Eshonxo'jayev Diyorbek
Download 6.32 Kb.
|
Eshonxo\'jayev Diyorbek.
Eshonxo'jayev Diyorbek.Mavzu: Umumiy o'rta talim tizimida jismoniy tarbiyani o'rni va axamyatiREJA: 1. Boshlangich sinf o'quvchilarida jismoniy xatti-harakatlarini shakllantirish yo'llari . 2. Boshlang'ich ta'limda mustaqil jismoniy tayyorgarlik dasturidan foydalanishning ahamiyati. 3. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun har kungi mustaqil bajariladigan mashqlar yig'indisi.Boshlang'ich ta'limda mustaqil jismoniy tayyorgarlik dasturidan foydalanishning ahamiyati. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun har kungi jismoniy mashqlar dasturi asosan muskul guruhlariga, bo'g'imlariga va a'zolar yig'ilmalariga salomatlikni har tomonlama mustahkamlashga yordam beradi. Biz boshlang'ich sinf o'quvchilarga ularning jismoniy tayyorgarligiga qarab mustaqil bajaradigan mashqlar to'plamini ishlab chiqdik. Tajriba va kuzatishlar natijasida mashqlarning taxminiy me'yorini ishlab chiqdik. Har kuni jismoniy mashqlar bilan 10-20 minut atrofida shug'ullanish kerak. Asosiy muskul gruppalari va a'zolar tuzilmalariga ta'sir qiladigan mashqlarni bajarish uchun shu vaqt yetarli bo'ladi. Jismoniy tayyorgarlikka, bolalar yoshiga va holatiga qarab mashqlar jadvalda ko'rsatilganidek, 3-5 marta ko'p yoki kam bajarish mumkin. Har bir bolaga qulay bo'lgan og'irlik tanlanadi. Buni albatta shifokor yoki mutaxassislar maslahati bilan birgalikda bajariladi.Salomatlik yo'laklari”da va gigiyenik gimnastika mashqlari jamlamasini qanday izchillikda almashtirib borish kerak? Buning bir necha variantlari quyidagilar: 1. Dastlab har kungi gimnastika mashqlari bajariladi 10-20 minut, keyin “Salomatlik yo'laklari”ga 10-15 minutga chiqishga tavsiya etiladi. 2. Dastlab yurish “Salomatlik yo'laklari” bo'ylab yugurish kerak bo'ladi (10- 15 minut), kechqurun harakatchan o'yinlar o'ynash mumkin. 3. Ertalabь kundalik gigiyenik gimnastika jamlamasi (10-20 minut), “Salomatlik yo'laklari”da yurish (10-15 minut); kechqurun harakatli o'yinlar. Quyidagi mashqlar to'plami boshlang'ich sinf o'g'il (7-11 yoshli) bolalar uchun har kungi mustaqil bajariladigan mashqlar yig'indisi: 1. Turgan joyda yurish, qo'llarni faol harakatlantirib, tizzalarni asta baland ko'tarib oldinga yurish, 30 sekunddan 1 minutgacha. 2. Oddiy holatda tik turgan joyda qo'llar oldinga-orqaga, yuqoriga-orqaga, yon tomnlarga va orqaga, yana oldinga-orqaga aktiv harakatlantiriladi. 8-12 marta bajariladi. 3. Qo'llar yelkaga qo'yiladi, bukilgan qo'llar bilan ichkariga va tashqariga aylanma harakatlar qilinadi (turli holatda 20-30 sekund bajariladi.4. O'ng oyoq yon tomonga qo'yiladi, o'ng qo'l belga qo'yiladi, chap qo'l yuqoriga bosh orqasida turadi, gavda o'ng tomonga egiladi, 8-10 marta bajariladi. 5. Gavdani oldinga va pastga egib, tizza orqasida qarsak chalinadi, gavda rostlanadi va bosh ustida qarsak chalinadi. 5-8 marta tez sur'atda bajariladi. 6. Dastlabki holat – qo'llar belda, oyoqlar yelka kengligida turadi . Qo'llarni oldinga cho'zgan holda gavda o'ngga buriladi. Chap tomonga ham shunaqa harakat qilinadi. 10-12 martadan takrorlanadi. 7. Dastlabki holat – oyoqlar tomonlarga kengroq kerib qo'yiladi, gavda galma-gal chap va o'ng oyoqlarga tomon egiladi . 10-12 martadan bajariladi. 8. Bitta oyoqda turib va harakatda sakrash. 10-15 marta bajariladi . 9. Dastlabki holat – cho'kkalab turib bitta oyoqni ko'targan holda qo'llar bukiladi va yoziladi 8-12 marta . 10. Dastlabki holat – chalqancha yotiladi. Ikkala oyoq ko'tariladi, harakatlantiriladi va chalkashtiriladi , oyoqlar bilan velosipedchi harakati qilinadi . 30-40 sekund takrorlanadi.11. Dastlabki holat – qorin bilan yotiladi. Qo'l va oyoqlar ko'tariladi va gavda egiladi, keyin ikkala qo'l bilan oyoqlar ushlanadi. 5-6 marta bajariladi. 12. O'tirgan holda oyoqlar yon tomonlarga uzatiladi, gavda chap va o'ng tomonga buriladi, bunda o'ng qo'l bilan chap oyoq uchini va chap qo'l bilan o'ng oyoq uchini ushlashga harakat qilinadi 8-12 martadan bajariladi . 13. Dastlabki holat – yaxshilab o'tirib olinadi, boshni tushirib, orqa do'paytiriladi. Gilam ustida 5-6 marta oldin tomonga o'mbaloq oshiladi. Shuningdek, orqa tomonga ham 3-5 marta o'mbaloq oshiladi.Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun har kungi mustaqil bajariladigan mashqlar yig'indisi. 1. Turgan joyda yurish, qo'llarni harakatlantirib, tizzaini ko'tarib yurish 30 sekunddan 1 minutgacha . 2. Qo'llarni yuqoriga ko'tarib, ayni paytda bir oyoq orqaga uzatiladi va tana egiladi 5-6 marta takrorlanadi . 3. Dastlabki holat – qo'llar yelkaga qo'yiladi, bukilgan qo'llar bilan oldinga va orqaga aylanma harakatlar qilinadi 20-30 sekund takrorlanadi. 4. Dastlabki holat – oyoqlar va qo'llar yon tomonlarga cho'ziladi. Gavda o'ngga va chapga egiladi 10-12 marta takrorlanadi. 5. Dastlabki holatda turgan holda qo'llarniyuqoriga ko'tarib, gavdani egib, kaft polga tekkiziladi 8-10 marta. 6. Qo'llar bosh orqasiga, yon tomonga qo'yiladi, gavda goh o'ngga , goh chapga egiladi 8-10 marta takrorlanadi.Download 6.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling