: faol va nofaol nutqi), eshitishining yo‘qolish sabablari va vaqti o‘rganildi, bunday bolalarni savodga tayyorlash va savod o‘rgatish metodikasi ilk bor nazariy jihatdan asoslab berildi. Ya’ni tadqiqotchi zaif eshituvchi o‘quvchilarga savod o‘rgatish davrida zarur sanalgan omil - harflarni o‘tish ketma-ketligini ishlab chiqib, ushbu nazariy xulosalari asosida «Alifbe» darsligini yaratdi N. X. Dadaxo‘jayeva ilk bor zaif eshituvchi o‘quvchilarning ko‘p xonali sonlar ustida arifmetik amallarni bajarishlaridagi xususiyatlar, ushbu jarayonda o‘quvchilarning nutqi va fikrlashlariga oid tayyorgarlik holatini o‘rganib, ko‘p xonali sonlar ustida arifmetik amallar bajarishga o‘rgatish bo‘yicha ish usullari hamda metodlarni nazariy jihatdan asoslab berdi.
F.U.Qodirova ilmiy tadqiqotida eshitmaydigan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’limi amaliyotidagi kamchiliklari tahlil qilinib, ularni bartaraf etishning samarali usul va yo‘llari aniqlandi hamda so‘zlashuv nutqini shakllantirishning omil va bosqichlari belgilab berildi.
Demak, ko‘rib chiqilgan tadqiqotlardan U.Yu.Fayziyev hamda F.Qodirovalarning ishlarigina kar va zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlarida o‘zbek tili o‘qitish tizimini ilmiy asoslab berishga qaratilgan. Maktab yoshidagi bolalarni tadqiqot o’ekti sifatida tanlab olgan har ikki olima ularning maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishiga maktabgacha yosh davrida zamin yaratilishi lozim ekanligini qayd etadilar. U.Fayziyev: «Erta ilk yoshidan korreksion ta’sir ko‘rsatish orqali bu og‘ir asoratlar kamaytirilishi yoki butunlay bartaraf etilishi mumkin…Ota-onalar imkon topgan holda uyda alohida sharoit yaratib, eshitmaydigan farzandlari bilan o‘zlari shug‘ullanishlari mumkin. Buning uchun ular surdopedagog mutaxassis bilan hamkorlikda ish olib borishlari lozim»,- degan fikrlarni keltirsa , F.U.Qodirova kar o‘quvchilarga o‘z fikrini erkin ifodalashni o‘rgatish ota-onalarning farzandlari ta’lim-tarbiyasi oldidagi mas’uliyati ekani va bu ta’lim jarayonida muhim omillardan hisoblanishini ta’kidlaydi .
O‘zbekistonda surdopedagogikaning yondosh tarmoqlari – oligofreno-pedagogika, logopediya sohasidagi L.R.Mo‘minova, R.Shomaxmudova, M.Yu.Ayupova, X.M.Po‘latova, D.A.Nurkeldiyev, M.P.Xamidova, L.Sh.Nur-muxamedovalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar maxsus ta’lim muassasalarida olib boriluvchi ta’lim-tarbiya jarayonini hududiy sharoitlarni hisobga olgan holda tashkil etish hamda takomillashtirishga qaratildi.
Birinchi bob bo‘yicha xulosa
Kar va eshituvchi bolaning har tomonlama kamol toptirish hamda uni maktab ta’limiga tayyorlash har tomonlama kamol toptirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash uning nutqiy rivojlanishi bilan bevosita borliqdir, kar bolalarning nutqi faqat ularning umumiy rivojlanishi negizida shakllanish mumkinligini, shu bilan birga ularning umumiy kamoloti so‘zli nutqining rivojlanish darajasiga bogliqligi L.S.Vigotskiy, F.F.Rau, L.P.Noskova, L.A.Golovchis, I.Kislisina, U.Fayziyev, F.Alimxodjayeva va boshqa olimlarning asarlarida e’tirof etiladi.Ilk davrda kar va eshituvchi bolalar o‘rtasidagi farq sezilmaydi, nutqacha bo‘lgan davrda kar bolalarga xuddi eshituvchi bolalarga kabi ovoz chiqarish, gugulash, so‘ng guldirashdek nutq ko‘rinishlari hos bo‘ladi. Keyinchalik, eshituvchi bolalar atrofdagilar nutqini eshitib va ularga taqlid qilib gapirishni boshlaganda kar bolalarning nutqi rivojlanmay qoladi, mavjud nutq ko‘nikmalari ham so‘nib boradi.
II BOB ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORGARLIK HOLATINI EKSPERIMENTAL O‘RGANISH
2.1. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarlik holatini eksperimental o‘rganish metodikasi
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning ta’lim-tarbiyasi Respublikada maxsus ta’limning ajralmas qismi sifatida amalga oshiriladi va eshitishda nuqsoni bo‘lgan bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlashda ularning nutqiy riojlanishi qay darajada ekanligi ham albatta hisobga olinadi.Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda maktabga tayyorgarligi xolatini o‘rganishda bolaning nutqiy rivojlanishi bilan batafsil tanishish ishlari olib boriladi. Shularni hisobga olgan xolda, biz eksperemental ishlarimizni o‘tkazish davomida eshitishda nuqsoni bo‘lgan nutqining xususiyatlarini o‘rganishga e’tiborni qaratdik
Shuningdek, xar bir bola bilan individual tanishish jaryonidada xujjatlar (bola rivojlanishi tarixi, tarbiyachi tavsivnomasi) o‘rganildi:
Tekshirishlar ikki shaklda olib borildi: yakka va frontal tekshirishlar. Yakka tekshirishda o‘quv yilining boshida har bir bolani ikki hafta davomida mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda kuzatib bordik. Frontal tekshirish vaqtida bolalar guruhda o‘zi bajarayotgan ishlari xaqida gapirib berdilar, savollarga javob qaytardilar yoki rasmga qarab hikoya tuzdilar. Bu vaqtda bolalar nutqining umumiy xolati, lug‘at boyligi, artikulyatsiyasi, nutq sur’ati, tovushlar talaffuzi, ovoz kuchi, sifati, gap tuzish qobiliyati, rasmga qarab hikoya tuzishi, matnni o‘qishi, ko‘chirib yozishi, savolga javob berishi kuzatib borildi. Yakka tekshirishda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni og‘zaki nutqini L.R.Mo‘minova tomonidan ishlab chiqilgan (ekspressiv va impressiv nutqni tekshirish uchun) metodikalaridan asosida o‘rganishni maqsad qilib qo‘ydik.Oldimizga qo‘ygan vazifalarni bajarish uchun esa bir qator metodlarning yig‘indisidan foydalandik:
1. Pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish;
2. Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning lug‘at boyligi xususiyatlarini o‘rganish;
3.. Pedagogik eksperiment o‘tkazish va uning natijalarini tahlil qilish.
Eksperimental tadqiqotni o‘tkazish metodikasi va uni tashkil etish jarayoni maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligi xususiyatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan. Tajriba eksperimentimizning maydoni sifatida Toshkent shahridagi Olmazor tumani 106-conli ixtisoslashtiriilgan maktabning maktabgacha bo‘limi tanlandi.Eksperimentimizda maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga quyidagi og‘zaki topshiriqlar berildi.
Faol lug‘atning rivojlanganligini tekshirish
1. Gavda qismlarini nomlash:
ko‘z, peshona, yuz, burun, soch, quloq, oyoq, bosh, bo‘yin.
Ko‘rsatma: eksperimentator bolaning gavda qismlarini ko‘rsatib ularning nomini “Bu nima?” deb so‘raydi.
2. Uy jihozlarini nomlash:
stol, stul, shkaf, divan, kreslo, qandil, oyna, deraza, krovat, gilam. Ko‘rsatma: eksperimentator bolaga uy jihozlarini ko‘rsatib ularning nomini “Bu nima?” deb so‘raydi
3. Umumlashtiruvchi so‘zlarni topish:
Bolaga quyidagi mavzular bo‘yicha predmetlarning rasmlari ko‘rsatiladi: o‘yinchoqlar, idish-tovoqlar, kiyimlar, oyoq kiyimlari, sabzavotlar, mevalar, transport, uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar.
O‘yinchoqlar: qo‘g‘irchoq, mashina, kubik, raketa, koptok, .
Ko‘rsatma: bolaga avval birin-ketin ko‘rsatilgan rasmlarni nomlash, so‘ngra umulashtiruvchi so‘zni topish taklif qilinadi.
4.Predmetlarning belgilarini nomlash
Ko‘rsatma: bolaga avval birin-ketin ko‘rsatilgan rasmlarni nomlash, so‘ngra predmetlarning belgilarini nomlash taklif qilinadi
5.So‘zlarga antonimlarni topish Ko‘rsatma: bolaga avval birin-ketin ko‘rsatilgan rasmlarni nomlash, so‘ngra so‘zlarga antonimlarni topish taklif qilinadi
6. Predmetlar va harakatlar tasvirlangan rasmlar bo‘yicha gaplar tuzish: “Bu qo‘g‘irchoq. U olma ushlab turibdi. Bu o‘quvchi . O‘quvchi dars tayyorlayapti”
Ko‘rsatma: bolaga predmetlar va harakatlar tasvirlangan rasmlar bo‘yicha gaplar tuzish taklif qilinadi
Maxsus maktabgacha muassasaning tarbiyalanuvchilari javoblari quyidagi mezonlar asosida baholandi: to‘g‘ri bajardi ,eksperimentatorning yordami bilan bajardi ,topshiriqni qisman bajardi ,topshiriqni bajara olmadi,
2.2. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarlik holatini eksperimental o‘rganish natijalari
Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini xolatini tekshirish natijalari taxlili maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning lug‘at boyligini shakllantirish yo‘llarini darajasini aniqlash imkoniyatini berdi.
Maktab yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning nutqini tekshirish jarayonini oddiydan murakkabga qaratib olib bordik va aniqlangan natijalardan shuni ko‘rish mumkin-ki, maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini shakllantirilib borishiga qaramay o‘quvchilar javoblari juda past ko‘rsatkichni ko‘rsatdilar. maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini tekshirish bo‘yicha topshiriqlarni bajarilishi talab qilingan topshirig‘imizning natijalari 1- jadvalda foiz ko‘rsatkichlarida ko‘rsatilgan. Ta’kidlovchi eksperimentda Toshkent shahridagi Olmazor tumani 106-conli ixtisoslashtiriilgan maktabning maktabgacha bo‘limi tanlandi.10 nafar maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilari qatnashdilar,Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilari lug‘at boyligini L.R.Mo‘minova tomonidan ishlab chiqilgan (ekspressiv va impressiv nutqni tekshirish uchun) metodikalaridan asosida o‘rganildi.Eksperimentimizda eshitishda nuqsoni bo‘lgantarbiyalanuvchilarga og‘zaki va yozma topshiriqlar berildi.Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarda faol lug‘atning holatini o‘rganish uning passiv lug‘atdan ancha kam ekanligini ko‘rsatadi.
Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning faol lug‘atining umumiy holati 1 – jadvalda ko‘rsatilgan. Eksperiment jarayonida tekshirilgan bolalarning insonning gavda qismlarini to‘g‘ri nomlay olmadilar. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 5 tasi (50%) uy jihozlaridan predmetlarni nomladilar, qolganlari esa predmetlarni nomlay olmadilar, lekin eksperimentatorning rag‘batlantiruvchi yordamidan, ko‘rsatmasidan so‘ng ham (eksperimentator predmetni ko‘rsatadi va so‘raydi: “Qani aytchi, bu nima edi?”) eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 5 tasi (50%) uy jihozlaridan predmetlarni nomladilar. Predmetlarni kategoriya bo‘yicha umumlashtirish yuzasidan berilgan, fikr yuritishga yo‘naltirilgan topshiriqlar Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarda katta qiyinchilik tug‘dirganligi aniqlandi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 4 tasi (40%) uy jihozlaridan predmetlarni umumlashtirdilar, qolganlari esa predmetlarni rag‘batlantiruvchi yordamidan, ko‘rsatmasidan so‘ng ham (eksperimentator predmetni ko‘rsatadi va so‘raydi: “Qani aytchi, bu nima edi?”) eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 6 tasi (60%) uy jihozlaridan predmetlarni umumlashtirdilar, faol nutqda eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalar umumiy tushunchani ifodalaydigan so‘zlarni xususiy tushunchani ifodalaydigan so‘zlarni xususiy tushunchani anglatadigan so‘zlar bilan almashtiriladi. Oyoq kiyimlarini ifodalovchi rasmlar guruhini bolalar “tuflilar”, idish tovoqlarni – “piyolalar”, “ichadigan narsalar”, mebellarni – “shkaflar”, transportlarni – “mashinalar” deb nomladilar.
Shuningdek, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar umumiy tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlar o‘rniga predmetlarning tadbiqiy tomonini ifodalovchi so‘zlardan foydalanishlari aniqlandi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda lug‘at boyligining cheklanganligi javob berish, hikoya qilish jarayonida kerakli so‘zni topa olmaslikda, ko‘pincha hatto predmetni nomlay bilmaslikda namoyon bo‘ldi.
So‘z boyligining kamligi, shuningdek, bilim va tasavvurlarning chegaralanganligi sababli aqli zaiflarning ko‘pchiligi qushlar, ba’zi hayvonlar, ularning bolalari nomlarini, yil fasllarini almashtirib qo‘llashi, oylar nomining, ketma-ketligining, u yoki bu fasl belgilarining bilmasligini tavsiflaydi.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalardagi lug‘at boyligining kamligi so‘zlarga sifatlar topishda, predmetlarning belgilarini nomlashda ham namoyon bo‘ldi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 3 tasi (30%) uy jihozlaridan predmetlarni belgisini nomladilar, qolganlari esa predmetlarni nomlay olmadilar, lekin eksperimentatorning rag‘batlantiruvchi yordamidan, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 7 tasi (70%) predmetlarni belgilarini nomladilar.Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalardagi lug‘at boyligining kamligi so‘zlarga sifatlar topishda qiyinchilik tug‘dirdi.
5.So‘zlarga antonimlarni topish jarayonida bolaga avval birin-ketin ko‘rsatilgan rasmlarni nomlash, so‘ngra so‘zlarga antonimlarni topish taklif qilindi .Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalardagi lug‘at boyligining kamligi so‘zlarga antonimlarni topishda qiyinchilik tug‘dirdi., Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 3 tasi (30%) so‘zlarga antonimlarni topdilar, qolganlari esa predmetlarni nomlay olmadilar, lekin eksperimentatorning rag‘batlantiruvchi yordamidan, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 7 tasi (70%) so‘zlarga antonimlarni topdilar.
Predmetlar va harakatlar tasvirlangan rasmlar bo‘yicha gaplar tuzish: “Bu qo‘g‘irchoq. U olma ushlab turibdi. Bu o‘quvchi . O‘quvchi dars tayyorlayapti” eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalardagi lug‘at boyligining kamligi so‘zlarga gap tuzishda qiyinchilik tug‘dirdi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 3 tasi (30%) rasmlar bo‘yicha gaplar tuzdilar, qolganlari eksperimentatorning rag‘batlantiruvchi yordamidan, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 3 tasi (30%) rasmlar bo‘yicha gaplar tuzdilar. Rasm asosida gaplar tuzish topshirig‘i 4 ta bola (40%)bu topshiriqni bajara olmadilar. Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalar lug‘at zaxirasini tekshirish natijalari ularda gaplar sintaksisining deyarli rivojlanmaganligi aniqlandi. Tekshirilgan eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning barchasi rasmlarga qarab gap tuzishda bitta so‘z bilan chegaranishlari aniqlandi. Masalan, Malika taklif qilingan rasmlarni ko‘rib chiqib (rasmda bola tasvirlangan, u olma ushlab turibdi)- “bola” deb gap tuzdi.Eksperiment jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalardan ba’zilarigina nutqida faqat sodda gaplardan foydalanishlari aniqlandi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tomonidan tuzilgan gaplarda ko‘makchi so‘zlarning yo‘qligi ko‘zga tashlanadi. Tekshirish jarayoni eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqida so‘zlar tartibi buzilishining ham ko‘p hollarda uchrashi mumkinligini ko‘rsatadi.
Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini eksperemental o‘rganish natijalari 1-jadval
Topshiriqlar Bajarish darajasi (%) da
To‘g‘ri bajardi eksperimentatorning yordami bilan bajardi Topshiriqni bajara olmadi
Bola soni foizi Bola soni foizi Bola soni foizi
Gavda qismlarini nomlash:
5 (50%) 5 (50%)
Uy jihozlarini nomlash:
Umumlashtiruvchi so‘zlarni topish 4 (40%) 6 (60%)
Predmetlarning belgilarini nomlash 3 (30%) 7 (70%)
So‘zlarga antonimlarni topish 3 (30%) 7 (70%)
Predmetlar va harakatlar tasvirlangan rasmlar bo‘yicha gaplar tuzish: 3 (30%) 3 (30%) 4 (40%)
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini eksperemental o‘rganish natijalari mazkur kategoriyadagi bolalarning nutqi tizimli buzilishlarga ega ekanliklari va bu buzilishlar nutqning barcha tomonlarini qamrab olganligini ko‘rsatadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda impressiv va ekspressiv nutq buzilganligi, shuningdek, nutqning fonetik, leksik va grammatik qurilishida murakkab nuqsonlar borligi aniqlandi.Tekshirilgan eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutqiy aloqaga bo‘lgan ehtiyojning kamligi, nutqiy faoliyatiga bo‘lgan intilishning buzilganligi aniqlandi. Bolalarning ko‘pchiligida nutqiy aloqaning savol-javob darajasida ekanligi kuzatildi. Aksariyat bolalarda murakkab nutq ko‘lami juda oz. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini o‘stirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda barcha holatlarda muloqatga (aloqa qilishga) bo‘gan intilishni yuzaga keltirish va ehtiyojini shakllantirish lozim.
Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini eksperemental o‘rganish natijalari mazkur kategoriyadagi bolalarning nutqi tizimli buzilishlarga ega ekanliklari va bu buzilishlar nutqning barcha tomonlarini qamrab olganligini ko‘rsatadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda impressiv va ekspressiv nutq buzilganligi, shuningdek, nutqning fonetik, leksik va grammatik qurilishida murakkab nuqsonlar borligi aniqlandi.Tekshirilgan eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutqiy aloqaga bo‘lgan ehtiyojning kamligi, nutqiy faoliyatiga bo‘lgan intilishning buzilganligi aniqlandi. Bolalarning ko‘pchiligida nutqiy aloqaning savol-javob darajasida ekanligi kuzatildi. Aksariyat bolalarda murakkab nutq ko‘lami juda oz. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini o‘stirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda barcha holatlarda muloqatga (aloqa qilishga) bo‘gan intilishni yuzaga keltirish va ehtiyojini shakllantirish lozim.
III BOB. ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING SAMARALI YOLLARI
3.1.Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni og‘zaki nutqini rivojlantirish bo‘yicha korreksion-pedagogik ish
Bolalar hayotida eng muhim bo‘lgan maktabgacha davrda bolalarning asosiy malaka va ko‘nikmalari tarkib topib jismoniy, ahloqiy, aqliy, mehnat, estetik,ekologik, xuquqiy, iqtisodiy jihatdan tarbiyalanishiga poydevor qo‘yiladi.B.D.Korsunskaya, L.Muminova, V.Raxmanova, R.Shomaxmudova, M.Ayupova, I.KislisinaD.Nurkeldiyev va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida bolaning shahsi har tomonlama va uygun rivojlanishi uchun tilni egallash zarurligini e’tirof etiladi. Maktabgacha davrda atrofdagilar bilan muloqotda bola tomonidan so‘zlashuv nutq o‘zlashtirilishini, nutqni eshita olmaydigan kar bolalar esa mustaqil ravishda, muloqot jarayonida nutqni egallay olmasligini, kar bolalarni maxsus o‘qitib borilmasa, ularda ikkilamchi nuqson- soqovlik yuzaga kelishini ta’kidlaydi.
Kar bolaning umumiy kamoloti uning nutqiy rivojlanishi bilan bevosita borliqdir. Ya’ni kar bolalarning nutqi faqat ularning umumiy rivojlanishi negizida shakllanish mumkinligini, shu bilan birga ularning umumiy kamoloti so‘zli nutqining rivojlanish darajasiga bogliqligi L.S.Vigotskiy, F.F.Rau, L.P.Noskova, L.A.Golovchis, I.Kislisina, U.Fayziyev, F.Alimxodjayeva va boshqa olimlarning asarlarida e’tirof etiladi.
Ilk davrda kar va eshituvchi bolalar o‘rtasidagi farq sezilmaydi, nutqacha bo‘lgan davrda kar bolalarga xuddi eshituvchi bolalarga kabi ovoz chiqarish, gugulash, so‘ng guldirashdek nutq ko‘rinishlari hos bo‘ladi. Keyinchalik, risoladagidek eshituvchi bolalar atrofdagilar nutqini eshitib va ularga taqlid qilib gapirishni boshlaganda kar bolalarning nutqi rivojlanmay qoladi, mavjud nutq ko‘nikmalari ham so‘nib boradi.
Ilk davrdan boshlab kar bolalarning nutqini maxsus rivojlantirib borilsa, ikkilamchi nuqsonlarning paydo bo‘lishini oldini olish, rivojlanishidagi yetishmovchiliklarni bartaraf etish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim didaktikasida eshituvchi bolaning to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash uchun hayotining birinchi kunidanoq yo‘naltirilgan tarbiyani amalga oshirish zarurligi e’tirof etiladi. Kar bolalar ta’limida ushbu tamoyil bundan ham kattaroq ahamiyatga egadir.
Kar bolalarning maktabgacha ta’limida bolalarning eshitish qobiliyatini pasayish darajasi, vaqti, rivojlanishidagi o‘ziga hos xususiyatlari hisobga olingan holda umumiy pedagogik vazifalar bilan uygunlikda maxsus korreksion maqsadlarni amalga oshirish ko‘zlanadi .
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama kamol toptirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash- maktabgacha tarbiya muassasalarning asosiy vazifasidir. Shu bilan birga, kar bolalarning so‘zli nutqini atrofdagi voqelikni idrok etish hamda muloqot qilish vositasi sifatida o‘stirish kabi maxsus vazifa ham amalga oshiriladi. Kar bola eshitish asosida nutqni egallay olmasligi sababli, ularning nutqi o‘zgacha yo‘nalishda shakllanadi: ya’ni, kar bolarning saqlanib qolgan, ziyon ko‘rmagan (ko‘rish, eshitish, harakat-vibrasion, sezgi) analizatorlaridan foydalangan holda ularning so‘zli nutqi shakllantiriladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi kar bolalarning ta’lim tarbiyasi va nutqiy rivojlanishi quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
1. Kar bolalarga ta’lim berishda ularning nutqini o‘stirish vazifasi ularni har tomonlama rivojlantirib borish negizida hal etiladi.
Kar bolalarning nutqiy rivojlanishi ularning kundalik hayotida hamda ta’lim dasturida belgilangan barcha faoliyat turlarinini tashkil etish jarayonida va uyg‘unlikda ta’minlanishi zarur.
2. Ta’limiy, tarbiyaviy va korreksion vazifalar maxsus yo‘naltirilgan ta’lim vositasida hal etiladi. Bunda ta’lim berishning umumiy va maxsus metod va usullaridan foydalanib, eshitish qobiliyatining buzilishi bilan bogliq kamchiliklarni kompensatsiyalash vazifalari ko‘zlanadi.
Maktabgacha yoshidagi kar va me’yorda eshitadigan bolalarga ta’lim-tarbiya berishning farqi nimada?
Ma’lumki, eshituvchi bolaga ta’lim berishning muhim sharti va samarali vositasi xisoblanuvchi so‘zli muloqot kar bolalarda maxsus o‘qitishsiz shakllanmaydi. Shu sababli, kar bolalarning so‘zli nutqini shakllantirish uchun boshqa yo‘llar izlash zarurati tushladi.
S.A.Zikov, B.D.Korsunskaya, L.P.Noskova, L.A.Golovchis, U.Fayziyev, F.Alimxodjayevalar tomonidan o‘tkazilgan ko‘p yillik ilmiy tadqiqotlar va amaliyot natijasida, bevosita muloqotda nutqni o‘zlashtirishga yordam beruvchi kompensator vosita daktilologiya ekanligi isbotlandi. Bunda, eshituv orqali nutqni o‘zlashtirish, orzaki va daktil nutqni ko‘rib idrok etish psixologik jihatdan har xil jarayonlar ekanligini unutmaslik kerak.
Daktil nutqni bevosita muloqotda o‘zlashtirilishini ta’minlash uchun bolada sensor qobiliyat, ya’ni, ko‘rish, harakat, taktil-vibrasion sezgi va idrok, hamda psixik funksiyalar yuqori saviyada bo‘lishi talab etiladi. Kar bolalarni talaffuz qilishga, labdan o‘qishga maxsus o‘rgatish natijasida ogzaki muloqoti rivojlanib boradi.
Ogzaki nutqni o‘stirish va eshitish qobiliyatni rivojlantirish maktabgacha tarbiya yoshidagi kar bolalar ta’limidagi maxsus vazifalardir. Talaffuzni shakllantirish, labdan o‘qishga o‘rgatish murakkab jarayonlar bo‘lib, yalpi bolalar bilan va alohida mashg‘ulotlar uchun ancha vaqt ajratilishini talab etadi.
Nutqni egallash chog‘ida kar bola yana bir to‘sqinlikka duch keladi. Me’yorda eshituvchi bola, gapirishni boshlamasdanoq ko‘pgina so‘zlar ma’nosini tushunadi, asta sekin u tanish bo‘lgan buyumlar va hodisalar nomini eslab qoladi. Nutqdan foydalanish jarayonida so‘zlarning ma’nosi umumlashtiriladi.
Kar bolalarda esa bu jarayon o‘zgacha kechadi. Kar bolalarning nutqiy muloqoti cheklanganligi sababli ularning tafakkuri orqada qolib rivojlanadi, nutq vositasida atrofdagi olamni bilish imkoniyati chegaralanadi. Shu sababli kar bolalar bilan tasavvur va tushunchalarni shakllantirish va umumlashtirish yuzasidan ko‘proq ish olib borish talab etiladi.
Kar bolalar bogchasida bolalarni keng ma’noda so‘zli muloqotga tayyorlash maqsadida o‘qishga o‘rgatiladi, mustaqil o‘qish esa cheklangan nutqiy muloqotni kompensatsiyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, maxsus ta’lim-tarbiyaviy va korreksion vazifalardan kelib chiqqan holda, maktabgacha tarbiya muassasalarda mashg‘ulotlar hajmi va ahamiyati ko‘payadi. Mashgulotlar o‘yin tarzida o‘tkazilsa-da, ular ko‘p vaqtni egallaydi va dam olish va erkin o‘yin faoliyati uchun kam vaqt qoldiradi.
Maktabgacha tayorgalikni ko‘rmagan kichik maktab yoshidagi kar bolalarning ta’lim jarayoni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ta’limidan keskin farq qiladi.
Kar o‘quvchlarining nutqiy va umumiy rivojlanishi muayyan ko‘rish va sezish sohasidagi tajribasi asosida kechadi. Albatta, bunday hol ta’lim jarayonini ancha yengillashtiradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi kar bolalar esa tasavvur, bilim va malakalarni nutq bilan uyg‘unlikda egallaydilar, bu esa ularning tafakkuri va nutqining o‘sishini ta’minlaydi.
Nutqi hali rivojlanmagan kar o‘quvchining so‘zli nutqining shakllanishi savod (o‘qish va yozish)ga o‘rgatish bilan bir vaqtda boshlanadi. Bunda so‘zni analitik (taxlil qilib) idrok etilishi hamda aniq, ravon gapirish ta’minlanadi. Maktab o‘quvchilari tomonidan talaffuzni nisbatan tez o‘zlashtirilishi natijasida bevosita muloqotda daktil va ogzaki nutqdan keng foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Qiyinchiliklar paydo bo‘lganda yozma nutqdan foydalaniladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi kar bolalar esa tovushlarni o‘zlashtirishda ancha orqada qoladilar. O‘quvchilar alifboning asosiy tovushlar talaffuzini yarim o‘quv yil davomida o‘zlashtira olsa, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ta’limning uchinchi yiliga kelib, asosiy tovushlarni talaffuz eta olishi kerak. Shuning uchun, daktil nutq, ayniqsa dastlabki uch yilda, maktabgacha yoshidagi kar bolalar nutqini bevosita muloqotda shakllantirish vositasi hisoblanadi.
O‘yin bolalarning asosiy faoliyatlaridan biri bo‘lib, o‘yin jarayonida kar bolalarning bilish jarayonlari shakllanadi.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, maktabgacha tarbiya yoshidagi kar bolalarning nutqi nutqiy va psixik yetishmovchiliklarni kompensatsiyalash vositasi hisoblanadi hamda ularning nutqi quyidagi tamoyillar asosida rivojlanadi.
1. Kar bolalarning nutqi bevosita muloqotda hamda maxsus mayutulotlarda rivojlantiriladi.
2. Analitik o‘qishga (3,5-4 )yoshdan boshlab o‘rgatib boriladi.
3. Ta’lim jarayonida daktil nutqdan foydalaniladi.
4. Ta’lim jarayonida leksik va grammatik tushunchalar va umumlashtirishlar shakllantirilib boriladi .
5. So‘zli muloqotni kengaytirish vositasi sifatida o‘qishga va hikoyalarni boglanishli bayon etishga o‘rgatishdan keng foydalaniladi.
Mazkur tamoyillarga amal qilish uchun nutqni muloqot jarayonida va muloqot vositasi sifatida shakllantirish talab etiladi. Bunday imkoniyat daktil nutqdan foydalanish sharoitida yaratiladi.
Tarbiyalanuvchilar nutqiy qobiliyatini rivojlantirishda pedagogning predmetli va nutqiy xatti-harakatlarga taqlid qilishga o‘rgatish, ularning diqqatini so‘zlayotgan shaxslarga jalb qilish, taqlid asosida so‘zlash ko‘nikmalarini shakllantirish ko‘zda tutildi. Pedagog xatti-harakatlariga taqlid qilish yirik va mayda motorikani rivojlantirishga qaratilgan «Ko‘zgu», «Maymunchalar», «Mana shunday bajar» kabi pedagogik texnologiya jarayonida o‘rgatib borildi. Ularda bolalar turli-tuman harakatlar va tana holatlari, yuz mimikasi va emotsional holatni takrorlashga o‘rgandilar. Nutqning motor-harakat asosini yaratish, shuningdek, keyinchalik daktil nutq shaklini o‘zlashtirish maqsadida asosiy e’tibor mayda qo‘l motorikasiga qaratildi.
Nutqni rivojlantirishga oid mashg‘ulotlarga ko‘plab didaktik o‘yinlar kiritildi. Ularning borishi jarayonida bolalar syujetli va didaktik o‘yinchoqlar vositasida turli xatti-harakatlarga taqlid qilishga, pedagogning faoliyatini kuzatishga, uning tabiiy qo‘l ishoralari va yuz mimikasi bilan uyg‘unlashib ketgan nutqiga javob berishga o‘rgandilar.
Nutqni rivojlantirishga oid mashg‘ulotlar mavzuiy tamoyilga rioya qilingan holda tashkil etildi. Ma’lumki, dasturda berilgan mavzular mazmunining bolalar hayotiga yaqin va bog‘liqligi («O‘yinchoqlar», «Oila», «Mevalar va sabzavotlar», «Oziq-ovqatlar», «Kiyimlar», «Oyoq kiyimlar», «Tana a’zolari», «Hayvonlar», «Jihozlar», «Idish-tovoqlar», «Bayram», «Ob-havo»), ta’lim muddatlari, muayyan mavsumiy davr bilan bog‘liq holda yil davomida takrorlanib keladi. Tevarak-atrof bilan tanishish, o‘yinlar, tasviriy faoliyat jarayonida mana shu mavzular birdek e’tibor markazida bo‘ldiki, bu nutqiy material mazmuni ustida ish olib borishda puxta ko‘rgazmali asos yaratishga imkon berdi. Taqdim etiluvchi lug‘at materiali turli maishiy vaziyatlarda, bolalarning erkin faoliyatida, tarbiyachi va surdopedagogning barcha mashg‘ulotlarida ishlatildi. Muayyan mavzu bo‘yicha nutqiy material hajmining uncha katta bo‘lmasligi e’tiborga olib borildi. Bu materiallarning bolalardan turli fikriy va nutqiy faollikni talab qiladigan turli xildagi o‘yinlarda, shuningdek, boshqa qator ish turlarida ishtirok etishlari jarayonida ko‘p martalab takrorlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Masalan, «Kiyimlar» mavzusi bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazishda har xil kiyimlarni ularning nomlarini atagan holda ko‘rib chiqish, turli ko‘rinishdagi ko‘ylaklar, shimlar va h.k. tasvirlangan rasmlarni tanlash, qirqilgan rasm qismlarini joy-joyiga qo‘yib chiqish, kiyimlarning yetishmagan qismlarini chizib to‘ldirish, qo‘g‘irchoqlarni kiyintirish kabi usullardan foydalanildi. Ana shunday pedagogik texnologiya bilan so‘z ma’nolari va iboralar mazmunini asosli o‘zlashtirish uchun shart-sharoit yaratildi.
Nutqiy muloqotni shakllantirish yetakchi masalalardan biri bo‘lganligi tufayli, o‘rganish uchun taqdim etilgan so‘zlar, ularning ma’nolari aniqlashtirilganidan so‘ng, nutqiy muloqot uchun xos bo‘lgan sintagmatik aloqalar ustida ishlash maqsadida iboralar tarkibiga qo‘shib borildi. Bolalar bilan muloqotda pedagoglar o‘z nutqlarini cheklamadilar, hatto, ancha sodda va kundalik turmushda ko‘p takrorlanadigan iboralarni tushunish bolalar uchun qiyinchilik tug‘dirishini hisobga olib, u yoki bu jihatdan keng qo‘llanadigan bazaviy konstruksiyalarning ma’nolarini aniqlashtirish va ular ustida ishlashga ko‘proq diqqat qaratdilar. Bunday konstruksiyalar asta-sekin murakkablashuv asosida qo‘llanildi. Avvalo, bolalarning kundalik faoliyatini tashkil qilishga yordam beruvchi oddiy da’vat konstruksiyalari qo‘llanildi: Aylanishga chiq(-ing). Uxla(-ng). Qo‘lingni yuv (art). Qo‘g‘irchoq (mashina, shar)ni ber (ol, ko‘rsat). Kel, o‘ynaymiz (rasm chizamiz, uy yasaymiz).
Ta’lim-tarbiya jarayonida muloqotga oid (kommunikativ) umumlashmalarni tushunishga o‘rgatish tanish so‘zlar va iboralar bilan kattalarga murojaat qilish usuli orqali amalga oshirildi: Halima opa, bering (ko‘rsating, oling).
Ikkinchi yarim yillikda nutq jarayoniga jumlalarning ma’nolarini aniqlashtirish va o‘zlashtirish uchun tarkibida hozirgi zamon fe’li bo‘lgan ibora-xabarlar kiritib borildi: Ana u bola (xola, qiz bola) yiqilib tushdi (uxlayapti, ovqatlanayapti, yuguryapti, o‘tiribdi). Bunday konstruksiyalarning tushunilishini xatti-harakatni rasmda ko‘rsatish va uning imitatsiyasi (taqlidi) ni og‘zaki va yozma shakldagi global idrok etilayotgan ibora bilan qiyoslash jarayonida ta’minlanishiga, shuningdek, fe’llarning leksik ma’nolarini shakllantirish uchun har bir so‘z bildirgan xatti-harakatning turli tasvirlari namoyish etilishiga diqqat qaratildi.).
Yalpi va yakka mashg‘ulotlarda, ilgari o‘zlashtirilgan nutqiy ko‘nikmalarning tez unutilishining oldini olish maqsadida, ta’limning dastlabki bosqichida egallangan lug‘atning muttasil faollashtirib borilishiga e’tibor qaratib borildi. Lug‘at yangi so‘zlar hisobiga ham, tanish so‘zlarning yangi shakllarini qo‘llash hisobiga ham boyitib borildi. Bunda so‘zlarning mavzulararo aloqalari, antonimik aloqalari (kiyin-echin, yoq-o‘chir), konversiyali aloqalari (tashla – il, yuvintirayapti – yuvinayapti) hisobga olindi.
Turli mavzularga oid mashg‘ulotlarda bolalarga tanish bo‘lgan so‘zlarning ko‘plab takrorlanishi hamda yangilarining kiritilishi va o‘zlashtirilishiga alohida ahamiyat berildi. Fe’llar va sifatlar boshqa turkumdagi so‘zlarga nisbatan faolroq kiritib borildi. Shuningdek, bolalar tomonidan umumlashtiruvchi so‘zlarning ma’nolarini yaxshiroq o‘zlashtirib olishlari uchun og‘zaki nutqda «O‘yinchoqlarni olib kel», «Idishlarni yig‘ishtir (ko‘rsat)» kabi iboralarni qo‘llash ko‘paytirildi.
So‘zlarning ma’nolarini yaxshiroq egallanishi maqsadida tarbiyalanuvchilar nutqiga antonimlar (kitoblarni oching – yoping, ruchkalarni tarqat – yig‘ib chiq), butun va uning qismlarini bildiruvchi so‘zlar (tulkining boshi, tanasi, oyoqlari, dumi bor) ham asta-sekinlik bilan kiritib borildi.
Bolalarning nutqiy ko‘nikmalarini faollashtirish, muloqot jarayonida o‘zlashtirilgan nutq vositalaridan foydalanish maqsadida pedagoglarning bolalarning so‘z vositasida muloqot qilishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlab borishlari yo‘lga qo‘yildi. Bunga pedagoglarning bolalarga nutqiy xulq-atvor namunalarini namoyish qilish: salomlashish, xayrlashish, minnatdorchilik bildirish, bolalarga iltimoslar va xabarlar bilan murojaat etishlari orqali erishib borildi. Bolalarning «Necha yoshdasan? Qaerda yashaysan? Oilangizda (uyingizda) kimlar yashaydi? Onangning ismlari nima?» kabi og‘zaki va yozma savollarga javob berib borishlari shu maqsadga yo‘naltirildi.
Mashg‘ulotlar, shuningdek, ulardan tashqaridagi ishlarda savollarni idrok etishga, javoblarda o‘zlashtirilgan nutqiy materialdan foydalana olish ko‘nikmalarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda ishning yashirin (yashirib qo‘yilgan) predmet bilan, keyinchalik esa yopiq rasm bilan ishlash kabi usullaridan foydalanishga ham keng o‘rin berildi. Avvalo bolalar yashirib qo‘yilgan predmet haqida so‘rab surishtirishga o‘rgatilsa («U yerda nima bor?», «U qanday?», «U kattami (kichikmi)?», «Rangi qanaqa?» kabi), so‘ng kattalarning parda ortida bajarayotgan xatti-harakatlari («Ulug‘bek nima qilayapti?»), shuningdek, rasmlardagi qahramonlar haqida («U yerda kim bor?», «U bola nima qilayapti?», «Qaysi bola?», «Uning ismi nima?» va h.k.) so‘rashga o‘rgatib borildi. Bunga dastlab bolalar tablichkalarni o‘qish va pedagogga taqlid qilish orqali jalb qilindi.
O‘qitishning ijobiy natijasi – deyarli barcha bolalarda dastlabki tasvirlash istagi, shuning o‘z maqsadlarini so‘z orqadi aniqlash imkoniyati yuzaga kelgan. Bolalarning ba’zilari ishning boshlanishiga qadar qanday ketma-ketlikda harkat qilishlarini aytib berishga harakat qilganlar. Ammo barcha ishning bosqichlarini avvaldan rejalashtirish katta guruhdagi Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalar uchun ham jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi, ular asosan eng yaqin bosqichlarni aniqlash bilan chegaralanadilar.
O‘qitishning eng muhim yutuqlaridan biri bolalarda, nutqiy va shaxsiy aloqga kirishish hohishlarini, taassurotlar bilan almashishi, birgalikdagi faoliyatning mazmuni bo‘yicha kelishib olishlarning yuzaga kelishidir.
3.2. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha bo‘yicha metodik tavsiyalar
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalar bolalarni kamol toptirish, maktab ta’limiga tayyorlash, ularda mavjud bo‘lgan kamchiliklarni korreksiya va kompensatsiyalash vazifalarini amalga oshiradi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun kar bolalarning so‘li nutqini fikrlash va muloqot qilish vositasi sifatida shakllantirish va rivojlantirish kerak. Shunday qilib, kar bolalarning nutkiy va umumiy rivojlanish jarayonlari uzviy bog‘likdir, zero bolaning umumiy kamol topishi zaminida ularning nutqiy rivojlanishi amalga oshiriladi. O‘z navbatida rivojlangan so‘zlashuv nutq, bolaning umumiy chegaralanib qolishi mumkin. Masalan, rasm chizish, qurish-yasash, applikatsiya mashrulotlarida nutq o‘stirishga me’yordan ortiq e’tibor berish oqibatida aynan tasviriy faolyat bilan shugullanishga vaqt yetmasligi mumkin. Ta’limning 1-2- yillarida turli faoliyatlarni tashkil etish jarayonida bolalar o‘rtasida to‘laqonli nutqiy muloqot o‘rnatilmasligi, ya’ni rasm chizish, loy va plastilin bilan ishlash mashg‘ulotlarida ular «dumalat, «yelimla» «yopishtir, «qirqib ol», «kvadrat» kabi so‘zlarni tushunsa ham ulardan foydalana olmasligi mumkin. Turli faoliyat jarayonida bolalar «ber», «ushla, «ol» kabi so‘zlar yordamida o‘zaro muloqotda bo‘la oladilar.
To‘gri va samarali tashkil etilgan turli xil faoliyatlar bolalar tafakkuri va nutqining shakllanishini ta’minlaydi. Bolalar faoliyatining rivojlanishi bilan ularning bilishga doir qiziqishlari va muloqotda bo‘lish ishtiyoqi o‘sib boradi va nutqning o‘sishiga yordam beradi.
Turli faoliyatlar jarayonida o‘zlashtirilgan so‘z va iboralar bevosita lug‘atni kengayishiga, gramatik jihatdan shakllanishiga xizmat qiladi.
Bevosita jonli muloqotda qo‘llaniladigan nutq, maxsus mashgulotlarda o‘zlashtirilgan nutqqa nisbatan puxtarok o‘zlashtiriladi. (B.D.Korsunskaya).
Maktabgacha yeshidagi kar bolalar ta’limida ogzaki, yozma, daktil nutq turlaridan foydalaniladi.
Ta’limning dastlabki bosqichlarida, og‘zaki nutq endigina shakllanib kelayotgan davrda bolalar imo- ishorali muloqotga to‘liq o‘tib ketishi havfi tugiladi. Imo-ishorali nutq bolalarning muloqotda bo‘lish ehtiyojini qondirgani uchun, so‘zlashuv nutqining o‘sishiga to‘sqinlik qiladi, ularda yangi so‘zlarni o‘zlashtirish, lugatni boyitish ishtiyoq so‘nib boradi. Daktil nutqning qo‘llanishi bu ziddiyatlarga barham beradi. B.D.Korsunskaya, L.P.Noskova, L.A.Golovchislar tomonidan daktil nutq yordamidagi muloqotni o‘rganish yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar, maxsus bolalar bog‘chasiga kelgan kar bolalar yil davomida 150-200 ta so‘zni o‘zlashtirib, ta’limning ikkinchi yilida bu lugat ularning nutqida faol ishlatila olishini ko‘rsatdi. Yilning ohiriga kelib bolalar bir-ikki takrorlashdan so‘ng so‘zlarni eslab koladi.
So‘zlashuv nutqdan o‘zaro muloqotda foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan vaziyatlarda ularning nutqqa bo‘lgan qiziqishi ortadi, bolalar buyummlar va harakatlar qanday atalishini so‘rab olishga va o‘z xohish istaklarinini so‘zlar yordamida bayon etishga intiladi.
Maxsus kar bolalar bog‘chasida ta’lim berish dasturining barcha bo‘limlarida, mashgulotlarda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan muayyan bilim va malakalar bilan birgalikda, turli faoliyat jarayonida egallaniladigan lugat boyligi, so‘zlar, so‘z birikmalari, matnlar belgilanadi. Nutqiy material bolalarning turli faoliyati jarayonida ularning muloqotda bo‘lish ehtiyoji hisobga olingan holda belgilanadi. Ya’ni, dasturda kun davomida, jismoniy tarbiya, rasm, loy va plastilin bilan ishlash, applikatsiya, qurish-yasash, mehnat, musiqa, tevarak-atrof bilan tanishtirish, elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish, mashg‘ulotlarida qo‘llanadigan nutqiy material berilgan. Shuningdek, dasturda nutq o‘stirish mashg‘ulotlari bo‘yicha maxsus nutqiy material belgilangan.
Shunday qilib, bolalar nutqini o‘stirish bo‘yicha korreksion faoliyat ikki yo‘nalishishda olib boriladi:
1. Turli faoliyatlar jarayonida bolalar nutqini o‘stiriladi.
2. Maxsus nutq o‘stirish mashg‘ulotlari tashkil etiladi.Shunday qilib, kar bolalar nutqini o‘strish ishlari kun davomidagi barcha faoliyatlar jarayonida uyushtirilgan muloqotda hamda maxsus nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida olib boriladi. Kar bolalar nutqining rivojlanish saviyasiga ko‘ra bu yunalishlarning ahamiyati va miqdori o‘zgarib boradi. Nutq o‘stirish ishini tashkil etish paytida so‘zli nuqning turli shakllaridan foydalaniladi. Kichik va o‘rta maktabgacha yoshdagi kar bolalarga ta’lim berish jarayonida ogaki nutq va yozma nutq yozuvli kartochkalardan global ravishda, ya’ni yaxlit qabul qilish uchung taqdim etiladi. Katta guruh bolalari analitik (harflarni tanigan holda) o‘qiydilar.
Shuningdek, bolalarni o‘qitishda daktil nutqdan foydalaniladi. Daktil nutq kichik guruh bolalari bilan global ravishda hamda analitik o‘qishga o‘rgatish va so‘zlashuv nutqni ustirish jarayonlarda qo‘llaniladi.
Ogzaki, yozma, daktil nutqlarning ta’lim berish hamda o‘zaro muloqotdagi o‘rni, nisbiy mikdori dasturning mazmuni va maqsadiga ko‘ra o‘zgarib boradi.
Kar bolalarning ta’limida daktil nugqning ishlatilishi dastur va metodikaning asosi bo‘lgan quyidagi tamoyillar bilan belgilanadi:
1)Kar bolalar ta’limining mazmunini eshituvchi bolalarga ta’lim berish dasturi mazmuniga imkoniyat boricha yaqinlashtirish 2)Nutqni nafaqat mashg‘ulotlar jarayonida, balki muloqot chogida ham o‘stirish.
Daktilologiya yunoncha daktilos - barmoq, logos - nutq so‘zlaridan kelib chiqadi. Daktilologiya barmoqlar vositasida tasvirlangan alifbo bo‘lib, kar va zaif eshituvchilarning o‘zaro muloqotida qo‘llaniladi. Daktil nutq- yozma va ogzaki nutqqa yaqin bo‘lgan so‘zli nutq shakli hisoblanadi.
Daktil nutqning ogzaki va yozma nutq oldidiagi afzalliklari nimada? Kar bolalarga ta’lim berishda, ularning nutqini shakllantirishda daktil nutqning o‘rni qanday ekan?
B.D.Korsunskayaning metodikasida daktil nutq 3-4 yoshdan boshlab faqatgina idrok etish ob’ekti bo‘lib qolmasdan, nutqni ifodalash vositasi sifatida xizmat qilish mumkinligi ko‘rsatiladi. Bunda bolalarning talaffuzi shakllanmaganiga qaramay, barcha so‘zlarni idrok etish hamda daktil orqali ifodalash imkoniyati tug‘iladi. Shuningdek, nutqni shakllantirish jarayonida bolalarning talaffuz imkoniyatlaridan emas, ularning muloqoti va bilishga doir faoliyatini rivojlantirish ehtiyojidan kelib chiqib nutqiy materialni tanlash mumkin bo‘ladi. Natijada lug‘at zahirasini kengaytirish yengilroq va tezroq kechadi. Kar bolalar tomonidan ertaroq va faol ravishda o‘zaro, hamda daktil alifboni bilgan eshituvchi kishilar bilan muloqotida so‘zli nutqdan foydalanish imkoni paydo bo‘ladi. Bunda nutqni egallash jarayoni asosli bo‘lib, ularning ehtiyojlari bilan boglanadi.
Hozirgi kungacha surdopedagoglar daktil nutq qaysi nutqqa imo-ishorali, yozma, yoki og‘zakiga yaqinligi to‘rrisida bahslar yuritilmoqda. Aksariyat olimlar daktil nutqni yozma nutq turi deb hisoblaydi. I.A.Sokolyanskiy ilk bor shakl va funksiya jihatdan daktil nutq ogzaki nutqqa yaqin ekanligini tasdiqlaydi. Daktil nutq bevosita muloqot qilish jarayonida bemalol ishlatilishi mumkin. Vaziyatga ko‘ra yuzning mimikasi, ifodali harakatlarning o‘zgarishi daktil nutqni og‘zaki nutqqa yaqinlashtiradi. Shu bilan birga, daktil nutq orzaki nutqsan farqli ularoq ko‘zga yaqqol tashlanadi va yaxshi farqlanadi.
Ma’lumki, orzaki nutqning KD,G,E,H,X,S,3,T,B,P,D,T. kabi tovushlar talaffuzini ko‘rib turib farqlash qiyin bo‘ladi.
Daktil harflarni esa ko‘rib o‘zlashtirish va farqlash mumkin. Daktil belgilar aniq va dona-dona qabul qilinadi va bolalar tomonidan bemalol ifodalanadi.
Daktil nutqning ahamiyati shundaki, u 2.5-3 yoshdan boshlab bolalar tomonidan idrok etilayotgan nutqni tahlil qilish, til birliklarini o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Bunday holat yozma nutqqa ham taalluqlidir. Biroq daktil harflar, yozma harflardan farqli ravishda bolalar tomonidan taqlid asosida aniq tasvirlanishi mumkin. Agarda bolalar atrofdagi kishilar u bilan va o‘zaro muloqotda daktil nutqdan foydalansa, kar bolalarning nutqi tuzilishi jihatdan eshituvchi bolalar nutqi kabi rivojlanadi. Faqatgina ogzaki yoki yozma nutq asosida nutqni to‘liq o‘zlashtirish imkoni bo‘lmaydi.
Daktil nutq maktabgacha yoshidagi bolalarning har xil faoliyatlarini tashkil etilishi bilan uygunlikda rivojlanib borishi uning afzalliklarini belgilaydi. Ya’ni, yozuvli kartochka yoki qo‘lga qarab o‘qishni taklif etib, bolalarga yangi so‘zlarni tez va oson o‘rgatish mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, imo-ishorali nutqdan keragidan ortiq foydalanishning oldi olinadi, so‘zli nutqning rivojlanishi jadallashtiriladi.
Demak, daktil nutqdan foydalangan holda kar bolalar tomonidan ilk davridanoq bevosita muloqotda qo‘llash imkoni yaratilishi, ularning ta’limida daktil nutqni ishlatish zaruratini belgilaydi.
Ko‘p yillar davomida daktil nutq idrok etish jihatdan osonligi va tushunarliligi uchun labdan o‘qish malakasini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi deb hisoblanardi. B.D.Korsunskaya, S.A.Zikov, F.F.Rau tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-pedagogik tadqiqotlar ,ogzaki va daktil nutqqa to‘rri o‘rgatib borilsa, daktil nutq labdan o‘qishga to‘sqinlik qilmasdan, aksincha bu malakalarning tez rivojlanishiga yordam berishini ko‘rsatdi. Chunki labdan nutqni tez o‘qib olishi uchun bolaning umumiy rivojlanishi yetarli darajada bo‘lishi va so‘zlarni to‘liq bilishi zarur. Metodikaga muvofiq daktil nutqdan foydalangan holda, tovush va harflar tarkibi tanish bo‘lgan so‘zlarni labdan o‘qishga o‘rgatiladi. Shuningdek, daktil nutq tovushlar talaffuzining sifatiga ham ijobiy ta’sir etishi ma’lum. Daktil nutqning qo‘llanilishi, tovushlar talaffuzini puhta o‘rgatish, mustahkamlash va farqlash imkonini beradi va hali yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan tovushni qo‘llashdan halos etadi. Chunki noto‘gri talaffuzning mustahkamlanishi nutqning noaniq bo‘lishiga olib keladi.
Albatta daktil nutq ta’lim berishning maqsadi etib belgilanmaydi, balki daktil nutqqa, so‘zli nutqning ogzaki va yezma shaklini tez sur’atda o‘zlashtirish vositasi sifatida qaraladi.
Daktilologiyani qo‘llab so‘zli nutqni muvaffaqiyatli egallanishi ko‘p hollarda daktil nutqdan metodik jihatdan to‘gri foydalanishi bilan belgilanadi.
Daktil belgilar taqlid asosida o‘zlashtirilgani uchun, daktil nutqdan foydalangan kishilar daktillash texnikasi , ya’ni qo‘l va barmoqlarning holatiga katta e’tibor berishi kerak.
So‘zlar o‘ng qo‘lda daktillanishi, qo‘l 30 gradusdan ortiq egilmasligi lozim. Daktillash jarayonida asosan barmoqlar ishtirok etishi, zarurat tugilganda , masalan «g», «sh», «t» va boshqa harflarni ko‘rsatishda kaftning minimal burish tavsiya etiladi. Daktillashda kaft bola tomon qaratilishi kerak, kaftni o‘ziga qaratilishi nutqni idrok etilishini qiyinlashtiradi. Tirsak gavdaga yaqinlashtirilib, qimirlamasligi, daktil belgini ko‘rsatib turib, keyingi belgini ko‘rsatishga tayyorlanish kerak.
har bir daktil belgi aniq ko‘rsatilishi,shu bilan birga daktil harflar uzilmasdan ravon ko‘rsatilishi talab etiladi. Ta’lim berishning dastlabki bosqichida tez su’atda daktillash daktil nutqni o‘zlashtirilishiga , so‘zdagi har bir tovushni aniq idrok etilishiga to‘sqinlik qiladi. Chunki kichik yoshdagi bolalar so‘zlardagi harflarni to‘laqonli idrok eta olmasdan, balki ular so‘zlar konturini yozuvli kartochkalardan yoki labdan o‘qigandek yaxlit qabul qiladilar. So‘zlar tez daktillanishi oqibatida bolalar global idrok etish bosqichida qolib, so‘zlardagi harflar tarkibini bilib olish sur’ati sekinlashadi. Dastlabki bosqichda bolalar katta kishilar ketidan aniq daktillashi, so‘zlardagi harflarni aniq idrok etishga yordam beradi. Shu sababli mazkur davrda kattalarning daktil nutqi ravon va shu bilan birga biroz sekinlashgan tezlikda bo‘lishi kerak.
Agarda bolalar «hayr» ning o‘rniga «Xayn» so‘zini aytishsa, daktillash paytida «R»va «N»harflar aniq daktillanmagandan dalolat beradi. Xuddi shunday «E», «S», «U», «Yu» va boshqa tovushlar almashtirib yuborilishi mumkin. Daktillash sur’ati sekinlashganda ham, harflar uzilmasdan ravon ifodalanishi kerak.
Bolalarga daktil nutq bilan murojaat etish chog‘ida bolalardan kattalar ketidan daktillash talab etiladi. Bundan tashqari, gaplarda daktil nutqning ifodali bo‘lishiga erishish, so‘zlar o‘rtasida, vergul va nuqtalardan keyin to‘xtalish, vergul va nuqtadan avval kelgan harflarga urgu berib daktillash talab etiladi. So‘z birikmalari va gaplar o‘rtasida ham pauzalar qilinadi So‘roq gapning ohirida havoda so‘roq belgisi chiziladi va yuz mimikasida ham so‘roq ifodalanadi. Nutqning aniq ravshan bo‘lishini ta’minlab, bolalardan ham to‘g‘ri daktillashni, so‘zlardagi qo‘shimchalarini aniq ifodalashni talab etish, yo‘l qo‘yilgan hatolarni darhol to‘rrilash, ya’ni so‘zni qaytadan to‘g‘ri daktillanishiga erishish zarur.
Bolalarda to‘g‘ri daktillash malakalarini shakllantirish uchun pedagog barmoqlarning to‘gri holatini ko‘rsatadi. Bolalar noto‘rri daktillagan chogida, namuna yana bir bor ko‘rsatiladi va hatolar to‘grilanadi. Vaqti bilan ushbu maqsadda «Daktilologiya» jadvalidan foydalaniladi. Bolalar jadvaldagi daktil belgini barmoq belgilari bilan solishtirishga o‘rganishi bilan, qiyinchiliklarga duch kelganida jadvaldan foydalanishga o‘rgatiladi.
Shunday qilib, daktil nutqdan foydalanishga o‘rgatishni quyidagi tartibda tashkil etish tavsiya etiladi:
1.Tayyorlov davridagi taqlid qilishga oid mashqlarga daktil belgilarning elementlarini, so‘ng daktil belgilarni kiritish tavsiya etiladi. Bunda daktil belgi harfni ko‘rsatmasdan turib beriladi. Ya’ni bolalar daktil belgilarni idrok etishga va ifodalashga o‘rganib, daktillashga tayyorlanib boradilar.
2. Daktil harflarni taqlid asosida ifodalashga o‘rganishi bilan bolalar bilan jadvalda harflar bilan birga berilgan daktil belgilarni ko‘rsatishga oid mashqlar olib boriladi. Bu davrga qadar guruhda daktil belgilar ko‘rsatilgan jadval ilib qo‘yiladi. Jadval asosida bolalar daktil belgi va harflarni taqqoslaydilar. Muloqotda daktil shaklidagi (ber, ol, ma, yana, bo‘ldi kabi) qisqa so‘zlardan foydalaniladi, bolalar esa bu so‘zlarni pedagog ketidan takrorlab daktillaydi. Bolalar pedagog ketidan takroran daktillab, muloqotda so‘zlardan foydalanishni, kunda ishlatiladigan so‘zlar ma’nosini bilib olishni, nutqiy muloqotga dastlabki qadam qo‘yishni o‘rganadilar.
3. Daktil o‘qishni mashq qildirish uchun yozuvli kartochkalardan foydalaniladi. Daktilni yaxshi o‘zlashtirmagan bolalar yoniga bosma harflar yozilgan qirqma daktil belgili alifbodan foydalanish tavsiya etiladi.
4. Bolalarda muayyan so‘z zahirasi to‘planganda, buyumlar va xatti-harakatlarni mustaqil ravishda nomlash bo‘yicha o‘yin-mashqlar olib borish maqsadga muvofiqdir.
5. Ta’limning birinchi-ikkinchi yillarida yozuvli kartochkalarni o‘qish va so‘zlarni mustaqil talaffuz etish chogida bolalar daktillashi mumkin. Ta’limning uchinichi yilida, agarda so‘zlar hali yaxshi o‘zlashtirilmagan bo‘lsa, daktillashga o‘tish mumkin bo‘ladi. Yaxshi o‘zlashtirilgan so‘zlarni daktillamasdan gapirishga maxsus o‘rgatib borish, muloqotda ham daktillamasdan gapirilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Daktil nutqqa o‘rgatish to‘gri tashkil etilsa, uch yoshli bolalar ikki oy muddatda, ikki yoshli bolalar 5-6 oy davomida o‘zlashtirilishini N.A.Moreva tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ko‘rsatdi. \
Ayrim hollarda so‘zni yozuvli kartochkada ko‘rsatib berish o‘rniga birdaniga uni daktillashga o‘tiladi.Yozma nutqni egallash deganda, yozma matnni tushunish va o‘z fikrlarini yozma ravishda bayon etishni tushuniladi. yozma nutq egallanishi uchun yozish va o‘qish texnikasini o‘zlashtirishi kifoya emas. Yozma nutq orzaki nutqdan tuzilishi, funksiyasi, ishlatilishi jihatdan farq qiladigan nutq hisoblanadi. L.S.Vigotskiy yozma nutqninig tuzilishi va sintaksisi ogzaki nutqning tuzilishiga nisbatan mukammalroq va kengaytirilganroq ekanligini e’tirof etib, hatto eshituvchi bolalar uchun ham yozma nutqni egallash qiyin ekanligini ko‘rsatgan. yozma ravishda bayon etilgan matnni idrok etishda imo-ishora, ohang, muayyan vaziyatning mavjudligi kabi ogzaki nutqning yordamchi vositalardan foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi, uni tushunish uchun ixtiyoriy diqqatni jamlash, bilish jarayonlarini kuchaytirish talab etiladi. Bundan tashqari, yozma nutqning yozilishi va taalaffuzi o‘rtasidagi farq ham yozma nutqni tushunishda muayyan qiyinchiliklarni turdiradi.
Maktabgacha surdopedagogika amaliyotida kartochkalarda yozilgan so‘zlarni global idrok etilishini yozma nutqni egallash deb hisoblanar edi. Biroq, yozma nutqqa L.S.Vigotskiy, R.M.Boskislar tomonidan berilgan tavsifiga ko‘ra, yozuvli kartochkalarni global idrok etilishi yozma nutqqa o‘rgatish vositasi emas, balki so‘zlarni qabul qilish jarayoninin yengillashtiradigan vositasi sifatida ko‘riladi. So‘zlarni labdan o‘qish, daktil nutqni qo‘ldan o‘qish, so‘zdagi har bir elementni alohida-alohida va ketma-ket idrok qilinayotganligi sababli, bolalar uchun qiyin. Bolalar bilan muomalada yozuvli kartochkalarni ishlatish chog‘ida muayyan vaziyat mavjudligi, daktil nutq, og‘zaki nutq kabi yordamchi vositalar, so‘zni yaxlit birlik sifatida idrok etilishi va bunday hol bolalar tabiatiga mosligi, nutqni qabul qilinishini osonlashtiradi.
Shunday qilib, kar bolalarga ta’lim berishda qo‘llanilgan yozuvli kartochkalar yozma nutqqa o‘rgatishga yordam berishini hisobga olib, yozuvli kartochkalarni shartli ravishda yozma nutqni qo‘llash deb qabul qilishimiz mumkin. gzma nutqqa o‘rgatishda turli jumlalalar hamda boglanishli nutqni tushunishga o‘rgatish ham nazarda tutiladi. gzma nutqqa o‘rgatish jarayoni muayyan izchillikda amalga oshiriladi.
Diqqatni rivojlantiruvchi tayyorlov mashqlarni o‘tkazish chog‘ida harflarni farqlashga o‘rgatib boriladi. Ayni paytda buyumlar nomi hamda buyruqlar nomi yozilgan kartochkalarni global ravishda farqlash uchun beriladi. o‘qishini o‘rganib olishi bilan bolalar mashgulotlar paytida va muomalada yozuvli jadvalchalarni daktil va ogzaki o‘qiydilar. Bolalarga buyruq-istak maylidagi 10-15 ta fe’lni tushunishga o‘rgatilgandan so‘ng, hozirgi zamon fe’llar ishtirokida darak gapni tushunish va mustaqil ravishda tuzishni o‘rgatiladi. Muomalada yozuvli kartochkalardan foydalangan holda, bolalar asta sekin o‘qish texnikasini egallab, yozilgan matnning mazmunini tushuna boshlaydilar va shunday qilib yozma nutqni to‘laqonli o‘zlashtirishga tayyor bo‘ladilar.
Ta’limning ikkinchi yilidan boshlab o‘qishga hamda jumla va matnlarni tuzishga o‘rgatish bo‘yicha sistematik ish olib boriladi. Jumla va matnlar ogzaki-daktil shaklda tuzilib bayon etilsa ham , bunday nutqni shartli ravishda «yozma nutq» deb tushunamiz, chunki matnlarda yozma gaplar tuzilishiga hos darak gaplardan foydalaniladi.
Yozuvli so‘zlardan foydalanishning qulay tomonlari quyidagilarda:
-Kichik maktabgacha yoshdagi kar bolalar nutqni faqat ko‘rish idroki vositasida qabul qila olishi sababli yozilgan so‘zlarni idrok qilish ularga osonroq hisoblanadi.
So‘zlardagi harflar tarkibini bilib olishdan avval bolalar, so‘zni biror narsa yoki xodisani ifodalovi hamda biror xatti-harakatga undovchi belgi sifatida qabul qilishga odatlanadilar. Ya’ni so‘zlarni tahlil qilib daktil va ovozni chiqarib o‘qishdan avval, bolalar.
So‘zlarni global idrok etib farqlaydilar, tegishli narsalar bilan solishtiradilar. Shunday qilib, yozuvli kartochkalardan foydalanib o‘qish texnikasiga o‘rgatish va yozma nutqqa o‘rgatish jarayonlari bir xil kechadi. gzuvli kartochkalar nutqdagi so‘zlarni qabul qilish hamda ogzaki yoki daktil shaklda bayon etishni yengillashtirish maqsadida qo‘llaniladi.Maktabgacha yoshidagi kar bolalarni ogzaki nutqini o‘stirish, ya’ni talaffuzi va labdan o‘qish qobiliyatini rivojlantirish nutqni rivojlantirish jarayonining tarkibiy qismidir. Ogzaki nutqin o‘stirish tizimi kar bolalarning talaffuzini shakllantirish xususiyatlari bilan belgilanadi.
N.A.Moreva, B.D.Korsunskaya, L.P.Noskova, L.Shmatko, L.A.Golovchis I.Kislisina, U.Fayziyev, F.Alimxodjayevalar tomonidan muloqotda daktil va yozma nutqdan foydalanib. ogzaki nutqni rivojlantirish ishini tashkil etish tamoyillari va metodik tavsiyalari ishlab chiqilgan. Mazkur metodikalarda orzaki nutqnig o‘rni quyidagicha belgilanadi:
Ogzaki nutq malakalari shakllanmaganligi uchun muloqotning dastlabki vositasi bo‘la olmaydi, bu o‘rinni yozuvli kartochkalar egallaydi. Shuningdek, ogzaki nutq muloqotda asosiy va yetakchi vosita ham bo‘la olmaydi, bo‘ rolni daktil nutq bajaradi. Shunday qilib, ogzaki nutq maktabgacha yoshdagi bolalar so‘zli nutqini shakllantirishda asosiy maqsad etib belgilanadi, sababi , eshituvchilar bilan muloqotda kar bolalar boshqa turdagi nutqdan foydalana olmaydilar.
Ogzaki nutq, muloqotda og‘zaki nutqdan foydalana olishni ta’minlash maqsadida rivojlantiriladi. Biroq , o‘qitish vositasi sifatida, bevosita muloqotda o‘zlashtira ololmasligi tufayli, ogzaki nutqdan ko‘ra yozma va daktil nutqlar afzalliklarga ega bo‘ladi. Bolalarga notanish bo‘lgan so‘zlar, iboralar, so‘z birikmalar ma’nosini og‘zaki tushuntirish imkoniyati bo‘lmaydi. Eng muhimi, daktil nutqdan farqli ularoq, ogzaki nutq bevosita muloqotda o‘zlashtirilishi qiyin. Ogzaki nutqni bolalar tomonidan o‘zlashtirilishi uchun maxsus metod va vositalarni qo‘llab, umumiy tarzidagi va yakkama-yakka mashrulotlarni tashkil etish talab etiladi; shuningdek, talaffuzga o‘rgatish, labdan o‘qishga o‘rgatish jarayoni murakkab bo‘lib, daktilga o‘rgatishga nisibatan ko‘proq vaqt va kuchni talab etadi.
Eshituvchi bolani o‘qitishda og‘zaki nutq bir vaqtning o‘zida ham muloqot vositasi ham o‘qitish vositasi va o‘qitish maqsadi bo‘lib hizmat qiladi.
Kar bolalarga ta’lim-tarbiya berishda ogzaki nutq dastlabki bosqichda o‘qitishning predmeti va maqsadi bo‘lib hizmat qiladi, asta sekin talaffuz va labdan o‘qish malakalari rivojlanishi bilan, og‘zaki nutq muloqot vositasi, ayrim hollarda o‘qitish vositasi bo‘lib hizmat qilishi mumkin.
Ogzaki nutqni o‘stirish dasturi va metodikasiga muvofiq bolalarni labdan o‘qishga o‘rgatish va talaffuzini shakllantirish nazarda tutiladi.Ogzaki nutqni ko‘rib idrok etish, ya’ni labdan o‘qish-murakkab jarayondir.
Ma’lumki, ayrim tovushlar talaffuzi ko‘zga ko‘rinmaydigan nutq a’zolarining harakati ishtirokida amalga oshiriladi, chunonchi, hiqildoq mushaklarining, yumshoq tanglay, diafragma, tilning orqa va yon qismlarining harakatlari ko‘zga ko‘rinmaydi. Artikulyatsiya a’zolarining ko‘zga ko‘rinadigan harakatlarini ham ko‘pincha bir biridan farqlash qiyin. Masalan b-p-m,d-t,s-z, k-q-h, sh-j tovushlar talaffuz etilayotganda bunday hol ro‘y beradi. Odatda, kar bolalar notanish bo‘lgan so‘zlarni labdan o‘qiy olmaydilar. Gapirish chogida so‘zlarga urgu berish, kerakli joyda to‘htalish, va nutq ohangini o‘zgartirish kabi jihatlarga e’tibor qilinmaganda ham nutqni tushunish qiyin bo‘ladi. Demak, muloqot jarayonida kar bolalar faqat tanish bo‘lgan, hech bo‘lmasa daktil ravishda o‘zlashtirilgan so‘zlarni labdan o‘qishlari mumkin.
Labdan o‘qish malakalarini rivojlantirishda bolalarning umumiy va ayniqsa nutqiy rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etib, nutqni tushuna olish qobiliyatini belgilaydi. Shu sababli, labdan o‘qishga o‘rgatish tanish bo‘lgan, ya’ni avval daktil ravishda o‘zlashtirilgan material asosida olib boriladi. Labdan o‘qishga bolalar barcha turdagi mashgulotlarda hamda kundalik muloqot jarayonida o‘rgatiladi.
Dastlabki davrda olib boriladigan mashqlar bundan mustasno. Dastlabki davrda, bolalar hali harflarni bilmasdan turib, ularni nutqiy muloqotga yo‘naltirish maqsadida, so‘zlarni global ravishda farqlash hamda labdan o‘qish uchun bir nechta so‘zlar beriladi. Bolalar o‘qishni boshlashi hamda ayrim so‘zlarni hatto daktil shaklida o‘zlashtirishi bilan , ularni nutqni labdan o‘qishni mashq qildirish kerak bo‘ladi. Bundan avval, kattalar ketidan so‘zlarni takroran talaffuz qilishga o‘rgatib boriladi,sababi so‘zni talaffuz qilinishi uni labdan o‘qib bilib olishiga yordam beradi.
Bolalar bilan muloqotda bo‘lgan kishilarning to‘gri artikulyatsiyasi labdan o‘qish jarayonini osonlashtiradi. Buning uchun kattalar tomonidan bir hil artikulyatsiya qilinishiga erishish hamda tovushlarni aniq va ravshan talaffuz etish talab etiladi. Gapiraetgan kishining nutq tezligi biroz sekinlashgan bo‘lishi, so‘zlarni bo‘rttirib talaffuz etish, bo‘ginlab gapirishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Maxsus mashqlar o‘tkazish chogida, o‘zlashtirilgan material normal tezlikda beriladigan bo‘lsa, bevosita muloqotda nutq tezligi biroz sekinroq bo‘lib qolishi, artikulyatsiya esa ravon, ifodali bo‘lishi kerak. Dastlabki davrda tarbiyachi va pedagoglar ko‘zgu yonida to‘rri artikulyatsiya mashqlarini bajarib turishlari lozim.
Labdan o‘qishga o‘rgatish jarayoni samarali bo‘lishi uchun har kungi nutq zaryadkasi mashqlariga ko‘p uchraydigan nutqiy materialni o‘yin tarzida berish tavsiya etiladi.
Labdan o‘qish bo‘yicha dastlabki mashqlarni quyidagicha tashkil etish mumkin.
Bolalarni pedagog artikulyatsiyasiga taqlid qilishga o‘rgatilgandan so‘ng, so‘zlarni yaxlit ravishda(global) labdan o‘qishga o‘tiladi. Bolalar pedagogning ro‘parasiga yarim doira shaklida o‘tkaziladi. Pedagog bolalar diqqatini o‘ziga jalb qilgan holda, ularning to‘gri o‘tirishini tekshirib chiqadi, so‘ng chapak chaladi. Bolalar uning ketidan takrorlaydi. Undan keyin pedagog boshini ko‘rsatib, «bosh» deydi va bolalarni o‘z harakatlarini takrorlashga undaydi. huddi shunday, ko‘z, qosh, ogiz, quloq, tish, til, burunni ko‘rsatib so‘zlar talaffuz etiladi, bolalar taqlid qilib gapirishga harakat qiladilar.
Dastlabki mashqlar muayyan ketma-ketlikda 3-4 marta har kuni bajariladi. So‘zlarni farqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelgan holda, pedagog so‘zlarning artikulyatsiyasiga bolalar diqqatini jalb qiladi va talaffuzdagi farqni ajratishga yordam beradi. Masalan «bosh» so‘zida «osh», ko‘z so‘zida «o‘z», «quloq» so‘zida «ulo», «burun» so‘zida «uru» degan tovushlar birikmasiga bolalarning e’tibori qaratiladi.
Bir haftadan so‘ng mashqlardagi so‘zlarning ketma-ketligi o‘zgartiriladi. Bolalar bu so‘zlarni labdan o‘qishga o‘rganib olganda (3-4 kundan so‘ng), boshqa so‘zlar beriladi ( masalan, o‘yinchoqlar). Bu mavzudagi so‘zlar ham dastlab muayyan ketma-ketlikda, keyin aralash holda labdan o‘qishga beriladi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda bolalar har bir guruhdagi alohida-alohida berilgan so‘zlarni labdan o‘qiydilar. Bunda artikulyatsiyasi o‘xshash (tish-til,ko‘z-qo‘l,quyon,-mushuk-mashina kabi)so‘zlarni yonma-yon berilishi kerak emas.
Keyinggi bosqichda birchinchi va ikkinchi guruhdagi so‘zlar aralashgan holda berilishi kerak. Masalan, boshni ko‘rsat . Koptokni ber. Qo‘lni ko‘rsat va hokazo.
Odatda, bolalar bunday so‘zlarni global ravishda farqlashni 15-25 kun davomida o‘rganib olishlari mumkin. Mazkur malakalarni egallashi bolalarning yoshi, alohida xususiyatlari, mashg‘ulotlarning tashkil etilishiga bog‘liqdir. Labdan o‘qish mashqlarni o‘tkazishda quidagi qoidalarga rioya etish zarur:
1. Labdan o‘qish uchun berilgan so‘zlar birhil mavzuga oid bo‘lishi kerak. (Masalan bosh qismlari, o‘yinchoqlar).
2. Bir vaqtning o‘zida 2-3 tadan ortiq bo‘lmagan mavzular doirasidagi so‘zlar berilishi kerak.
3. Har bir mazuga oid guruhdagi so‘zlar soni 3-5tadan ortmasligi, talaffuzi o‘xshash so‘zlarni yonma-yon bermaslik kerak.
yozuvli kartochkalarda berilgan so‘zlarni farqlashni o‘rganishi hamda ayrim so‘zlarni daktil va og‘zaki ravishda talaffuz qilishi bilan ushbu so‘zlar labdan o‘qish uchun beriladigan mashqlarga kiritiladi. Daktil ravishda o‘zlashtirilgan so‘zlar global ravishda qabul qilingan so‘zlarga nisbatan bolalar tomonidan tezroq farqlanadi.
Labdan o‘qishga o‘rgatish jarayonida turli o‘yinlardan foydalaniladi. Masalan, « qani, ko‘rsat-chi» o‘yinida, olib boruvchining qani? degan ko‘rsatmasiga muvofiq, bolalar tegishli narsani ko‘rsatib berishi kerak. dastlab topshiriq barcha guruh bolalariga beriladi, keyin 2-3 ta bola topshiriqni bajaradi, qolganlar to‘gri bajarayotganini kuzatadi. Keyinchalik, yaxshiroq gapiradigan bolalarni olib boruvchi etib tayinlash mumkin. o‘yinga mavzu jihatdan bir xil so‘zlar beriladi. o‘yinni qiziqarliroq o‘tishi hamda bolalarda umumlashtiruvchi tushunchalar hosil bo‘lishi uchun, buyumlardan tashqari, tegishli o‘yinchoq va rasmlardan foydalaniladi.
Labdan o‘qish uchun rasmli «loto» o‘yini ham o‘tkaziladi. Bolalar so‘zlarni labdan o‘qib, pedagog ketidan talaffuz etadilar. Bunday so‘zlarning talaffuzi og‘izni ochib yopish, labni reflektor ravishda qimirlatish orqali so‘z konturini ifodalash ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Alohida tovushlarni talaffuz qilishga o‘rganib olgandan so‘ng, bolalarda unli yoki undosh tovushlar, bo‘g‘inlar, qisqargan so‘zlar vositasida gapira oladilar. Bunday g‘uldirab gapirish ham kattalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ragbatlantirilishi kerak.
Tovushlar talaffuzi o‘zlashtirilgach, labdan o‘qish paytida, bolalarning pedagog ketidan so‘zlarni aniqroq takrorlay boshlaydilar. Bevosita muloqot chogida daktillash bilan birga ogzaki gapirish tavsiya etiladi. Asta sekin bolalar javoblari faqat og‘zaki nutq ko‘rinishida bo‘lishi kerak.
Bolalar bog‘chasidaa yildan yilga murakkablashib borayotgan labdan o‘qish mashqlari olib boriladi. har kuni birinchi mashgulotning boshidagi nutq mashqlariga labdan o‘qish uchun material kiritiladi. Labdan o‘qish uchun berilgan material keyinchalik faqat og‘zaki muloqotda qo‘llanilishiga erishish kerak. Bolalar tomonidan nutqiy materialni labdan o‘qishda qiyinchiliklar mavjud bo‘lganda,so‘zlar daktil ravishda yoki yozuvli kartochkalarda beriladi, so‘ng yana og‘zaki talaffuz etiladi. Bolalarga ogzaki murojaat etilganda gapiruvchi oradagi masofa 1 metrdan kam bo‘lmasligi, gapiruvchining yuzi yaxshi yoritilishi, va imkon boricha bolalar yuzining ro‘parasida bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, maktabgacha tarbiya yoshidagi kar bolalarni labdan o‘qishga o‘rgatishda quyidagi metodik qoidalarga rioya etiladi.
1. Labdan o‘qish bo‘yicha maxsus mashqlarni olib borishda, tanish bo‘lgan va o‘zlashtirilgan nutqiy materialdan foydalaniladi.
2. Mashqlarni olib borishdan avval, nutqni global idrok qilish asosida labdan o‘qishga yo‘naltirish, bolalarga murojaat etilgan nutqni pedagog ketidan takrorlash malakalarini shakllantirish talab etiladi.
3. Bolalarga murojaat qilganda normal artikulyatsiyaga rioya etish, biroz sekin sur’atda gapirish zarur. Bo‘ginlab gapirishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Faqatgina yaxshi o‘zlashtirilgan nutqiy material ishtirokidagi maxsus mashqlarda nutq tezligini me’erga yetkazish mumkin bo‘ladi.
4. Ta’limning birinchi yilida labdan o‘qishga berilgan topshiriqlarni darhol bajarish odatini rivojlantirish maqsadida, topshiriqlar mazmuni pedagog ketidan takrorlash talab etilmaydi.
5. Agarda, murojaat etilgan nutk; ikki marta berilgandan so‘ng bolalar tomonidan labdan o‘qiy olinmasa, so‘zlar daktillanadi yoki yozuvli kartochkalardan o‘qishga beriladi, keyin yana labdan o‘qib olishga beriladi. Bola berilgan jumladagi biror so‘zni labdan o‘qishga qiynalsa, jumla to‘liq takrorlanadi.
6. Ogzaki muloqot jarayonida yangi so‘z berilsa, u albatta avval daktillanishi kerak. Labdan o‘qish uchun mashqlarda, yoki mumalada tanish so‘zlar bilan murojaat etganda daktillash kerak bo‘lmaydi.
7. Labdan o‘qish uchun bir xil mavzuga oid so‘zlar ishlatiladi, muntazam ravishda nutqiy material takrorlanib turadi. Muloqotda ko‘p uchraydigan so‘zlar barcha yillar davomida mashqlarga kiritiladi.
8. Gapirish bilan birga daktillash chogida so‘zlayotgan kishining qo‘li yuzidan pastda, ko‘krak chizig‘ida bo‘lishi kerak. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda pedogogik texnologiya o‘quv faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. U tafakkur faollashishiga, tanqidiy mushoxada qilishga, nutqning rivojlanishiga, u yoki bu vazifani bajarishga qiziqish uyg‘otadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning qiziqish va qobiliyatlarini faollashtirish, ularning yangi materialni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda maqsadga erishishni ta’minlovchi ta’lim usullari kuchli motivlashtiruvchi omildirHozirgi vaqtda Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning nutqini o‘zaro muloqotlar orqali rivojlantirish va eshitish idrokini rivojlantirishda shaxsiy munosabatlarni hisobga olgan holda o‘qituvchi va o‘quvchilar guruhi (o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘quvchi) faoliyat ko‘rsatishlari zarurligi ma’lum. Chunki guruhdagi faoliyatlar o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zaro muloqot Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarda fikr almashish va so‘zlashuv malakasini shakllantirishga imkon yaratadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalar og‘zaki nutg‘ini muloqat quroli sifatida shakllantirishdan rivojlantirishda pedogogik texnologiya qo‘llash zarurati mazkur usullarning samaradorligini, kerakli bilim va ko‘nikmalar egallashda ahamiyatli ekanini dalillamokdaEshitishda nuqsoni bo‘lganbolalar shaxsiy sifatlari shakllanishida, nutqiy rivojlanishni va nutqiy muloqotni amalga oshirish eshitish idrokini rivojlantirishda pedogogik texnologiya ahamiyati katta. Ma’lumki, rolli o‘yinlar ob’ektiv olamdagi inson amaliy faoliyatini shartli ravishda aks ettirishda, ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rollarga asoslangan o‘yinlar Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalar nutqini faollashtiradi va motivlashtiradi. Pedogogik texnologiya eng muhim yutuqlaridan biri bolalarda, nutqiy va shaxsiy aloqga kirishish hohishlarini, taassurotlar bilan almashishi, birgalikdagi faoliyatning mazmuni bo‘yicha kelishib olishlarning yuzaga kelishidir.
MTMda pedogogik texnologiya asosidagi mashg‘ulotlar qo‘yiluvchi talablar atroflicha muhokama qilindi hamda tizimlashtirilgan holda taqdim etildi.
.
MASHG‘ULOTLARDAN NAMUNALAR
Guruh: Tayyorlov guruhi
Mashg‘ulot: Nutq o‘stirish
Ajratilgan
vaqt: 35 daqiqa
Mashg‘ulot
mavzusi: Idish-tovoqlar va kiyimlar
Mashg‘ulotning
maqsadi:
• predmetlarning nomlarini mustahkamlash;
• predmetlarni guruhlashtirishga oid bilimlarni mustahkamlash;
• bolalarning bir-birlari bilan muloqot o‘rnata olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
• jamoada birgalikda ishlash ko‘nikmalarini shakllan-tirish.
Jihozlar: Har bir kichik guruh uchun ikkitasi yelimlab birlashtirilgan 3 ta ustunga bo‘lib qo‘yilgan A 4 o‘lchamli qog‘oz, 3 turkum predmetlariga oid jami 12 ta rasmli tablichkalar (idish-tovoqlar (5 ta), kiyimlar (5 ta), jihozlar (2 ta); bunda 3 turkumga oid rasmlar hamma guruh uchun aynan bir xil bo‘lishi shart emas), rasmlarga mos so‘zlar nomi, 5 sm X 5sm o‘lchamda qirqib tayyorlangan idish-tovoqlar va kiyimlardan biri chizilgan guruhdagi bolalar soni bilan teng bo‘lgan tablichkalar (guruh bolalarini ikki guruhga bo‘lish uchun), mustahkamlash uchun bosma harflardagi so‘z hamda jumlalar yozilgan tablichkalar, skotch, yelim.
Imkoniyat: Ushbu mashg‘ulot oldin o‘tilganlarni mustahkamlash va yangi o‘tiladigan «Jihozlar» mavzusi uchun «ko‘prik» vazifasini o‘taydi.
Jarayon (mashg‘ulotning borishi)
1-bosqich: Mashg‘ulotga bolalarning diqqati avvalgi mashg‘ulotda o‘tilganlarni takrorlashga qaratilgan savolga og‘zaki javob olish orqali jalb qilinadi(.Quyosh strategiyasi)
2- bosqich: Har bir boladan shakllar tasvirlangan yopiq tablichkalardan bittasini tanlash so‘raladi.
3-bosqich: Bolalardan o‘rinlaridan turib, o‘zlari singari shakl aks ettirilgan tablichkalari bo‘lgan ishtirokchilar bilan guruhlarga birlashishlari so‘raladi.
4-bosqich: Bolalar guruhlarga bo‘lingach, o‘zlari uchun ajratilgan davra atrofiga o‘tiradilar(.Doira texnologiyasi)
5- bosqich: Doskaga avvaldan uch ustunga bo‘lib yozilib, tayyorlanib qo‘yilgan flipchart qog‘ozi osiladi.
6- bosqich: Har bir guruh uchun rasmlar to‘plami va har bir rasmning nomi yozilgan 3 tadan tablichkalar: «Idish-tovoqlar», «Kiyimlar», «Unisi ham, bunisi ham emas» topshiriladi.
7- bosqich: Topshiriq tushuntiriladi: «Berilgan rasmlarni bir-biriga mosligiga qarab uch ustunga joylashtirib chiqing». Guruhlar rasmlarni ajratib ustunlarga qo‘yib chiqadilar.
8-bosqich: Bolalar topshiriqni bajarib bo‘lishgach, keyingi topshiriq beriladi: «Berilgan 3 ta tablichkalardan ustunlarni nomlashga moslarini tanlab, tepasiga yopishtiring: «Idish-tovoqlar» , «Kiyimlar» , «Unisi ham, bunisi ham emas».
9- bosqich: Muhokamadan so‘ng har bir ustunning tagiga umumlashtiruvchi so‘z yozilgan tablichkani tanlab, yelimlaydilar. Ish uchun ajratilgan vaqt tugagach, to‘xtatishni bildiruvchi belgi (signal) beriladi.
10- bosqich: Guruhlar taqdimoti doska oldida topshiriqni bajarib bo‘lganiga ko‘ra navbatma-navbat o‘tkaziladi. Taqdimot mobaynida guruhlar bir-birlarini nazorat qilib boradilar.
11- bosqich: Guruhlar rag‘batlantiriladi.
12- bosqich: Surdopedagog savol beradi: «Uchinchi ustunni qanday nomlash mumkin?» Bolalar muhokamasi (taklifi) dan so‘ng pedagog doskaga «Jihozlar» so‘zini yozib qo‘yadi.
13- bosqich: Har bir bolaga keyingi mashg‘ulotgacha jihozlarga oid so‘zlarni topib kelishlari aytiladi.
Guruh: Ta’limning ikkinchi yili
Mashg‘ulot: Nutq o‘stirish
Ajratilgan
vaqt: 35 daqiqa
Mashg‘ulot
mavzusi: Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar
Mashg‘ulotning
maqsadi:
• tarbiyalanuvchilarning uy va yovvoyi hayvonlar haqidagi tushunchalari hamda nutq boyligini mustahkamlash, kengaytirish;
• labdan o‘qish va eshitish idrokini rivojlantirish;
• predmetlarni guruhlashtirishga oid bilimlarni mustahkamlash;
• barcha bolalarning bir-birlariga o‘rgatishlariga va bir-birlaridan o‘rganishlariga erishish;
• bolalarning o‘zaro muloqot o‘rnata olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
• jamoada birgalikda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Jihozlar: Yangi va mustahkamlash uchun beriluvchi so‘z hamda jumlalar yozilgan tablichkalar, marker yoki flomaster (har bir guruh uchun 1 tadan ko‘k va 1 tadan qizil ), yozuv qog‘ozi (A 4 o‘lchamli), flipchart qog‘ozi, har bir guruhga bittadan 3 ta ustunga bo‘lib qo‘yilgan flipchart qog‘ozlari, 15 sm X 5sm o‘lchamda qirqib tayyorlangan qo‘y, it, ayiq, tulki, sigir so‘zlari yozilgan (yozuvlar kengligi 4-5 sm qilib qog‘ozlardan kesib olingan tasmalarga bosma harflarda marker (qalin flomaster) yoki flomasterda yozilishi lozim) guruhdagi bolalar soni bilan teng bo‘lgan tablichkalar, skotch.
Jarayon (mashg‘ulotning borishi)
1-bosqich: Mashg‘ulotga bolalarning diqqati ko‘rsatilgan 4-5 ta rasmning nomini so‘rash orqali jalb qilinadi.(Kema texnologiyasi)
2- bosqich: Har bir bolaga tanlash uchun yopiq holatdagi tablichka taklif etiladi. Tarbiyalanuvchilar bittadan tablichka oladilar.
3-bosqich: Bolalardan tanlab olgan tablichkalarini hech kimga ko‘rsatmasdan o‘qishlari va o‘rinlaridan turib, tablichkadagi hayvonning tovushiga taqlid qilishlari hamda boshqa bolalarning tovushlariga diqqat bilan quloq tutib, o‘ziga mos sheriklarini topib, guruh tashkil qilishlari so‘raladi.
4-bosqich: Bolalar guruhlarga bo‘lingach, o‘zlari uchun ajratilgan davra atrofiga o‘tiradilar. (.Doira texnologiyasi)
5- bosqich: Har bir guruhga bolalar uchun tanish bo‘lgan uy va yovvoyi hayvon nomlari aralash holda berilgan so‘zli tablichkalar tarqatiladi va ulardan so‘zlarni ikki ustunga ajratib joylashtirib chiqishlari so‘raladi.
6- bosqich: Ish uchun ajratilgan vaqt tugagach, to‘xtashni bildiruvchi belgi (signal) beriladi. Har bir guruhga toza flipchart qog‘ozi tarqatib chiqiladi hamda doskaga quyidagi topshiriq osib qo‘yiladi va tushuntiriladi(Veen strategiyasi)
«Rasmlar nomini ikki ustunga quyidagicha joylashtiring: «Uy hayvonlari», «Yovvoyi hayvonlar»»
7-bosqich: Ish uchun ajratilgan vaqt tugagach, to‘xtashni bildiruvchi belgi (signal) beriladi.
8- bosqich: Guruhlar taqdimoti doska oldida topshiriqni bajarib bo‘lganlariga ko‘ra navbatma-navbat o‘tkaziladi.Taqdimot mobaynida guruhlar bir-birlarini tekshirib boradilar.
9- bosqich: Guruhlar rag‘batlantiriladi.
10- bosqich: Har bir bolaga keyingi mashg‘ulotga uy va yovvoyi hayvonlarga oid 4 tadan so‘z topib kelishlari so‘raladi.
6- bosqich: Bolalardan berilgan shaklllarni to‘rt ustunga quyidagi tarzda joylashtirish so‘raladi: «Doiralar» «Uchburchaklar», «To‘rtburchaklar», «Unisi ham, bunisi ham emas».
7-bosqich: Guruhlar shakllarni nomiga ko‘ra flipchart qog‘ozidagi tegishli ustunga yopishtirib chiqadilar. Ish uchun ajratilgan vaqt tugagach, to‘xtashni bildiruvchi belgi (signal) be riladi.
8- bosqich: Guruhlar taqdimoti doska oldida topshiriqni bajarib bo‘lishga ko‘ra navbatma-navbat o‘tkaziladi. Taqdimot mobaynida guruhlar bir-birlarini nazorat qilib boradilar.
9- bosqich: Guruhlar rag‘batlantiriladi. Tarbiyalanuvchilarga keyingi mashg‘ulotga turli shakldagi jihozlarga mos misollar topib kelishlari topshiriladi.
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalar bolalarni kamol toptirish, maktab ta’limiga tayyorlash, ularda mavjud bo‘lgan kamchiliklarni korreksiya va kompensatsiyalash vazifalarini amalga oshiradi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun kar bolalarning so‘li nutqini fikrlash va muloqot qilish vositasi sifatida shakllantirish va rivojlantirish kerak. Shunday qilib, kar bolalarning nutkiy va umumiy rivojlanish jarayonlari uzviy bog‘likdir, zero bolaning umumiy kamol topishi zaminida ularning nutqiy rivojlanishi amalga oshiriladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning kattalar bilan aloqa qilish vositasi sifatida nutq funksiyasi insonning keyigi verbal va shaxs rivojlanish asosida yotadi. Shuning uchun nutqni rivojlantirish bo‘yicha korreksion – tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlarning biri – qandaydir boshqa bir faoliyat bo‘yicha (predmetli, o‘yin va hokazo) nutqiy muloqat uchun sharoit yaratishdir. Kommunikativ so‘zlashuv (bayon etishning) barcha turlarini egallab olishning va shu bilan birga so‘zlarning sintagmatik munosabatlarini egallash nutq o‘stirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Boladagi nutqning qiyinchiliklarni bartaraf etishda individual korreksiyalash mashg‘ulotlari katta ahamiyatga ega.Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni nutqga o‘rgatishda bunday yondashishda ular nutqiy, shaxsiy rivojlanishida har tomonlama kamol toptirish hamda maktab ta’limiga tayyorlashda ancha yuqori darajalarga erishishlari mumkin
XULOSA
1.Kar va eshituvchi bolaning har tomonlama kamol toptirish hamda uni maktab ta’limiga tayyorlash har tomonlama kamol toptirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash uning nutqiy rivojlanishi bilan bevosita borliqdir, kar bolalarning nutqi faqat ularning umumiy rivojlanishi negizida shakllanish mumkinligini, shu bilan birga ularning umumiy kamoloti so‘zli nutqining rivojlanish darajasiga bogliqligi L.S.Vigotskiy, F.F.Rau, L.P.Noskova, L.A.Golovchis, I.Kislisina, U.Fayziyev, F.Alimxodjayeva va boshqa olimlarning asarlarida e’tirof etiladi.Ilk davrda kar va eshituvchi bolalar o‘rtasidagi farq sezilmaydi, nutqacha bo‘lgan davrda kar bolalarga xuddi eshituvchi bolalarga kabi ovoz chiqarish, gugulash, so‘ng guldirashdek nutq ko‘rinishlari hos bo‘ladi. Keyinchalik, eshituvchi bolalar atrofdagilar nutqini eshitib va ularga taqlid qilib gapirishni boshlaganda kar bolalarning nutqi rivojlanmay qoladi, mavjud nutq ko‘nikmalari ham so‘nib boradi.
2. Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini eksperemental o‘rganish natijalari mazkur kategoriyadagi bolalarning nutqi tizimli buzilishlarga ega ekanliklari va bu buzilishlar nutqning barcha tomonlarini qamrab olganligini ko‘rsatadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda impressiv va ekspressiv nutq buzilganligi, shuningdek, nutqning fonetik, leksik va grammatik qurilishida murakkab nuqsonlar borligi aniqlandi.Tekshirilgan eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutqiy aloqaga bo‘lgan ehtiyojning kamligi, nutqiy faoliyatiga bo‘lgan intilishning buzilganligi aniqlandi. Bolalarning ko‘pchiligida nutqiy aloqaning savol-javob darajasida ekanligi kuzatildi. Aksariyat bolalarda murakkab nutq ko‘lami juda oz. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini o‘stirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda barcha holatlarda muloqatga (aloqa qilishga) bo‘gan intilishni yuzaga keltirish va ehtiyojini shakllantirish lozim.
3. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning kattalar bilan aloqa qilish vositasi sifatida nutq funksiyasi insonning keyigi verbal va shaxs rivojlanish asosida yotadi. Shuning uchun nutqni rivojlantirish bo‘yicha korreksion – tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlarning biri – qandaydir boshqa bir faoliyat bo‘yicha (predmetli, o‘yin va hokazo) nutqiy muloqat uchun sharoit yaratishdir. Kommunikativ so‘zlashuv (bayon etishning) barcha turlarini egallab olishning va shu bilan birga so‘zlarning sintagmatik munosabatlarini egallash nutq o‘stirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Boladagi nutqning qiyinchiliklarni bartaraf etishda individual korreksiyalash mashg‘ulotlari katta ahamiyatga ega.Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni nutqga o‘rgatishda bunday yondashishda ular nutqiy, shaxsiy rivojlanishida har tomonlama kamol toptirish hamda maktab ta’limiga tayyorlashda ancha yuqori darajalarga erishishlari mumkin.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |