Eshitmaydigan telefon


Download 402.4 Kb.
bet5/9
Sana01.04.2023
Hajmi402.4 Kb.
#1318581
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
olimp

12-masala: Maktab algebrasi Ikkita x va y o’zgaruvchili a+bx+cy uchhad a, b va c koeffitsientlari orqali bir qiymatli aniqlanadi. Berilgan a, b va c orqali quyidagi algebraik qoidalarga ko’ra yozilgan uchhadning ko’rinishini chop qiluvchi dastur tuzing: · agar x yoki y qatnashgan haddagi koeffitsient moduli 1 ga teng bo’lsa, bu koeffitsient tashlab yuboriladi. · Koeffitsienti 0 ga teng bo’lgan had tashlab yuboriladi(agar barcha koeffitsientlar 0 ga teng bo’lsa, bu uchhad 0 ko’rinishda bo’ladi). · “+” ishorasi manfiy koeffitsient oldidan kelsa yozilmaydi. · “+” ishorasi ifodaning boshida kelsa yozilmaydi · Koeffitsient va o’zgaruvchi orasidagi kopaytirish belgisi yozilmaydi. Bunda hadlarning o’rnini almashtirtish ta’qiqlanadi. 33 Kiritish: 3 ta koeffitsient lar a, b va c bo’sh joy tashlab yozilgan, ularning har biri absolyut kattaligiga ko’ra 30000 dan katta emas. Chiqarish: Algebraik qoidalarga asosan yozilgan uchhad chiqariladi.


13-masala: EKUB Ikkita natural A va B sonlarning eng katta umumiy bo’luvchisini (EKUB) toping. Kiritish: A va B natural sonlar beriladigan. Chiqarish: Sonlarning eng katta umumiy bo’luvchisini (EKUB)ni chiqaring.

14-masala: Baxtdan bir qadam masofada Bilet nomeri olti xonali sondan iborat birinchi uchta va oxirgi uchta raqamlari yig’indisi bittaga farq qiladi. Shu biletdan bitta oldingi yoki bitta keyingi biletlardan birortasi baxtlimi?(ya’ni birinchi uchta va oxirgi uchta raqamlari yig’indisi tengmi?) Kiritish: Birinchi qatorda K-testlar soni. Keyingi K ta qatorda biletlar nomerlari.Testlar soni o’ndan ortiq emas. Chiqarish:Masala yechimiga mos baxtli bo’lsa Yes aks holda No.


15-masala: Birlar Berilgan sonning ikkilik sanoq sistemasidagi ko’rinishida nechta 1 qatnashishini toping. Kiritish: N soni kiritilgan n (0 ≤ n ≤ 2*109 ). Chiqarish: Birlar sonini chiqaring.


16-masala: Fibonachchi soni Fibonachchi ketma-ketligining n- sonini toping. Quyidagi ketma-ketlik a0 = 0, a1 = 1, ak = ak-1 + ak-2 (k > 1) Fibonachchi ketma-ketligi deb ataladi. Kiritish: N natural son kiritilgan (0 ≤ N ≤ 30). Chiqarish: N- Fibonachchi sonini chiqaring.




Download 402.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling